Amal Klunining yaqinda Qo‘shma Shtatlarga kirishi taqiqlanishi mumkin. Gap shundaki, Jorj Kluning rafiqasi AQSH fuqarosi emas, balki Buyuk Britaniya fuqarosi. Advokat Donald Tramp maʼmuriyatining joriy qilgan sanksiyalari ostida qolmoqda.

Maʼlumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Isroil yuqori martabali amaldorlarining harbiy jinoyatlari bo‘yicha Xalqaro jinoyat sudiga huquqiy maslahatlar bergan advokatlarga nisbatan AQSH prezidentining fevral oyidagi farmoyishiga muvofiq zarar yetkazilishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi xabar chiqargan. Amal Kluni ham bu advokatlar qatorida edi.
Hujjatga ko‘ra, mulk va aktivlarni muzlatib qo‘yish, shuningdek, AQSHga kirishni taqiqlash kabi jiddiy cheklovlar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Taʼkidlanishicha, sanksiyalar bu shaxslarning yaqin qarindoshlariga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Hozirda Jorj va Amal Kluni asosiy vaqtlarini Fransiyada o‘tkazmoqda. Juftlik bu yerga 2021-yilda egizaklari Ella va Aleksandr bilan ko‘chib kelgan.
Izoh (0)