Janubiy koreyalik aktyor Pak So Jun o‘z faoliyatining avvalidan xayriya ishlariga katta eʼtibor qaratgan. Xususan, u turli tibbiyot fondlariga katta miqdorda xayriya qilgan va uning saʼy-harakatlari behuda ketmagan.
30-aprel kuni aktyor o‘zining shaxsiy sahifasida 2024-yil boshida miya o‘smasi tashxisi qo‘yilgan bemorning ota-onasidan olgan minnatdorlik xatini eʼlon qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, aynan Pak So Junning xayriya mablag‘lari yosh bemorga suyak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini o‘tkazishga imkon bergan.
“Bu yana bir bor meni g‘ayrat bilan yashashim zarurligini eslatadi. Umid qilamanki, biz sog‘ayib ketganingdan so‘ng yana uchrashamiz”, deb yozgan aktyor o‘z postida.
Bolaning oilasi So Junga minnatdorlik bildirdi va aynan uning xayriya mablag‘lari tufayli ularning farzandi hayotga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lganini aytdi.
“Biz farzandimizga uning operatsiyasini Pak So Jun moliyalashtirganini aytganimizda, u juda hayron bo‘ldi. Bolam shunchalik mashhur kishining unga yordam berganiga ishonolmadi. O‘g‘lim tezroq tuzalib ketishi va bir kuni u ham mashhur bo‘lib, shaxsan o‘zi aktyorga minnatdorchilik bildirish uchun uchrashishini aytdi. Bu uzoq vaqtdan beri oilamiz a’zolari yuziga tabassum yugurtirgan gap edi”, deb yozilgan xabarda.

Bundan tashqari, chaqaloqning ota-onasi endi ular hamma muhtojlarga yordam beradigan oila sifatida yashashini vaʼda qildi. Pakning xayriya mablag‘larini olgan Samsung tibbiyot markazining vakillari ham unga minnatdorchilik so‘zlari bilan murojaat qilishdi: “Kimgadir o‘rnidan turib, yana yashashga umid qilish uchun jasorat beradigan fidoyi biz uchun bahorga o‘xshaydi”.
Pak So Junning ko‘plab muxlislari uning axloqiy fazilatlarini yuqori baholadi va aynan shunday mashhurlarni o‘rnak qilib olish kerakligini taʼkidladi, chunki aynan ularning mehr-shafqati va yordami tufayli boshqa odamlar hayotga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Izoh (0)