• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    Gollivudda bir rol bilan mashhur bo‘lish mumkin — va xuddi shunday tezlikda yo‘qolib ketish ham mumkin. Janjal, o‘rinsiz hazil, kimningdir sizdan xafa bo‘lishi — va siz shu ondayoq persona non grata (qabul qilinmaydigan shaxs) bo‘lib qolasiz. Masalan bu yulduzlar ham bir paytlar porlab turishgan, lekin hozir bir chekkada qolib ketishgan.

    Ommaviy mojarolar, ayblovlar, tizimga qarshi chiqishga urinish — sabablari turlicha, ammo natijasi bir xil: Gollivudda o‘z o‘rnini yo‘qotishga olib keladi. Quyidagi qahramonlardan baʼzilari ommaviy janjallardan keyin ekranlardan g‘oyib bo‘lishgan, baʼzilari esa tushuntirishlarsiz chaqirilmay qolishgan. Gollivud kerak bo‘lganda jim turishni biladi. Quyida afishalarda ismlari yaqindagina bo‘lgan, ammo hozir taqiqlanganlarning hikoyalarini to‘plangan. Baʼzilari qaytishga muvaffaq bo‘lishdi, baʼzilari esa yo‘q.

    Kevin Spaysi: Afsonadan surgunga

    Foto: LadyMail

    Yaqingacha Kevin Spaysi o‘z davrining eng yaxshi aktyorlaridan biri hisoblanardi. “Shubhali shaxslar” va “Amerikacha go‘zallik” filmlari uchun ikkita “Oskar” olgan aktyor kult rollari va taniqli uslubi bilan mashhur edi. Ammo 2017-yilda bu martaba bir kunda qulab tushdi.

    Aktyor Entoni Rapp Spaysi uni 1986-yilda jinsiy zo‘ravonlikka urinishlarida aybladi — o‘sha paytda Rapp 14 yoshda edi. Spaysi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rad etmadi, hodisani eslay olmasligini aytib o‘tdi xolos. U uzr so‘radi, ammo janjal bitta ayblov bilan chegaralanmadi. Rappdan keyin boshqa o‘ndan ortiq kishi aktyorning yomon xatti-harakatlari haqida bayonot berishdi. Tergovlar boshlandi.

    Netflix Spaysini “Kartalar uyi” serialidan chiqarib, shartnomani bekor qildi. Ridli Skott allaqachon tayyor bo‘lgan “Dunyoning barcha pullari” filmini qayta suratga oldi va uni Kristofer Plammmerga almashtirdi. Gollivud uning oldidagi barcha eshiklarni yopdi.

    2022-yilda Nyu-Yorkda sud hayʼati Rappga nisbatan Spaysi ishida uni oqladi. 2023-yilda London sudi ham uni to‘qqizta ayblov bo‘yicha aybsiz deb topdi. Ammo ikkita oqlov hukmi ham asosiy narsani o‘zgartirmadi: Spaysi katta kinoga yana taklif qilinmadi.

    U qaytishga harakat qildi — kam byudjetli filmlarda rol o‘ynadi, intervyu berdi, lekin Gollivud uni baribir qabul qilmadi.

    Megan Foks: Birgina so‘z tufayli o‘yindan chiqdi.

    Foto: Google Images

    Megan Foks Gollivudning yangi afsonasi bo‘lishi mumkin edi. “Transformerlar” filmining muvaffaqiyati, matbuotning eʼtibori, shartnomalar, qizil gilamlar — barchasi super yulduz maqomiga olib borardi. Ammo birgina intervyu hamma narsani o‘zgartirdi.

    2009-yilda Maykl Bey bilan suratga olishni sharhlagan holda, aktrisa rejissyorni Gitlerga o‘xshatdi. Bu shunchaki o‘rinsiz hazil edi, ammo oqibatlari shafqatsiz bo‘ldi. Bey “Transformerlar” ustida Spilbergning prodyuserlik kompaniyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan ishlayotganligi sababli, aynan Stiven aktrisani filmning uchinchi qismidan ishdan bo‘shatilishini talab qildi. Shundan so‘ng kinosanoatida Foks bilan “ishlay olmaslik” haqida mish-mishlar tez tarqaldi.

    Megan kinoga qaytishga harakat qildi. U “Jeniferning jasadi” va “Ninza toshbaqalari” filmlarida rol o‘ynadi, mustaqil loyihalar va reklama shartnomalari orqali buni yengib o‘tishga harakat qildi. Ammo muvaffaqiyat “Transformerlar” davridagi yulduz maqomidan ancha uzoq edi. Faqatgina so‘nggi yillarda uning karyerasi tiklana boshladi, uning yangi uslubi va qizil gilamlarda paydo bo‘lishi yana jamoatchilik eʼtiborini tortdi. 2023-yilda u “Qaytmaslar 4”da rol o‘ynadi, 2025-yilda esa katta animatsion loyihada rol o‘ynashi rejalashtirilgan. Ammo shon-shuhratga yo‘l noaniq bo‘lib qolmoqda. Bir so‘z tufayli u o‘yindan chiqdi — va u qaytishga tayyor bo‘lsa ham, uzoq vaqt chekkada qoldi.

    Brendon Freyser: Og‘riq va unutish sinovi.

    Foto: LadyMail

    90-yillarda Brendon Freyser sarguzasht janrining timsoli edi. “Mumyo”, “Junglidan kelgan Jorj”, “O‘tmishdan portlash” — bu filmlar unga mashhurlik va tomoshabinlarning muhabbatini olib kelgandi. U oddiy, jozibali qahramonlarni o‘ynadi va uning katta kinoda uzoq yo‘li bordek tuyulardi. Ammo hamma narsa boshqacha bo‘ldi.

    2003-yilda, aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u o‘sha paytdagi Gollivud chet el matbuoti assotsiatsiyasi prezidenti Filipp Berk tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan. Voqea Freyser uchun psixologik travma bo‘ldi, ammo u deyarli 15-yil davomida jim qoldi. U bu haqda birinchi marta 2018-yilda GQ jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu vaqtga kelib uning karyerasi allaqachon darz ketgan edi.

    Shaxsiy travmalardan tashqari, u turmush o‘rtog‘i bilan og‘ir ajrashish, onasini yo‘qotish, sog‘liq muammolari bilan kurashdi. Shuningdek, ko‘plab operatsiyalar, depressiya, turli loyihalardan ishdan bo‘shatilish — bularning barchasidan so‘ng aktyor butunlay soyada qoldi. “Gollivud meni singan o‘yinchoq kabi tashlab yubordi”, — dedi u keyinchalik.

    Ammo Freyser taslim bo‘lmadi. 2022-yilda u “Kit” filmida ekranlarga qaytdi — va erkak roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi. Freyser uchun bu shunchaki g‘alaba emas edi — bu kino dunyosiga qaytish edi.

    Rouz Makgouen: Haqiqat karyeradan qimmatroq bo‘lganda

    Foto: Google Images

    Rouz Makgouen 1997-yilda sodir bo‘lgan zo‘ravonlikda ayblagan Xarvi Vaynshteyniga qarshi ochiqchasiga chiqqan birinchi shaxslardan biri bo‘ldi. Uzoq vaqt davomida u kinosanoat bosimi va maxfiylik shartnomasi tufayli jim turdi. Biroq, 2017-yilda “The New York Times” gazetasida tergov chop etilgandan so‘ng, Makgouen jim turishni to‘xtatdi va #MeToo harakatining asosiy faollaridan biriga aylandi.

    Aslida, haqiqatni ochiqlagani uni himoya qilishi kerak edi, lekin hamma narsa teskari bo‘lib chiqdi. Gollivud jim qoldi. Prodyuserlar shartnomalarni bekor qildilar, aktyorlar undan qochishdi. “Agar siz tizimga qarshi chiqsangiz, u sizni yo‘q qilishga tayyor ekanligiga tayyor bo‘ling”, — dedi Makgouen intervyusida. Hozir u aktrisa bo‘lishdan ko‘ra adolat uchun kurashuvchi faollardan biri. Gollivud eshiklari u uchun yopiq. Qiziq tomoni shundaki, u ochishga harakat qilgan haqiqat uning hayotini vayron qildi.

    Gollivud chegaradan chiqqanlarni tezda unutadi. Bu yerda itoatkorlarni qadrlaydilar, prinsipiallikni emas. Bu hikoyalar kinosanoatining eng isteʼdodlilarni ham qanday osonlikcha yo‘q qilishini eslatib turadi. Shunga qaramay, savol tug‘iladi: bu vaziyatlarda kimni — yulduzlarni yoki ularni chiqarib tashlaganlarni yo‘q qilish kerak?

     

    27 mart, 18:45   Izoh (0)   9182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino#Gollivud#Aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36

    Gollivud aktyorlari va ularning dublyorlari (foto) 

    28 fevral, 19:10

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Edrian Broudining nutqi “Oskar” tarixidagi eng uzoq davom etgan nutq bo‘ldi

    6 mart, 10:39

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Huquqshunos, avtopoygachi, hamshira: shou-biznesdan ketib, oddiy kasb egasiga aylangan Gollivud aktyorlari

    13 mart, 18:49

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Jahon kinosi yulduzi Entoni Hopkinsning “Biz buni uddaladik, bolakay” nomli memuar asari nashr etildi

    19 mart, 11:25

    Mashhur aktyorlar o‘rnini dublyorlar egallaganini tomoshabinlar sezmay qolgan filmlar

    23 mart, 11:40

    Diplom yo‘q, ammo “Oskar” bor: Aktyorlik bo‘yicha tahsil olmagan Gollivud yulduzlari

    19 mart, 17:32

    “Oqim” multfilmi insonlarni ezgu amallarga undamoqda: Braziliyada odamlar ko‘proq qora mushuklarni boqib olmoqda

    22 mart, 15:59

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    45 yoshda ona bo‘lgan va Koreyaning eng boy aktrisalaridan biri: “Qish sonatasi”dagi Yujinning taqdiri qanday kechdi? 

    23 mart, 09:15

    Bollivuddagi “tanish-bilish”: Hind kinosi yulduzlarining san’at yo‘lini tanlagan farzandlari

    25 mart, 16:40

    “Qashqirlar makoni” hamda boshqa ko‘plab mashhur seriallar rejissyori Usmon Sinav 69 yoshida vafot etdi

    24 mart, 10:50

    Birinchi qismidanoq qiziqtira oladi: kutilmagan syujetga ega 7 ta koreys dramasi

    24 mart, 17:54

    O‘zbekistonda onlayn obuna xizmatlari bozori: tahlil va asosiy tendensiyalar

    24 mart, 18:00

    Nega “Qizaloq va maymoq” multfilmidagi Masha kattarmaydi? Buning sababini ba’zi ota-onalar ham bilmaydi

    25 mart, 13:44

    Muvaffaqiyat sirlari: Maryam Uzerli va boshqa mashhur turk aktrisalari shon-shuhrat sari yo‘lini qanday boshlagan edi?

    25 mart, 17:40

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    “Qirol sher” multfilmida yashirin ishora qoldirilgan, ammo uni oradan 30 yil o‘tib aniqlashdi

    25 mart, 20:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.