Yetti nafar farzandning onasi, xususan, Gollivud yulduzlari Makoley va Kiran Kalkinlarning onasi Patrisiya Brentrap turmush o‘rtog‘i Mart Koks bilan zo‘rg‘a kun kechirmoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Brentrap Montana shtatidagi chiqindixona yonidagi oddiy bir qavatli uyda qashshoqlikda yashaydi. O‘g‘illari onasini ko‘rishga kamdan kam tashrif buyurishadi.

“Ular ikkalasi ham 70 yoshda va nafaqadalar. Hozir ularga juda qiyin. Bolalar umuman yordam berishmaydi. Makoley biroz yordam beradi. U yaqinda o‘zining ikki farzandini onasining uyiga olib kelgan”, dedi insayderlardan biri.
Manba “Uyda yolg‘iz” yulduzining onasi internet va telefonsiz, ikkita it va to‘rtta ot hamda eri bilan “oddiy hayot” kechirayotganini aytadi. Makoley har oy onasiga 1000 dollar yuboradi, lekin deyarli “hech qachon qo‘ng‘iroq qilmaydi”.

Daily Mail Patrisiya Brentrapning bir necha yil oldin insult o‘tkazgani va keyinchalik unda Alsgeymer kasalligi aniqlangani sababli unga qarovchi kerakligini taʼkidlaydi. Shuningdek, uning umumiy miqdori 1,2 million dollardan oshiq ikkita qarzi bor. Insayder o‘g‘illarning onasidan “uzoqlashishiga” aynan moliyaviy muammolar sabab bo‘lganini istisno qilmaydi.

“Ular (Brentrap va Koks) samolyotga chiqishga imkon topa olmaydi. Bundan tashqari, Patrisiya endi yolg‘iz sayohat qila olmaydi va ularning o‘gay otasi Nyu Yorkka borishni xohlamaydi”, deydi insayder.
Izoh (0)