“Qo‘rg‘on sirlari” turk seriali Afra Sarachog‘luga jahon miqyosida shuhrat keltirdi. Loyihaning finalidan so‘ng aktrisa qisqa muddatli taʼtilga chiqdi, lekin maʼlum bo‘lishicha, u allaqachon suratga olishga yangi taklif olgan.
-v8Q8pYxc.avif)
Turk jurnalisti Birsen Altuntash Afra Sarachog‘lu prodyuser Onur Guvenatam va uning OGM Pictures kompaniyasi bilan hamkorligini davom ettirganini maʼlum qildi. Turk aktrisasi Disney Plus platformasi uchun maxsus suratga olinishi rejalashtirilgan “Pera” nomli yangi serialga taklif qilindi.

Yangi serialning rejissyori Bahodir Karatash, ssenariysi esa Bashar Basharan tomonidan yozilgan. Serialning syujeti “Truman shousi” filmiga juda o‘xshash bo‘ladi. Sarachog‘luga bosh qahramon — Pera rolini o‘ynash taklif qilindi. Altuntashning maʼlumotlariga ko‘ra, Afra serialga qiziqdi va allaqachon suratga olishga shartnoma imzolashga tayyor.
-KDy4r4KE.avif)
Bundan tashqari, may oyida turk aktrisasi Engin Akyurek bilan birgalikda Global Tourism Promotion Platform Go Turkiye uchun reklama filmida suratga tushadi. Taxmin qilinishicha, Afra Sarachog‘lu iyun oyida “Pera” serialida ishlashni boshlaydi, uning premyerasi 2025-yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan. Turk aktrisasi o‘zi ilgari suratga olishga bir nechta yangi takliflar olganini, ammo yakuniy tanlovni hali qilmaganini aytgan edi.
Izoh (0)