Gollivudning eng mustahkam yulduzli juftliklaridan biri — Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas ajrashmoqchi, deb xabar berdi “Lisa.ru”

Maykl va Ketrin 25-yildan beri birga. Ularning yosh farqi ham 25-yil. Ilgari bu ularni bezovta qilmagan, ammo hozir manbalar buni ajralishning asosiy sababi ekanligini aytishmoqda.
Maykl 80 yoshda va u uyda o‘tirishni xohlaydi. Ketrin esa 55 yoshda va u “dunyo bo‘ylab sayohat qilishni, golf o‘ynashni, filmlarda suratga tushishni va qiziqarli odamlar bilan muloqot qilishni xohlaydi”.

Shuningdek, Mayklning sog‘lig‘i vaziyatni yanada kuchaytirayotgani haqida gaplar bor: “U avvalgidan ko‘ra zaifroq ko‘rinadi. Aktyor endi oldingidek tez fikrlay olmaydi va sekinroq harakat qila boshladi. Bu Ketrin uchun muammo. U xotin bo‘lishdan ko‘ra, oqsoch bo‘lib qoldi va bu uni xafa qilmoqda”.
Er-xotin hali ajralishni eʼlon qilmagan bo‘lsa-da, ular birgalikdagi mulklarini sotayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
Izoh (0)