Gollivud yulduzlarining muxlislari orasida abadiy yoshlik uchun “sehrli dori” mavjudligi haqida nazariya paydo bo‘ldi, chunki bir yil ichida baʼzi mashhur shaxslarning yuzlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.

Kristina Agilera, Lindsi Lohan, Demi Mur, Selena Gomes, Madonna, Donatella Versache, Enn Heteuey, Sharliz Teron va boshqa ko‘plab mashhur ayollarning tashqi ko‘rinishida keskin va sirli yosharish kuzatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda yuzduzlar bilan bog‘liq bu hodisa fillerlar, biorevitalizantlar, losos urug‘i suyuqligi va ekzosomalar kabi innovatsion kosmetik muolajalar va preparatlarning taʼsiri ekanligi taxmin qilindi.
-63_le6UW.avif)
“Ilgari o‘sish omillarini bemorlarimizning qonidan olgan bo‘lsak, endi ularni suyak iligi yoki kindik ichakchasidan va hatto biomuhandislik orqali ham olamiz. Bunday muolajalar terining qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bu estetik dermatologiya olamini butunlay yangi bosqichga olib chiqadi”, deydi kaliforniyalik plastik jarroh doktor Trapati.
-qMiCSACK.avif)
Botoks va plastik jarrohlikdan voz kechish yo‘nalishi “sezilmaydigan (ko‘zga ko‘rinmaydigan) go‘zallik davri” deb nomlandi. U terida hech qanday chandiq, choklar va hatto inyeksiyalardan qolgan vaqtinchalik izlarning yo‘qligini nazarda tutadi.

Ammo baʼzilar yulduzlarning yangi yuzlari plastik jarrohlarning mehnati ekanligiga ishonishdi. OAVda hatto nyu yorklik isteʼdodli shifokor — Stiven Levinning ismi ham paydo bo‘ldi.

Doktor yuzni tortish, rinoplastika, ko‘z qovoqlarini yoshartirish, tana konturini shakllantirish va ko‘krak operatsiyalari bo‘yicha ish olib boradi. Levin SuperDoctors va NY Top Docs platformalari tomonidan eng yaxshi plastik jarrohlardan biri deb topilgan. Ammo uning ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari yo‘q va u o‘z ishlarini reklama qilmaydi.
Izoh (0)