62 yoshida Demi Mur uzoq vaqt orzu qilgan ichki hotirjamlikni taratadi. “Substansiya” filmining yulduzi yangi intervyusida yillar davomida tanasiga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirganini va o‘zining kundalik parvarish muolajalarining asosini nima tashkil qilganini aytib berdi.

“Men o‘zimga nisbatan juda qattiqqo‘l edim, o‘z tanamga deyarli dushmanona, antagonistik munosabatda edim. Doimiy diyetalar, charchatadigan mashg‘ulotlar bilan uni jazolardim. Bir kuni men shunchaki hamma narsani qo‘yib yubordim. O‘zligimcha bo‘lish qanday ekanligini bilmoqchi edim”.
Aktrisa 90-yillarda suratga olish haqida gapirib berdi. Bu lahza uning uchun haqiqiy ozodlik bo‘ldi.
“Men taomlanishimni nazorat qilishni to‘xtatdim va birinchi marta tanamni chinakam qabul qildim. Hatto u mening kutganlarimga mos kelmasa ham — men unga shunchaki ruxsat berdim. Hozir men uni tinglayman: agar u ovqat yoki ichimlik istasa — men uni eshitaman. Men endi tanamdan qo‘rqmayman. Biz endi ittifoqdamiz, bir tomondamiz”, deb qo‘shimcha qildi Demi.
-j1Hmghmi.avif)
Bugungi kunda aktrisaning tongi qisqa meditatsiya va kundalikka yozuvlar bilan boshlanadi. Ratsion go‘shtsiz lekin tuxumli hamda to‘yingan ozuqaviy mahsulotlardan iborat. Jismoniy salomatlik uning uchun muhim bo‘lib qolsa ham, asosiy eʼtibor ichki holatga qaratilgan.
“Men uyqu, ruhiy xotirjamlik va o‘z-o‘zini qabul qilish qanchalik muhimligini angladim. Men ideal emasman va bunga intilayotganim ham yo‘q. Men shunchaki o‘zimga qarshi chiqmayman. Hamma gap shunda” deb xulosa qildi u.
Izoh (0)