So‘nggi bir necha yil ichida turk aktrisasining karyerasi keskin rivojlandi: u dunyo bo‘ylab muxlislarga ega bo‘ldi va ijtimoiy tarmoqlarda millionlab obunachilarni yig‘di. Mashhur jurnallar uning intervyusini olishni kutib turishadi, moda uylari esa hamkorlikka taklif etishadi. Hande fevral oyida, Milanda bo‘lib o‘tgan Moda haftaligida Versache ko‘rgazmasida mashhur dizayner Donatella Versache bilan birga suratga tushib, haqiqiy shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Yaqinda Erchel aprel oyidagi Marie Claire Spain jurnalining muqovasini bezadi va shaxsiy hayoti hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqida ochiqcha gapirdi.

“Men yosh ayollarning ko‘proq orzulariga ergashib, rassom yoki aktrisa bo‘lishni tanlayotganidan faxrlanaman”, dedi u nashrga. — Ular qo‘lini urgan barcha narsaga, ayniqsa kino va televideniyega o‘ziga xos qarash va ijodiylikni olib kelishadi. Har qanday boshqa sohalarda bo‘lgani kabi bu sohadagi yo‘l ular uchun erkaklarnikidan qiyinroq bo‘lishi mumkin, ammo bu yo‘l shunga arziydi.

Jurnal uchun suratga olishda aktrisa bog‘da uzun oq ko‘ylak va zargarlik buyumlarida suratga olingan: zirak, marjon va ko‘k toshli uzuklar uning obrazini to‘ldiradi.

“Baʼzida men muhabbat — bu eskirgan narsa deb o‘ylayman. Keyin esa juftlik o‘z tarixini birga yozib borayotganini ko‘rib, fikrim o‘zgaradi. Hatto bunday fikrlar tabassum uyg‘otadi”, deb tan oldi u.

Aktrisa, uch yildan beri Turkiyaning eng obro‘li klani vakili bo‘lgan yosh milliarder Xakan Sabanji bilan munosabatda bo‘lib, u sevgida oqimga qarab suzishga, bundan zavqlanishga va kutib yashamaslikka harakat qiladi.
“Men hali ham odamlar meni tanib qolganda hayron qolaman va bu men qaysi joyda ekanimga bog‘liq emas. O‘zimni hech qanday o‘ziga xos inson deb his qilmayman. Men uchun bu go‘yo do‘stona uchrashuv: biz muloqot qilamiz, suratga tushamiz va bir-birimizga maqtovlar aytamiz. Bu xavfsizlik hissini beradi”, deydi Erchel.

Hande chiroy — bu tashqi ko‘rinish emas, balki ichki holat deb hisoblaydi. Ishdan dam olish, energiyani qayta tiklash uchun u do‘stlari bilan uchrashuvlar uyushtiradi, sport hamda mediatsiya qiladi, oilasi va sevimli itlari bilan vaqt o‘tkazadi, shuningdek, rassomlik bilan ham shug‘ullanadi.

“Men aktrisa bo‘lishdan oldin rassom edim. Bu faqat xobbi emas, balki hayotimning bir qismi edi. Men dunyoga rassom ko‘zi bilan qarashni yaxshi ko‘raman, tashrif buyurayotgan joylarimdan, meni o‘rab turgan odamlardan ilhom izlayman. Va bu hislarni qaytadan mo‘yqalamni qo‘limga olguncha saqlab qolaman. Hatto molbert oldida o‘tirmasam ham har kuni miyamda bir nimalar chizaman, yarataman”, deb taʼkidlaydi aktrisa.

Jurnal shuningdek, tanqid va mish-mishlar masalasini ham ko‘tardi. Aktrisa o‘z ijtimoiy tarmoqlarini o‘zi boshqarishini tan oldi va bu uning o‘zini ifodalash vositasi hamda nazoratdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan holatlarni boshqarish uchun qulayligini taʼkidladi.
“Ijtimoiy tarmoqlar hammani izoh berish huquqiga ega bo‘lgan odamlar qilib qo‘ydi, ular sizdan maʼlumot olishadi va uni ruxsatsiz tarqatishadi ularga buni farqi yo‘q. Ijtimoiy tarmoqlar bizga hech qanday to‘siq yoki hurmat qoldirmadi. Ishonchim komilki, odamlar tezroq insoniy qadriyatlarini qaytarishadi”, deb xulosa qildi Erchel.
Izoh (0)