Kinoda hamma narsa o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi: muammolar birpasda yo‘qoladi, pullar yog‘ilaveradi. Rostdan ham agar haqiqiy odamlar o‘zlarini kino qahramonlaridek tutganida, dunyo allaqachon ostin-ustun bo‘lib ketgan bo‘lardi.
Qahramonlar orzusidagi ishni osongina topadi
Hozirgi zamonda ishsiz qolish — juda katta qo‘rquv. Har bir kishi yangi ish topish uchun qancha vaqt va kuch sarflash, rezyumeni necha marta jo‘natish, munosib o‘rinni topish uchun qancha suhbatdan o‘tish kerakligini biladi.
Ekranda esa ba’zan mutlaqo layoqatsiz va hech qanday talablarga javob bermaydigan odamlarni ko‘ramiz. Ularga ish beruvchiga qo‘rqa-pisa pastdan yuqoriga qarab: “Ha, menda umuman tajriba yo‘q. Lekin qasam ichamanki, uddalay olaman!” deyishning o‘zi kifoya qiladi-yu, darhol: “Siz ishga qabul qilindingiz!” degan so‘zlar yangraydi.
Birovning hisobiga yashaydi, ammo parvo qilmaydi
Ko‘plab film va seriallarda qandaydir xarizmatik, yengiltabiat do‘st bor — u yo juda boy yoki aksincha, cho‘ntagida sariq chaqasi ham bo‘lmaydi. Birinchisini qarindoshlari ta’minlashi mumkin, ikkinchisini esa odatda do‘stlari boqadi.
Ba’zi muxlislar hatto “Do‘stlar” serialida Chandlerning Joyni ta’minlashi qanchaga tushganini hisoblab chiqishga erinmagan.
Ishga uchrashuvga kelgandek kelishadi
Bu allaqachon jonga tegib bo‘lgan, ammo kinoijodkorlar baribir ertalab mukammal pardoz-andoz va soch turmaklari bilan uyg‘onadigan, yuzida uyqusizlik alomati ko‘rinmaydigan ayollarni ko‘rsatishdan charchamaydi.
“Yupiterning yuksalishi” filmidagi voqealar rivojiga ko‘ra, bosh qahramon farrosh. U har kuni ertalab soat 4:45 da turishga va kun bo‘yi boy-badavlat mijozlarning uylaridagi hojatxona hamda vannaxonalarni yuvishga majbur bo‘ladi.
Aktrisa haqiqatan ham charchoq va o‘z ishidan noroziligini ifodalashga urinmoqda. Shunday bo‘lsa-da, u g‘oyat ajoyib ko‘rinadi — professional darajadagi makiyaj ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Qahramon nosog‘lom turmush tarzini olib borayotgani ko‘rinmaydi
Filmdagi Elizabet Sloun (Jessika Chesteyn) uyqusizlikdan aziyat chekadi, dori-darmonlar yordamida yashaydi, o‘zidan va atrofdagilardan haddan tashqari ko‘p narsa talab qiladi — shunga qaramay, tetik, xushchaqchaq va doimo ko‘z ostida qoraygan halqalarsiz yuradi.
Navbatdagi muddatga yetish uchun kamida bir sutka to‘xtovsiz ishlagan haqiqiy mehnatsevarning yuzini tasavvur qila olasizmi?
Ocharchilikda qolib ketgandek ovqatlanishadi-yu, semirishmaydi
Filmlarda xohlagancha zararli va kaloriyali ovqatlarni yeyishlari mumkin, ammo bir gramm ham semirishmaydi. Bu xuddi qandaydir g‘aroyib qobiliyatga o‘xshaydi.
Ularning ba’zilari qancha qahva ichishi haqida gapirib o‘tirmaymiz. Buning ustiga, ertalab ular, albatta, eng yaqin qahvaxonadan qahva olib ketishi shart, ba’zida hatto ancha navbatda turishga to‘g‘ri keladi.
Parik kiyib olganda
O‘ziga xos tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan qahramon, kimdandir yashirinish uchun parik kiyadi — go‘yo endi uni hech kim tanimaydi.
Ba’zida odam chindan ham tashqi qiyofasini o‘zgartirishga urinadi: tatuirovkalarini yashiradi, pardozini artib tashlaydi, yurish-turishini, xatti-harakatlarini o‘zgartiradi va hech bo‘lmaganda qiziquvchan kameralar nigohidan qochish uchun ko‘zoynak taqadi. Ammo kinoda ko‘p hollarda bor-yo‘g‘i bitta parik kiyish bilan cheklanishadi.
Albatta, qandaydir ko‘ngilsizlik kutib turadi
“Uyda yolg‘iz” filmidagi o‘g‘rilardan biri bosib olgan mix hammaning esida qolgan. Bu qora yumor bo‘lsa-da, o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Mixning u yerda qanday paydo bo‘lib qolgani esa hammaga ma’lum.
Boshqa janrdagi “Sokin joy” filmida vaziyat butunlay boshqacha. Filmda Emili Blant ijro etgan qahramon eng noqulay paytda yerto‘la zinapoyasidan chiqib turgan mixga yalang oyog‘i bilan tushadi. Bu mix, chamasi, g‘amxo‘r eri tomonidan ataylab qoldirilganga o‘xshaydi.
Qahramonlar bu yerto‘ladan har kuni foydalanishgani aniq-ku. Nahotki shuncha vaqt davomida hech kim bu xavfli mixni olib tashlamagan bo‘lsa? Ular har safar uni chetlab o‘tishganmi? Juda g‘alati...
Izoh (0)