Har birimiz kamida bir marta kechqurun uyga faqatgina yengil va kulgili biror filmni tomosha qilish istagi bilan kelganmiz. Aynan shu maqsadga komediyalar juda mos keladi. Quyida siz uchun vaqt sinovidan o‘tgan yengil komediyalar haqida ma’lumotlar keltiriladi.

“G‘aroyib politsiyachilar”

Nikolas Eynjel (Saymon Pegg) — Londonning bosh politsiyasi xodimi. Nikolas o‘z ishida shunchalik benuqsonki, rahbariyat uni poytaxtdan uzoqroqqa yuborishga qaror qiladi... Shunday qilib, u Sendford nomli kichik shaharchaga boradi. Bundan tashqari, unga Denni Batterman (Nik Frost) ismli sherik tayinlanadi. Denni xulq-atvor bo‘yicha Nikolasning to‘liq qarama-qarshi varianti bo‘lib, u haqiqiy taʼqiblar va otishmalarni orzu qiladigan yigit.
Dastlab, Sendfordda nafaqat sherik, balki Eynjelning o‘zi ham kerak emasdek tuyuladi. Bu yerda jinoyatchilar o‘rilmagan gazon va oqqush o‘g‘irlanishi bilan cheklanadi. Biroq ko‘p o‘tmay, shaharchada bir qator shafqatsiz qotilliklar sodir bo‘ladi. Bu jinoyatlarni tergov qilish yangi jamoaga topshiriladi.
“G‘aroyib politsiyachilar” — quvnoq kulgili qahramonlar Pegg va Frost bilan politsiya jangovar filmlar parodiyasi. Suyak-suyagigacha professional va sodda huquq-tartibot xodimi o‘rtasidagi qarama-qarshilik ko‘plab kulgili vaziyatlarni keltirib chiqaradi. “Shon ismli zombi”, “Skott Piligrim hammaga qarshi” va “Haydovchi bolakay” filmlarining rejissyori Edgar Rayt tomonidan kulgili kayfiyatni kafolatlaydigan film.
“Ota-ona bilan tanishuv”

Insonning turmush o‘rtog‘ining ota-onasi bilan tanishuvi ba’zan ko‘ngildagidek kechmasligi mumkin.
“Ota-ona bilan tanishuv” filmida Ben Stiller kam uchraydigan Faker familiyali tibbiy xodim Greg obrazini gavdalantirgan. Greg sevgan qizi Pemning (Teri Polo) qo‘lini so‘rashga qaror qiladi. Ish faqatgina uning qo‘lini otasi Jek Byornsdan (Robert De Niro) so‘rashda qolgan. Faqat Gregni hech kim janob Byorns — nafaqadagi xavfsizlik xodimi ekani haqida ogohlantirmagan. U Greg Fakerni maxsus xizmatlarning barcha ko‘rsatmalariga muvofiq tekshirmay turib qizi bilan turmush qurishiga ruxsat bermaydi. Greg esa Pemga loyiq ekanini isbotlash uchun hamma narsani qiladi. Faqatgina ko‘pincha qizning otasiga yoqishga bo‘lgan urinishlari teskari natijaga olib keladi.
Bu g‘oyat kulgili komediyaning bir qismdan iborat emasligi katta omad. Davomi — “Fakerlar bilan tanishuv” ham kulgili chiqdi. Bu yerda nihoyat Gregning ota-onasi — janob va xonim Faker (Dastin Hoffman va Barbra Streyzand) paydo bo‘ladi.
“Uolter Mittining aql bovar qilmas hayoti”

Uolter Mitti (Ben Stiller) Life jurnalining illyustratsiya bo‘limida ishlaydi. U ko‘p yillar davomida mashhur nashriyotda ishlaydi, lekin hech qachon diqqat markazida bo‘lmagan. Uning ishi oddiy va bu uni qoniqtiradi. Uolter ajoyib qobiliyatga ega, u o‘z xayolida har kimdan ko‘ra uzoqroq sayohat qilishi mumkin.
Bir kuni uning ishi haqiqiy tartibsizlikka aylanadi. Fotograf Shon O‘Konnel (Shon Penn) jurnal muqovasi uchun bitta surat yubormagan. Bu suratsiz jurnalning oxirgi chop etilgan soni chiqmaydi. Uolter Shon va qimmatli negativni qidirish uchun sayohatga chiqadi. Hayotida birinchi marta u nafaqat xayolida, balki haqiqatda ham ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechiradi.
“Uolter Mittining aql bovar qilmas hayoti” — fantastika va melodramatik elementlarga ega komediya. Aytgancha, Ben Stiller nafaqat bosh rolni o‘ynagan, balki filmning rejissyori ham bo‘lgan. Operatorlik ishi, hazil, aktyorlik o‘yini — bu filmdagi hamma narsa yuqori darajada. Eng muhimi, siz nafaqat mazza qilib kulishingiz va yengillik his qilishingiz, balki yana orzu qilishni, xayol qilishni boshlashingiz mumkin.
“Qonundagi mallasoch”

Qayta-qayta tomosha qilishga arziydigan film. El Vuds (Riz Uizerspun) — barcha mumkin bo‘lgan stereotip tasavvurlarni o‘zida mujassam etgan tabiiy mallasoch. Go‘zal, moda ixlosmandi, boy ota-onaning qizi — bu ro‘yxatni cheksiz davom ettirish mumkin. Uning optimizmsiz bo‘lishini tasavvur qilish qiyin, chunki u orzu qilish mumkin bo‘lgan hamma narsaga ega. Hatto kelajakdagi kuyoviga, Uorren (Metyu Devis)ga ham. Har holda, u chin dildan shunday deb o‘ylardi.
El Uorrendan turmush qurish taklifini kutgan kuni, yigit to‘satdan qizni tashlab ketadi va qiz uning uchun yetarlicha aqlli emasligini aytadi. Uorren Garvardning “Yuridik” fakultetiga o‘qishga kiradi va bilimdonroq qizni qidiradi. Ularning hikoyasiga nuqta qo‘yilgandek tuyuladi. Biroq El Vuds taslim bo‘lishni o‘ylamaydi.
Sevgilisidan keyin u ajoyib tarzda Garvardga, xuddi shu fakultetga o‘qishga kiradi. U dunyoning eng nufuzli universitetlaridan birida bo‘lib, pushti libosda chixua-xua bilan El Vuds nafaqat Uorren uchun, balki bu nufuzli joyda o‘qishga loyiq ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Agar qaysidir maqsadga erishib bo‘lmaydi, deb o‘ylasangiz, zudlik bilan “Qonundagi mallasoch”ni ko‘ring.
Riz Uizerspun sizga istalgan narsaga erishish mumkinligini va shu bilan birga o‘zligingizni saqlab qolish mumkinligini eslatadi.
“Paddingtonning sarguzashtlari”

Va nihoyat, so‘nggi yillardagi eng kulgili va iliq filmlardan biri — “Paddingtonning sarguzashtlar”i. Film syujetiga ko‘ra, tug‘ilgan yeri Peruda yuz bergan zilziladan so‘ng g‘ayrioddiy ayiqcha (Ben Uishou) Londonga yo‘l oladi.
“Iltimos, bu ayiqchaga g‘amxo‘rlik qiling” yozuvi va chemodanida bir banka marmelad bilan u Paddington vokzaliga yetib keladi va shu yerda Braunlar oilasi uni ko‘rib qoladi. Ular jonivorni o‘zlarining uyiga olib ketishadi, lekin hammasi oson kechmaydi. Ayiqchaning ortidan qonxo‘r taksidermist ayol (Nikol Kidman) ta’qib qiladi.
Odamlar orasidagi hayotga ko‘nikib borar ekan, Paddington o‘zi ham doimo tartibsizliklar uyushtiradi va voqealarga aralashadi. Ammo shunga qaramay, u nafaqat Braunlarning, balki shahar aholisining hamda ular bilan birga tomoshabinlarning sevgisini qozonadi.
Bu yoqimli ayiqcha haqidagi hikoya shu bilan tugamaydi. Ikkinchi qismda Paddingtonning sarzguzashtlari shu qadar qizg‘in tus oldiki, u hatto qamoqqa ham tushib qoldi. Uning panjara ortida bo‘lishining har bir soniyasi tomoshabinning yuzida kulgi uyg‘otadi.
Xyu Grant yovuz rolini o‘ynagan “Paddingtonning sarguzashtlari 2” filmi birinchi filmdan ham kulgiliroq chiqqan. Yaqinda komediyaning uchinchi qismi ham chiqdi, lekin biz sizga Paddington bilan tanishishni dastlabki qismdan boshlashni tavsiya qilamiz.
Izoh (0)