Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud aktyori Jonni Depp bosh rolni o‘ynagan “Day Drinker” (“Mastlik”) filmidan birinchi kadr paydo bo‘ldi.
Foto: Instagram
Suratlarda Jek Chittak obrazi bilan tanilgan Gollivud aktyori tanib bo‘lmas darajada o‘zgarganini ko‘rish mumkin. U o‘zining o‘zgarishi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi: uzun oq sochlar, qalin soqol va hatto rangli linzalar yangi filmga qiziqishni yanada kuchaytirdi.
-ltTffJvW.avif)
Yangi film kruiz bar ishchisining sirli restoran xodimi bilan kutilmagan tanishuvi haqida hikoya qiladi. Ikkala qahramon ham jinoyatga aralashib qoladi. Filmda Deppga Penelopa Krus hamrohlik qiladi. Kutilayotgan bestseller 2026-yilda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning may oyida Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Xerd ajrashish uchun ariza berdi va uni zo‘ravonlikda aybladi. Gollivud yulduzi barcha ayblovlarni rad etib, ular yolg‘on va moliyaviy foyda olish maqsadida ekanligini taʼkidladi. 2022-yilning yozida sud aktrisani aktyorga nisbatan tuhmat qilishda aybdor deb topdi.
Izoh (0)