• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12725.16
    • RUB158.65
    • EUR14507.95
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    Ba’zi aktyor va aktrisalarning farzandlari san’at olamiga osongina kirib kelgan bo‘lsa-da, bu ularning muvaffaqiyati faqat oilaviy meros ekanini anglatmaydi. Kimdir ota-onasining shon-shuhrati soyasida qolib ketgan bo‘lsa, yana kimdir o‘z mehnati va iqtidori bilan kino olamida mustaqil yulduzga aylangan. Ushbu maqolada o‘z mehnati orqali kino sohasida yo‘lini topgan yosh aktyor va aktrisalar haqida so‘z yuritamiz. 

    1. Patrik Shvarsenegger
    Foto: Kinomail.ru

    Afsonaviy aktyor Arnold Shvarsenegger va telejurnalist Mariya Shrayverning o‘g‘li Patrik 1993-yil 18-sentyabrda Los Anjelesda tug‘ilgan. Uning kino sohasidagi debyuti 2006-yilda 10 yoshida, “Zaxiradagilar o‘rindig‘i” (Bench Warmers) sport komediyasida bo‘lgan. Biroq undan keyin Patrik uzoq vaqt kinodan chetda qolib, ta’lim oldi va aktyorlik kurslarida o‘qidi. Shu bilan birga, u modellik faoliyatini ham olib bordi. 

    2010-yillarning boshlarida u faqat kichik rollarga ega bo‘lgan. Biroq asosiy rolini 2018-yilda “Tungi quyosh” (“Midnight Sun”) dramasida ijro etdi, keyin esa “Chikago bandasi” kriminal va jangovar filmida ishtirok etdi. “Zinapoya” biografik detektiv trillerida u bosh qahramonning o‘g‘li Todd Piterson obrazini gavdalantirdi.

    Patrikning eng so‘nggi ishlari orasida 2025-yil 16-fevralda boshlangan “Oq nilufargul” (”White Lotus”) serialining uchinchi mavsumi ham bor. 

    1. Lili-Rouz Depp
    Foto: Kinomail.ru

    Gollivudning eng chiroyli juftliklaridan biri Jonni Depp va Vanessa Paradining qizi Lili-Rouz Melodi Depp aktrisa va model sifatida tanilgan. Uning kinodagi debyuti 2014-yilda Kevin Smitning “Fil tishi” (“Tusk”) komedik horror filmida bo‘lgan. U yerda Lili ikkinchi darajali rol o‘ynagan bo‘lsa-da, otasi Jonni Depp va rejissyorning qizi Xarli Kvin Smit bilan birga ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Keyinchalik uning qahramoni “Yoga ixlosmandlari” (“Yoga Hosers”) filmida asosiy rolga aylangan, ammo bu loyiha salbiy baholangan. 

    Aktrisalik bilan parallel ravishda Lili-Rouz model sifatida Chanel va Karl Lagerfeld bilan hamkorlik qilgan. “Raqqosa” (“The Dancer”) va “Vafoli yor” (“A Faithful Man”) filmlaridagi ishtiroki unga “Sezar” mukofotiga nomzod bo‘lish imkoniyatini bergan. 

    Lili-Rouzning muhim rollaridan biri “Qirol” (“The King”) filmidagi Fransiya malikasi Ketrin Valua obrazi bo‘lib, bu filmda Timoti Shalame bilan juftlik obrazini ijro etgan.

    1. Margaret Kuolli
    Foto: Kinomail.ru

    1990-yillarning romantik komediyalar yulduzi Endi MakDauell va sobiq model Pol Kuollining qizi Margaret Kuolli ham model sifatida faoliyatini boshlagan, shuningdek, balet maktabida tahsil olgan. 

    Uning kinematografiyadagi ilk ishi “Palo Alto” dramasida bo‘lgan. Keyinchalik “Yaxshi yigitlar” (“The Nice Guys”), “Sidney Hollning yo‘qolishi” (“The vanishing of Sydney Hall”) va “Fosse/Verdon” seriallarida ishtirok etgan. Kventin Tarantinoning “Bir vaqtlar Gollivudda” filmida esa qisqa, ammo yorqin obraz yaratgan. 

    Shuningdek, u Yorgos Lantimosning “Bechoralar-baxtsizlar” va “Mehri-shafqat turlari” (“Kinds of kindness”) filmlarida ham ishtirok etgan. Eng katta yutuqlaridan biri esa unga “Oltin globus” nominatsiyasini taqdim etgan “Substansiya” filmidir. 

    1. Jek Kueyd
    Foto: Kinomail.ru

    Jek Kueyd 1992-yil 24-aprelda Gollivud yulduzlari Meg Rayan va Dennis Kueyd oilasida tug‘ilgan. Uning ilk kinodagi chiqishi 2012-yilda “Hayot-mamot o‘yinlari” (“The Hunger Games”) filmida bo‘lib, u yerda Marvel ismli tribunni o‘ynagan.

    U 2016-yilda Martin Skorsezening “Vinil” serialida, keyinchalik esa Stiven Soderbergning “Omadli Logan” (“Logan Lucky”) filmida suratga tushgan. 

    Ammo unga haqiqiy mashhurlik “Yigitlar” (“The Boys”) seriali orqali kelgan, u yerda asosiy personajlardan biri — Hyu Kempbell rolini ijro etgan. Shuningdek, u “O‘rgimchak-odam: O‘rgimchaklar olami bo‘ylab” (“Spider-Man: Across the Spider-Verse”) animatsiyalarida ovoz bergan. 

    1. Mayya Xouk
    Foto: Kinomail.ru

    Uma Turman va Itan Xoukning qizi Maya Rey Turman Xouk disleksiya bilan yashaydi, ya’ni o‘qish va yozishda muammolarga duch keladi. Biroq xastalik uni san’at sohasida rivojlanishdan to‘xtatmagan. 

    Uning ilk yirik ishi BBC tomonidan suratga olingan “Kichkina ayollar” (“Little Women”) serialidagi Jo March roli bo‘lgan. 2019-yilda esa “Juda g‘alati ishlar” (“Stranger Things”) serialining uchinchi mavsumida Robin Bakli obrazini gavdalantirib, katta muvaffaqiyat qozongan. 

    2023-yilda Maya bir nechta filmda rol o‘ynagan, jumladan, onasi Uma Turman bilan “Qotillik xonasi” (“The Kill Room”) filmida ishtirok etgan. “Maestro” nomli biografik filmida esa Leonard Bernstaynning qizini ijro etgan. 

    Bundan tashqari, u musiqiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Folklor-rok janrida qo‘shiq kuylaydi va bugungi qadar uchta albom chiqargan. 

    1. Rey Nikolson
    Foto: Kinomail.ru

    Mashhur aktyor Jek Nikolson va aktrisa Rebekka Brusarning o‘g‘li bo‘lgan Rey Nikolson hali ota-onasi kabi katta muvaffaqiyatlarga erishmagan. Biroq uning karyerasida “Umid bag‘ishlovchi qiz” (“Promising Young Woman”), “Lakritsali pitasa” (“Licorice Pizza”) va “Kutilmaganda” (“Out of the blue”) kabi filmlar bor. 

    2024-yilda u “Tabssum 2” (“Smile 2”) qo‘rqinchli filmida rol o‘ynagan. Rejissyor Parker Finn uni otasiga hurmat ifodasi sifatida taklif qilganini aytgan. Tomoshabinlar esa uning jilmayishini Jek Nikolsonning “Porlash” (“The Shining”) filmidagi ifodasi bilan solishtirgan. 

    2025-yilda u Jek Kueyd bilan “Novokain” (“Novocaine”) jangovar filmida ishtirok etgan. Shuningdek, 1-may kuni namoyish etiladigan “Psixopat bilan bir kecha” (“Night with a Psycho”) filmida ham asosiy antagonistik rolni ijro etgan.

    31 mart, 10:55   Izoh (0)   5895
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#kino#mashhurlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jennifer Lopes, Bredli Kuper va boshqa mashhurlar ko‘rishni tavsiya qiladigan filmlar

    14.05.2024, 17:50

    Bitta filmda birgalikda rol o‘ynagan mashhur ota-onalar va ularning farzandlari (foto) 

    15.05.2024, 17:09

    2025-yilda Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladigan mashhurlar ismi tasdiqlandi 

    28.06.2024, 17:41

    Ozg‘inlik go‘zallik degani emas: vazn tashlaganidan so‘ng o‘ziga o‘xshamay qolgan mashhurlar (foto)

    21.08.2024, 17:53

    Maykl Jekson, Nikolas Keyj va bir daqiqada bor-budidan ayrilib, qashshoqlashib qolgan boshqa badavlat mashhurlar (foto) 

    06.09.2024, 17:17

    Gollivud yulduzlari og‘ir ish kunidan keyin qanday dam oladi?

    11.09.2024, 13:45

    Leonardo Di Kaprio, Lyuk Besson va sayyoradagi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shayotgan mashhurlar

    20.09.2024, 13:32

    “Bitta obrazda qolib ketgan”: filmlarda bir-biriga o‘xshash rollarni ijro etgan aktyorlar

    30.09.2024, 13:45

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Jang san’atini o‘zlashtirgan jahonga mashhur aktrisalar (foto)

    10 mart, 13:50

    Gollivudning mashhur “tansoqchisi” Kevin Kostner hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    12 mart, 11:55

    Huquqshunos, avtopoygachi, hamshira: shou-biznesdan ketib, oddiy kasb egasiga aylangan Gollivud aktyorlari

    13 mart, 18:49

    Taniqli Gollivud aktrisalari bolaligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? 

    15 mart, 09:55

    Vertolyot parragi boshini uzib olgan: fojiali tarzda halok bo‘lgan Gollivud yulduzlari

    27 mart, 14:49

    “65 yoshli ayolning tortilgan yuzga ega bo‘lishini tushunmayman”. Gollivud yulduzlaridan ilhomlantiruvchi iqtiboslar

    26 mart, 18:50

    Jahon kinosi yulduzi Entoni Hopkinsning “Biz buni uddaladik, bolakay” nomli memuar asari nashr etildi

    19 mart, 11:25

    Diplom yo‘q, ammo “Oskar” bor: Aktyorlik bo‘yicha tahsil olmagan Gollivud yulduzlari

    19 mart, 17:32

    Rolls–Royce’dan tortib Bugatti’gacha: jahon yulduzlarining eng qimmatbaho avtomobillari

    26 mart, 10:50

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Bir kecha uchun kamida 8 ming dollar: Jahon yulduzlari dam oladigan dunyoning eng qimmat kurortlari

    24 mart, 21:51

    Bryus Uillis 70 yoshda: hozirda demensiya tufayli tildan qolgan aktyor Gollivud tarixida qanday iz qoldirdi?

    25 mart, 08:57

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    Hashamatdan qashshoqlikka: o‘z pullarini havoga sovurgan yulduzlar hikoyalari

    26 mart, 22:35

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Gollivud aktyori Jud Lou “Kreml sehrgari” filmida Rossiya prezidenti Vladimir Putin rolini ijro etmoqda

    27 mart, 10:29

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish uchun 132 mln dollar ajratadi

    Dunyo | 4 avgust, 23:50

    Al-Aqso masjidiga bostirib kirish barcha musulmonlarga qarshi qilingan tahdiddir — Falastin hukumati

    Dunyo | 4 avgust, 23:40

    Andijonda fuqaro xonadonida noqonuniy “gaz bunkeri” aniqlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:30

    Toshkent viloyatida yosh o‘qituvchilar uchun 45 kunlik intensiv kurs yakunlandi

    O‘zbekiston | 4 avgust, 23:21

    Apple Siri ishlab chiquvchilar jamoasini qayta tuzishga va ChatGPT’ga raqobatchi yaratishga qaror qildi

    Dunyo | 4 avgust, 23:10

    O‘zbekistonda bir yilga mo‘ljallangan gaz subsidiyasi olti oyda to‘lab bo‘lindi

    Iqtisodiyot | 4 avgust, 23:00

    “Manchester Yunayted” Vinisius uchun “Real”ga 200 mln yevro taklif qilishga tayyor

    Sport | 4 avgust, 23:00

    Yaponiyada kanalizatsiya quvurlarini ko‘zdan kechirish chog‘ida to‘rt erkak halok bo‘ldi

    Dunyo | 4 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.