Gretsiyalik ayol ChatGPT bilan muloqotdan so‘ng eri bilan ajrashish uchun ariza berdi. Sun’iy intellekt unga qahva quyqasida fol ochdi.

Ayol eridan chashkasidagi qahva qoldiqlarini suratga olib berishni so‘ragan va bu suratni ChatGPT’ga yuborib, fol ochishni so‘ragan. Sun’iy intellekt uning eri “E” harfi bilan boshlanadigan ismli yosh ayol bilan ishqiy munosabatda ekanini aytgan. Ayol bu “bashorat”ni jiddiy qabul qilib, erini uydan haydab chiqargan va darhol ajrashish uchun ariza bergan.
U har doim yangi trendlarga qiziqar edi. Bu safargisi esa sun’iy intellekt orqali fol ochish bo‘ldi. Hazillashib mendan finjonlarimizni suratga olib, ChatGPT’ga yuborishimni so‘radi. To‘satdan meni xiyonatda ayblab, ajrashish uchun ariza topshirdi, deydi erkak.
Uning ta’kidlashicha, hayotida “E” harfi bilan bog‘liq yagona narsa — espresso. U bu holatni mutlaqo bema’nilik deb atagan. Biroq ayol buni jiddiy qabul qilgan va farzandlariga qahva foli tufayli ajrashishayotganini aytgan.
Erning advokati Febus Smrungaris ushbu holatni “syurrealistik” deb atadi. U sudda qarorlar faqat dalil va sog‘lom mantiqqa asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi:
Erkak hozir vasiylik to‘g‘risidagi da’voni ko‘rib chiqmoqda. Bolalarni tarbiyalash bo‘yicha qarorlar ChatGPT qahva chashkasida nima ko‘rganiga qarab qabul qilinishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, dedi Smrungaris.
Izoh (0)