• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ekologiya, stress, texnologiyalar: odamlar nega “o‘tmaslashyapti”?

    Amerikalik kinorejissor Mayk Jaj tomonidan suratga olingan “Idiokratiya” antiutopik komediyasida kelajak avlodning zehniyati butunlay zaiflashadi, tanqidiy fikrlash to‘xtaydi, miya — bosh chanoq ichidagi zang bosgan, yaroqsiz matohga aylanadi. Kino 2006-yilda chiqqan. Ammo u haqdagi maqolalar so‘nggi yillarda ko‘payib qoldi. Ya’ni, olimlarning tashvish bildirishicha, filmdagi fantastik syujet alomatlari sekin-asta real hayotda ham namoyon bo‘layotir.

    Sabablar bir nechta: havo ifloslanishidan tortib ayol, onalardagi tushkunlikkacha.  

    “Idiokratiya” belgilari

    1984-yilda yangi zelandiyalik psixolog Jeyms Flin IQ (aqliy rivojlanish koeffitsiyenti) test natijalari tahlili asosida XX asr 30-yillaridan odamlarning intellektual salohiyati doimiy o‘sganini ilmiy-nazariy asoslagan. Bu, avvalo, ta’lim va tibbiyot rivojlanishi, sog‘lom ovqatlanish madaniyatining shakllanishi bilan bog‘liq. 

    Biroq turli davlatlardagi o‘rganishlarga qaralsa, XXI asr ibtidosida zehniyatda buzilishlar boshlangan. Masalan, norvegiyalik olimlar 700 mingdan ziyod fuqarolarining IQ test natijalarini tahlil qilib, miya atrofiyasi 70-yillar o‘rtalariga to‘g‘ri kelishi, 2000-yillar avvalida esa vaziyat yanada yomonlashganini ma’lum qilgan. 

    O‘tgan yili AQSHning Intelligence jurnalida e’lon qilingan yana bir tadqiqotda uzoq yillik o‘sishdan keyin ilk marotaba amerikaliklarning aqliy rivojlanish koeffitsiyentida pasayish kuzatilgani, intellektual “sho‘ng‘ish” asosan 18-22 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar hissasiga to‘g‘ri kelishi aytilgan. Ma’lum bo‘lishicha, XXI asr boshlaridagi kollej talabalarining so‘z-lug‘at boyligi o‘tgan asr 70-yillar bitiruvchilariga nisbatan ikki barobar kamaygan. Ayni tendensiya Fransiya, Finlyandiya va olmon tilli davlatlarda ham qayd etilgan. 

    Foto: Google Images

    Shuningdek, so‘nggi ilmiy izlanishlarga ko‘ra, bolalarda ham kognitiv rivojlanish sekinlashyapti. Braun va Kolumbiya universiteti hamkorligida olib borilgan tadqiqotda keltirilishicha, pandemiya davrida tug‘ilgan chaqaloqlar IQ darajasida 22 ballni yoki aqliy salohiyat o‘sishining 70 yiliga teng qobiliyatni yo‘qotgan. Bu, ayniqsa, o‘g‘il bolalar va nochorroq ijtimoiy-iqtisodiy muhitda yashovchi go‘daklarda namoyon bo‘lgan.

    Buzuq ekologiya, stress va kelajakka xiyonat

    XXI asr. O‘qish, ilm olish uchun barcha imkoniyat muhayyo. Zamonaviy maktablar, xususiy bog‘chalar, til o‘rgatuvchi markazlar sanoqsiz. Istalgan davlatning eng yaxshi kutubxonasidan uyda yonboshlab foydalanish mumkin hozir. Shunday ekan, nega to‘mtoqlashyapmiz, bizni nima jin uryapti?

    Maqolaning kirish qismida aytilgan tragikomediyada odamlarning: qulog‘ing qani, desa burnini ko‘rsatadigan darajaga tushishiga aqlli kishilar tug‘may/tug‘dirmay qo‘ygani, kallavaramlar esa oldi-orqasiga qaramay ko‘paygani sabab qilib ko‘rsatiladi. Ehtimol,  Mayk Jaj versiyasida ham ma’lum haqiqat bordir. 

    Har holda, yaponiyalik psixolog Satosi Kanadzava mamlakatda yuqori intellektga ega ayollarning 21-25 foizi ona bo‘lishga qiziqishni yo‘qotayotgani (chayldfri) haqida maqola e’lon qilgan, shuningdek, ko‘plab rivojlangan davlatlarda tug‘ilish ko‘rsatkichlari kamayib, aholi keksayayotgani haqida ham ma’lumotlar yetarli. Ammo, olimlarning fikricha, zehniyatga ta’sir ko‘rsatayotgan real omillar boshqa:

    1. Ekologiya. Ispaniyalik tadqiqotchilarning bildirishicha, o‘smir yoshlarda kognitiv qobiliyatlarning susayishi bevosita ekologik muammolar: atrof-muhit ifloslanishi, havo tarkibida zararli moddalar ko‘payishi bilan bog‘liq (ispanlarga Toshkentdan alangali salom!). Natijalar yashil hududlarda ulg‘aygan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari — sanoat zonalarida yashaydigan tengdoshlariga nisbatan vazifalarni yaxshiroq uddalaganini ko‘rsatgan. 9-15 yoshli bolalarni o‘rgangan britaniyalik olimlar ham ispan hamkasblarining xulosasini tasdiqlagan.

    2.  Onalardagi stress. Homiladorlik davrida ayollarning qattiq tushkunlikka tushishi va ruhiy zo‘riqish — stress holatini tez-tez boshidan kechirishi homila yoki go‘dak miyasining yaxshi rivojlanishiga jiddiy to‘sqinlik qiladi. Bu borada juda ko‘p tadqiqotlar bor. Ko‘plab mamlakatlarda ayollar huquqi bilan bog‘liq vaziyat og‘irligicha qolayotgani, oilaviy zo‘ravonliklar kamaymayotgani, iqtisodiy qiyinchiliklar — barchasi alal-oqibat nosog‘lom, zaif zehniyatli genofond “kafolati”, taassufki.

    3. Sun’iy-kimyoviy mahsulotlar. O‘tgan yili AQSHning nufuzli Environmental Health News ilmiy jurnali tarkibida endokrin tizim faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi kimyoviy moddalar (ftalatlar, perxloratlar, ftoridlar va h.k.) mavjud mahsulotlar ishlab chiqarilishini  “kelajak avlodga xiyonat”, deb yozdi. Qayd etilishicha, yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotining dastlabki to‘qqiz oyi, ya’ni bola miyasi katta tezlikda shakllanayotgan davrda  200 dan ortiq kimyoviy moddaga u yoki bu ko‘rinishda duchor bo‘ladi. Jumladan, zararlanish —  havo, turli aralashmalar (sun’iy ozuqalar), teriga suriladigan krem, losyon va ho‘l sochiqlar orqali yuz beradi.   

    4. Smartfon sindromi va zamonaviy texnologiyalar. Oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41 foizi, 14 yosh oralig‘idagi bolalarning esa 85 foizi gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi. Smartfon sindromiga chalinganlarda materiallarni mustaqil tizimlashtirish, tasvirlar, infografikalar, murakkab tuzilgan matnlarni idrok qilishda muammolar paydo bo‘ladi, deganidir.

    Miya ham xuddi mushaklardek, ishlatib turilmasa falajlana boshlaydi. ChatGPT, Google translate, “Yandeks karta” va boshqa yuzlab inqilobiy dasturlar tufayli odamlarda miyani “sal turtib qo‘yishiga” ham hojat qolmayapti.  Oksimoron shuki, dangasalashayotgan miyalar ko‘payayotir. Bu haqda Tokiodagi Tyuo universiteti professori Asunori Ariga shunday yozgan: raqamli dunyo va sun’iy intellekt taqdim etayotgan hayratomuz qulayliklar odamlardagi diqqat, xotira va ijodiy tafakkurni “o‘ldiryapti”.

    Chora shu: sog‘lom odatlar va neyrobilding

    Albatta, hech kim burgaga achchiq qilib ko‘rpani yoqmaydi. Ya’ni, texnologiyalardan ayro tarbiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi bugun. Aksincha, bizdan, bolalarimizdan talab etiladigani taraqqiyot jilovini boy bermaslik, uning izmini ixtiyorimizda tutib turish. Buning uchun esa hamma — ota-onalar, davlat va jamiyat sog‘lom fikrlashi, sog‘lom qarorlar chiqarishi kerak. 

    Masalan, ota-onalar farzandlarining vaqtini nazorat qilishi, gadjetlardagi foydali, bilim va dunyoqarashini oshiradigan ilovalar, dasturlar, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatishi zarur.
    O‘z navbatida, davlat inson — ona, ayol va bola salomatligi, tafakkuriga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday xavf bilan hisoblashishi, deylik, havo ifloslanishi ortganda uning salbiy oqibatlaridan himoyalanish uchun fuqarolarga, ota-onalarga birlamchi choralar haqida muntazam ma’lumot berilishi, bolalar uchun chiqarilayotgan turli kosmetik-gigiyenik vositalar tarkibi bo‘yicha talablar kuchaytirilishi, “yashil makon”ga o‘xshash umummilliy loyihalar ijrosi qattiq nazoratga olinishi lozim. 

    Neyrobilding — bu miyani doimiy mashq qildirish. Buning eng yaxshi va samarali usuli esa kitob o‘qish/o‘qitish (bosma kitob mutolaasi jarayonida inson miyasidagi 17 ta alohida qismlar harakatga kelishi isbotlangan). Afsuski, kitobxonlik masalasida maqtagulik emasmiz. Aholining kitob bilan o‘tadigan o‘rtacha vaqti borasida turli yillarda o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot natijalarida ham O‘zbekiston nomini uchratmaysiz (GfK xalqaro marketing tadqiqotlari instituti o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, reytingda  Xitoy va Hindiston fuqarolari eng kitobxon millat sifatida e’tirof etilgan).  

    Aslida, jamiyatning kollektiv tafakkuri — hal qiluvchi kuch. Agar farzandlarimiz o‘tkir bo‘lishini istasak, eng avvalo, odamlarning oddiy-kundalik muhokamalari saviyasiz serial yoki qaysidir ashulachining kiyimi/gaplaridan bolalar o‘qishi kerak bo‘lgan kitoblar mavzusiga ko‘chishi shart. Boshqa yo‘l yo‘q.

    Dilshod Nurulloh

    10.01.2024, 17:15   Izoh (0)   8126
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga bahorgacha 1 million snaryad yetkazib bermoqchi 

    10.01.2024, 16:57

    Portugaliyada yangi samolyot qush bilan to‘qnashib ishdan chiqdi (foto)

    10.01.2024, 15:51

    Polshada prezident saroyiga mehmon sifatida taklif etilgan sobiq IIV rahbari va uning o‘rinbosari hibsga olindi

    10.01.2024, 14:27

    Avstriya moliya vaziri tezlikni oshirgani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilindi

    10.01.2024, 12:54

    Kim Chen In Janubiy Koreyani “butunlay yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

    10.01.2024, 12:23

    Hindistonda sun’iy intellekt bo‘yicha startap rahbari bo‘lgan ayol o‘z o‘g‘lini o‘ldirishda ayblanib hibsga olindi

    10.01.2024, 11:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.