• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar Gadjetlar Media

    O‘lik internet nazariyasi

    Bundan uch yil oldin IlluminatiPirate taxallusli anonim foydalanuvchi tarmoqda zarur ma’lumotlarni topish murakkablashgani, nofaol saytlar, tashlandiq akkauntlar ko‘pligidan: “Internet ulkan, lekin ichi bo‘sh havo shariga, besamar raqamli sahroga aylanib qolgandek”, deydi va ilk bor internetning “joni uzilayotgani” haqida ogohlantiradi. 

    Daryo kolumnisti Dilshod Nurulloh soxta akkauntlar “qo‘shini”, shilta kontent va qo‘rqinchli “churnalistika” haqida fikr yuritadi.

    Foto: enriquedans.com

    Agar ushbu maqolani o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak internetdagi eng so‘nggi inson — sizsiz. Boshqalar, deylik, podkastlardagi odamlar, qaysidir post ostida bir-birining go‘shtini g‘ajiyotgan foydalanuvchilar, o‘sha postni qo‘yganlar, Afrikaning ittopmas yerida sizga million dollar meros qoldirilganidan xabar bergan firibgarlar va hokazolar — botlar, ya’ni avtomatik ravishda dasturlashtirilgan harakatlarni bajaradigan virtual robotlardir.

    Veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi maza-bemaza kontent-chi, ularning muallifi kim? Topdingiz, hammasi botlarning ishi. Unda men nima qilyapman, deysizmi? Siz, azizim, ko‘rinmas va pulsiragan kuchning oqibati hali noma’lum tajribasidagi dovdir quyon rolini o‘ynayapsiz. Ishonmayapsiz, lekin, do‘stlar, “O‘lik internet nazariyasi” tarafdorlari bu gaplar rostligiga, xuddi Kolumb Hindistonni ochganiga shubha qilmay o‘lib ketgani kabi iymoni komil.

    Umuman, juda yaqin-yaqinlargacha ushbu nazariya “zamonaviy teleskoplarga tupurdim, yer oshlagandek tep-tekis” mazmunidagi g‘irt fitnaangiz ta’limotlardan  biri edi. Ammo nufuzli ilmiy tadqiqot markazlari, raqamli xavfsizlik jonkuyarlari ayni mavzuga tobora ko‘proq murojaat qilayotganidan payqash mumkinki, xavotirlar yo‘q emas.

    Foto: amazon.com

    “Ulkan, ammo ichi bo‘m-bo‘sh havo shari”

    “O‘lik internet nazariyasi” bu — butunjahon internet tarmog‘i botlar va sun’iy intellekt (SI) tomonidan egallab olingan, onlayn platformalardagi foydalanuvchi-akkauntlar, trafik va kontent soxta, ular SI agentlari tomonidan yaratiladi hamda boshqariladi, degan qarashdir.

    2021-yili internet-forumlarning birida IlluminatiPirate taxallusli anonim foydalanuvchi tarmoqda zarur ma’lumotlarni topish murakkablashgani, nofaol saytlar, tashlandiq akkauntlar ko‘pligidan: “Internet ulkan, lekin ichi bo‘sh havo shariga, besamar raqamli sahroga aylanib qolgandek”, deydi va ilk bor internetning “joni uzilayotgani” haqida ogohlantiradi.

    O‘sha yili AQSHning oldi-qochdi mavzulardan uzoq turadigan The Atlantic jurnalida e’lon qilingan “Siz buni sezmayotgan bo‘lishingiz mumkin, ammo internet besh yil oldin o‘lgan” sarlavhali maqolada jurnalist Keytlin Tiffani SI insonlarning internetdagi onlayn faolligini muvaffaqiyatli siqib chiqargani, natijada tarmoq faqat mahsulot va g‘oyalarni sotishga xizmat qiluvchi algoritmik matohga aylanib qolganini ta’kidlagan.

    2024-yil may oyida Vlada Rozova va Jeyk Ranzella Sciencealert  jurnalida “Internetdagi har qanday muloqot, tendensiya va, ayniqsa, umumiy kayfiyat soxta bo‘lishi mumkin. Sun’iy kontent dunyoqarashingizga ta’sir etish maqsadida atayin yaratilayotgani ehtimoldan xoli emas”, deya bayonot berdi.

    Bu oddiy feyk-xo‘randalar yoki ko‘cha “bilimdonlari” emas, balki Sidney va Melburn universitetlari tadqiqotchilarining obro‘li ilmiy nashrda bildirgan xulosasi ekani e’tiborga olinsa, nazariya — konspirologiya bosqichidan chiqib, dahshatli reallikka aylanyapti, deganidir.
    Surat sun’iy idrok yordamida tayyorlandi

    “Mabodo o‘lmagan bo‘lsa ham, og‘ir betob”

    2022-yil oxirlaridan ChatGPT va inson kabi kontent yarata oladigan dasturlar ommalasha boshladi. Shu yil ArsTechnica kompaniyasi odamlarga ular bilan gap sotadigan, tasalli beradigan, qo‘llab-quvvatlaydigan virtual “bot-do‘stlar” topib beruvchi SocialAI ilovasini taqdim etdi: kimdir o‘zini yolg‘iz his qilsa, marhamat, yuraksiz oshnasiga hasratini to‘kib-sochishi mumkin.

    Meta esa Instagram’dagi mashhur inflyuenserlarni SI asosida ishlaydigan chat-botlarga aylantirish imkonini beruvchi dastur ustida ishlayapti. Endilikda oddiy foydalanuvchi bilan haqiqiy Instagram-bloger emas, uning raqamli kloni bemalol muloqot qilaveradi.

    TikTok ham qarab turgani yo‘q. Kompaniya pachakilashib o‘tirmay, birato‘la sun’iy inflyuenser-blogerlarni ishga tushirmoqchi. Maqsad pul — turli brendlarga:  “mahsulot yoki xizmatingni katta auditoriya — real odamlarga reklama qildirsang, falon dollar to‘laysan, undan ko‘ra mana, o‘zimizda ham sun’iy ko‘zlar bor, narxiyam hamyonbop” degan messej berish.  

    — Internet o‘zining o‘ttiz yillik tarixi mobaynida insoniyatga benazir xizmat qildi. Ammo uning eng muhim tarkibiy qismi, ya’ni ijtimoiyligi asta-sekin yo‘qolib boryapti, deydi rossiyalik media-mutaxassis Yekaterina Ryabova. — Vaholanki, global tarmoq, avvalo, insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni kengaytirish maqsadida yaratilgan. Men radikal-konspirologik qarashlarni yoqtirmayman, ammo voqelik shuni ko‘rsatyaptiki, internet mabodo o‘lmagan bo‘lsa ham, juda og‘ir betob.
    Fotokollaj sun’iy idrok yordamida tayyorlandi

    Birinchi simptom: putenoid botlar

    Imperva Bad Bot hisobotiga ko‘ra, 2024 yil dunyo bo‘ylab barcha veb-trafikning qariyb 50 foizini noinsoniy manbalar — botlar to‘ldirgan, Cyabra Twitter foydalanuvchilarining 11 foizini spam-akkauntlar va botlar tashkil etadi, degan xulosaga keldi.

    Yevropa huquqni muhofaza qilish agentligi (Yevropol) mutaxassislari fikricha, 2026-yilgacha onlayn kontentning 90 foizi sun’iylashadi, Kopengagen kelajak instituti prognozida “GPT-3 bo‘shalib ketsa” bu ko‘rsatkich 2030-yilda 99,9 foizga (!) yetadi.

    Botlar internet paydo bo‘libdiki bor va shu paytgacha “Shum bola”ga o‘xshab mayda-chuyda xizmatlarni qilib yurgan. Ammo SI takomillashib, ularning ham “ko‘ksiga shamol tegdi”: endi botlar istagancha soxta akkaunt va kontent yaratish/boshqarish, layk, komment, repost xizmatini taklif etish, dezinformatsiya, propaganda, spam-reklama, fishing dasturlar tarqatish, jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish kabi “obro‘li” vazifalarga jalb etilyapti.

    2016–2017-yillardagi o‘n oylik davr mobaynida “X” (Twitter) tarmog‘ida qoldirilgan 14 milliondan ortiq xabarlar tahlili botlar tomonidan yaratilgan akkauntlar ishonchsiz ma’lumotlarni tarqatishda real foydalanuvchilardan ko‘ra ko‘proq faol bo‘lganini ko‘rsatgan, shuningdek, oxirgi tadqiqotlarda o‘n mingdan ortiq bot-profillar AQSH va yevropalik taniqli shaxslar nomidan Rossiyaning Ukrainaga qaratilgan harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlovchi sanoqsiz kremlbop tvitlar tarqatgani ma’lum bo‘lgan.

    — Sun’iy intellekt boshqaradigan akkauntlar, albatta, minglab soxta kuzatuvchilarga ham ega bo‘ladi, katta auditoriya sahifani haqiqiy foydalanuvchiga ishonchli qilib ko‘rsatadi, “shuncha odam kuzatarkan, aldamasa kerak” degan taassurot paydo bo‘ladi, deydi Avstraliyaning Yangi janubiy Uels universiteti lektori Jeyk Ranzella. — Bu esa qaysidir bot-fermalarda ulkan akkauntlar qo‘shini yaratilayotganidan darak beradi. Eng yuqori narx taklif qilganlar foydalanishi mumkin bo‘lgan, millionlab “auditoriyali” akkauntlar...
    Foto: searchengineland.com

    Ikkinchi simptom: Google = Potyomkin qishloqlari

    O‘lik internet nazariyasi Google qidiruv tizimidagi “jonli kontent inqirozi”da ham namoyon bo‘lyapti. Mutaxassislarning qayd etishicha, tizimda “chirigan”, ya’ni o‘qimoqchi bo‘lsangiz, faqat Error so‘zi chiqadigan havolalar ko‘paygan, deylik, siz 2001-yilda sodir bo‘lgan voqealar haqida ma’lumot qidirsangiz, o‘sha davrda yaratilgan ko‘plab sahifalar ochilmaydi.

    Shundan bo‘lsa kerak, 2023-yili chop etilgan “Metaweb — Internetning keyingi bosqichi” kitobida Google o‘sha mashhur “Potyomkin qishloqlari”ga qiyoslanadi. Yana unda aytilishicha, “qidiruv tizimi biz o‘ylagandan ancha kichik, foydalanuvchiga esa tanlangan hamda potensial sun’iy kontent taqdim etilmoqda”.

    2024-yilda kompaniya o‘zining platformasi insonlar uchun emas, qidiruv tizimi natijalarining old qatorida turish uchun yaratilgan sun’iy saytlar bilan to‘lib borayotgani, ya’ni SI ijodiga mansub spam-sahifalar inson yaratgan muqobillarni siqib chiqarayotganini tan oldi. Originality.ai tahlil markazi tadqiqotiga ko‘ra, ayni paytda ular jami resurslarning 13 foizini tashkil etmoqda.

    Qidiruv natijalarining yuqori qismi juda qimmat — shunchalik qimmatki, raqobatlashayotgan kompaniyalarda maqola yozish uchun ortiqcha mablag‘ qolmayapti. Ularning baxtiga ChatGPT bor, soniyalarda “bir nimalar” tayyorlab beryapti. Albatta, o‘sha “bir nima”, uni real odam o‘qisagina foydali, yomon xabar shuki, internetda tirik jondan ko‘ra botlar ko‘proq..., deb yozgandi Guardian shu yilning aprelida.
    Foto: thechainsaw.com

    Uchinchi simptom: shilta kontent

    Oksford lug‘atida odam miyasining axlatga aylanishini ifodalovchi  “Brain rot” (Breynrot) degan ibora bor. Gap, boshdagi suyuqlikning tabiiy aynishi emas, balki so‘nggi yillarda internetdagi sifatsiz, befoyda ma’lumotlar, bir kirganda uzoq vaqt g‘iz etib o‘tib ketadigan qisqa rilslarga “o‘tirib qolish” oqibatida yuzaga kelayotgan intellektning pasayishi tendensiyasi haqida.

    Xullas, shu so‘z “2024-yil so‘zi” deb topildi. Bu uchun “O‘lik internet nazariyasi”ga ham alohida “rahmat” deyish kerak. Chunki, ijtimoiy tarmoqlar “kanalizatsiyasi”dan potirlab kecha-yu kunduz oqayotgan algoritmik shilta kontent botlarni “odamlashtirib”, odamlarni — “botlashtiryapti”. 

    Yaqinda Prospect nashrida e’lon qilgan “Atrofda tirik jon bormi?” sarlavhali maqolada bu yoqimsiz fenomen shunday izohlanadi:

    Onlayn platformalarning tijoriy strategiyasi sizni imkon qadar ko‘proq ushlab turadigan kontent uzatishni taqozo etadi, diqqatingiz esa, tabiiyki, pulga konvertatsiya qilinadi. Shilimshiq kontent bilan parallel ravishda oqadigan reklamani qancha ko‘p ko‘rsangiz, kompaniyalarga shuncha ko‘p foyda keltirasiz.

    Tabiiyki, milliardlab odamni sifatsiz ozuqa bilan “ta’minlash”ning o‘zi bo‘lmaydi. Shuning uchun Meta yoki boshqa kompaniyalar mediaaxlat yaratuvchilarni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘ygan. Hozir kimdir yuqori faollik ko‘rsatkichlariga, deylik, katta auditoriyaga ega, postlari minglab layk yig‘adigan akkaunt yaratsa, platformalar reklama daromadining bir qismini unga beradi.

    Ya’ni, texnogigantlar “sun’iy intellekt xizmatingizda, akkauntlarni faollashtiring, ko‘ngilochar kontent bilan to‘ldiring, trendga chiqishi uchun bot-akkauntlar yordamida layklarni qalashtirib tashlang, bizning algoritm ularni odamlar qiziqishiga qarab, tanlab-tanlab tortiq etadi, reklama puli — o‘rtada” qabilida ish tutadi.

    Nima uchun Instagram-rilslar, umuman, ijtimoiy tarmoqlardagi tavsiyaviy lentalar asosan turli anonim (egasi noma’lum) yoki ajnabiy nomdagi akkauntlar joylashtiradigan Boburning eski vaynlari,  “Million” yoki “Bravo” konsertidan lavhalar bilan to‘lib-toshishini endi tushunyapsizmi?

    Fotokollaj sun’iy idrok yordamida tayyorlandi

    To‘rtinchi simptom: “churnalistika”

    Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, dunyo ommaviy axborot vositalarida original kontent yo‘qolib boryapti. Masalan, britaniyalik jurnalist Nik Devis 2008-yilda Buyuk Britaniya nashrlari sahifalarining atigi 12 foizini original materiallar tashkil etgani, axborot bozori jonli reportaj yoki intervyu-suhbatlardan ko‘ra, internetdan olingan, yasama media mahsulotlar bilan to‘layotganidan tashvish bildirdi.

    Devisning fikricha, tahririyatlar reklama daromadi ko‘proq bo‘lishi uchun sifat emas, songa e’tibor qilishni afzal ko‘ryapti, natijada haqiqiy ijodiy jurnalistika o‘z o‘rnini “churnalizm”, ya’ni “sifatsiz jurnalistika”ga bo‘shatib berayotir.

    Qo‘rquv shundaki, sun’iy intellekt imkoniyatlari “churnalizm” fenomenini cho‘qqiga olib chiqadi, deylik, kontent-fermalar (qisqa vaqt ichida katta hajmdagi sifatsiz, arzon-garov kontent shakllantiradigan neyrotarmoqlar) tomonidan yaratilgan butun boshli spam-saytlar, bir qarashda juda ishonchli tuyuladigan qalbaki axborot tarqatuvchi veb-sahifalar ko‘payadi.

    Bunday saytlarni, egalariga reklama ko‘rishlaridan daromad olishi uchun mo‘ljallanganidan bo‘lsa kerak, tadqiqotchilar “bezarar parazitlar” deb ataydi. Aslida, unday emas, fojialar ham bor. Pokistonda yaratilgan bo‘tqa saytlardan biri Channel3Now’da “Teylor Sviftning raqs darsida uysiz bir musulmon qizlarga hujum qildi” sarlavhali yolg‘on neyro-xabar Britaniyada keng ko‘lamli tartibsizliklar keltirib chiqargani ko‘pchilikning yodida.

    — Haqiqiy odamlar va ularning ehtiyojlari zamonaviy internet biznes modeli uchun mutlaqo ahamiyatsiz. Deylik, sizning qaysidir saytga kirganingizdan olinadigan daromad bilan klik-fermalarning sun’iy tashrifi keltiradigan summada farq yo‘q.

    Shu bois yaxshi, sifatli kontent tez yaratiladigan arzon neyro-mahsulot fonida ikkinchi planga o‘tib qolyapti, original jurnalistik yaratiqlar faqat “tozasi” uchun pul to‘lashga qodir kishilarga taqdim etilyapti. Boshqalar esa avtomatlashtirilgan tizimlar konveyeridan chiqayotgan mediaaxlat iste’moliga majbur, chunki ularga yaxshiroq narsa taqdim etishning hech qanday qiymati yo‘q, — deydi Jeyms Boll o‘zining “Atrofda tirik jon bormi?” sarlavhali maqolasida.

    Foto: egyhazeskozelet.hu

    Xulosa: Internet noinsoniylashmoqda

    To‘g‘ri, hali internet tom ma’noda o‘lgani yo‘q. Unda siz-u men kabi qoraqoshlar ham, ular yaratgan yaxshi, sifatli, ijodiy, kreativ kontent ham hech qayerga ketmagan. Ammo uning tobora noinsoniylashib borayotgani shubhasiz. Butunjahon o‘rgimchak to‘ri asoschisi Tim Berners-Li oxirgi intervyularida o‘z yaratig‘ining bugungi holidan o‘kinib: “Hozirgi Veb — biz tom ma’noda ko‘rishni istagan tarmoq emas”, degani ham shundan.

    Agar vaziyat o‘zgarmasa, yirik onlayn platformalar faqat “soqqa qilish”ga qaratilgan mentalitetidan voz kechmasa, sun’iy intellekt jilovi qo‘lga olinmasa, xalqaro tashkilot va hukumatlar tegishli choralar ishlab chiqmasa, internet kutilganidan ham tez virtual mag‘zavaga to‘ladi, dipfeyklar, kiberfiribgarlar, akkauntlar armiyasi tafakkuringizni zabt etadi, cho‘ntagingizni g‘orat qiladi va hokazo.  

    — Biz xavfli nuqtada turibmiz, degan edi ilmiy kommunikatsiya bo‘yicha ekspert, yutuber Kayl Hill yaqinda joylashtirgan “Sun’iy idrok internet qotilimi?” nomli hujjatli filmida. — Generativ sun’iy intellekt axborot asrining yadro bombasidir. Bu ikki texnologiya ham dunyoni bir zumda o‘zgartirib yubordi. Ikkisi ham jamoatchilik roziligi olinmay sinovdan o‘tkazildi. Ikkisi ham ulkan hokimiyatni bir necha kishining qo‘liga topshirdi. Ikkisi ham jismoniy yoki raqamli bo‘lishidan qat’i nazar, butun boshli aholini yo‘q qilish qudratiga ega.

    Bu nazariya sizga yana bir haqiqatni uqtiradi: internetda qaysidir mahsulot yoki xizmat ko‘kka ko‘tarilgan, minglab ijobiy izohlar bildirilgan, layklar qalashib ketgan bo‘lsa, darrov o‘shanga o‘zingizni urmang, “hov anavi yerda kofir ikkita musulmonni bo‘g‘izlabdi” degan xabar chiqsa, jon halpida pichoq olib yugurmang, Alisher Usmonov o‘tirvolib pul tarqatayotgani haqida o‘qisangiz, oxirgi chaqangizni ham chiqarib bermang.

    Avval o‘ylang, balki ekran ortida sizga o‘xshagan tirik odam emas, bejon bot turgandir.

    16.12.2024, 15:24   Izoh (0)   9330
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Internet#sun’iy intellekt#bot#feyk#ChatGPT#ijtimoiy tarmoqlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Brendning yuzi va nomi bo‘lishi kerak: Rossiyalik marketolog Anastasiya Roshina bilan intervyu

    04.02.2023, 10:50

    “Siz bizni to‘xtata olmaysiz”: Janubiy koreyalik virtual boshlovchi intervyu berdi

    10.11.2023, 23:05

    Xitoy avtomobilsozligi tarixiga bir nazar: bugungi Zeekr brendi yaralishi uchun sanoat qaysi yo‘llarni bosib o‘tdi?

    15.07.2024, 20:20

    AVO: O‘zbekistondagi yangi raqamli bankda mijozlarning keng qamrovli himoya qilinishi

    21.08.2024, 15:00

    Qozog‘istonda Starlink orqali deyarli 1,8 ming maktab internet bilan ta’minlandi

    31.08.2024, 15:10

    ICTWEEK 2024: 5G innovatsiyalaridan 5.5G tezliklari sari

    17.09.2024, 16:30

    5.5G tarmog‘ining yuqori darajadagi tezligi va yangi yechimlar: UZTELECOM ICT Week 2024 ko‘rgazmasida nimalarni namoyish etdi

    21.09.2024, 19:30

    O‘zbekistonda 5G rivojlanish tarixi

    27.09.2024, 13:30

    Jinsiy zaiflikka qarshi superdori, G‘azo bolalariga ehson va olomon effekti haqida. Astroturfingdan ehtiyot bo‘ling!

    27.09.2024, 17:29

    Piton terisidan tufli, suvosti avtomobili va Twitter: Ilon Mask milliardlarini yana qanday ko‘ngilxushliklarga sarflaydi?

    04.10.2024, 18:16

    Telegram Qozog‘istonda ofis ochadi

    14.10.2024, 12:27

    Prezident o‘zbek tili bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi

    21.10.2024, 16:45

    Neymar faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirishi mumkin

    26.11.2024, 09:04

    Ronaldu yana gol urdi va rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda

    26.11.2024, 09:26

    O‘zbekistondagi bir guruh fuqarolar xorijdagi xalqaro terrorchilik tashkiloti safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani aniqlandi 

    27.11.2024, 09:55

    O‘zbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targ‘ib qilgan saytlar bloklandi

    27.11.2024, 13:00

    O‘zbekistonda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga nuroniylar jalb etiladi

    27.11.2024, 14:39

    Internetda xaridlar va obunalar uchun xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish: Octobank virtual kartasi nima uchun kerak

    28.11.2024, 13:30

    AQSHda Microsoft kompaniyasiga qarshi yirik tergov boshlandi 

    28.11.2024, 15:29

    Prezident masʼullarga ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning bandligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi

    28.11.2024, 17:15

    Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda

    01.12.2024, 12:00

    Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov Nukusda IIBga olib ketildi

    01.12.2024, 22:24

    Modrichning “Real”dagi kelajagi haqida tafsilotlar ma’lum bo‘ldi

    04.12.2024, 11:41

    “Hammaga teng raqobat bo‘lishi shart” — elektron bozor, marketpleyslar va mavjud muammolar haqida

    05.12.2024, 12:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05

    Ronaldudan penaltini tortib olgan, Kasilyas bilan mojaroda Mourinyoni qo‘llab-quvvatlagan va maydondagi “o‘ynovchi murabbiy” bo‘lgan Xabi Alonso haqida

    Futbol | 20 iyun, 22:03

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    O‘zbekistonlik olimlar qovunning yangi navlarini yaratmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:45

    Endilikda davlat xizmatchilariga oylik maoshining 30 foizgacha intizomiy jazo qo‘llaniladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:30

    O‘zbekistonlik voyaga yetmagan aka-uka xorijda qarovsiz qoldirilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 21:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.