Qamchiq dovonida 28-aprel kuni soat 15:40 larda “Vaz-2106” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, qutqaruv otryadi tomonidan maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobil xandaqdan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Chirchiq shahrida haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida Spark kanalga tushib ketgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Damas ehtiyotsizlik oqibatida Farg‘ona kanaliga tushib ketgani xabar qilingan.
Bundan tashqari, Qamchiq dovonida Honda avtomobili pastlikka tushib ketgan edi.
Izoh (0)