• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Texnologiyalar

    “Qonga bo‘yalgan kecha”. Xitoycha ChatGPT sabab AQSH fond bozori 1 trln dollar yo‘qotdi

    2025-yil 27-yanvar sanasi sun’iy idrok sohasida inqilobiy qadam tashlangani bilan tarixda qoldi. Xitoy kompaniyasi DeepSeek tomonidan taqdim etilgan yangi chatbot sabab AQSH fond bozori qizilga burkandi. Texnologik gigantlar aksiyalari 1 trillion dollarga qadrsizlandi.

    Investorlar bu voqeani 1957-yili Sovet ittifoqi birinchi bo‘lib sun’iy yo‘ldosh uchirganiga qiyoslab, sun’iy idrok uchun “Sputnik lahzasi” deb atadi. O‘shanda AQSH texnologik poygada o‘zining ashaddiy raqibidan ortda qolayotgani haqida xavotirlar paydo bo‘lgandi.     

    DeepSeek maydonga ChatGPT uchun raqobatchi sifatida chiqib, kamroq resurslar bilan o‘xshash natijalarni taqdim eta oldi. Bu AQSH sun’iy intellekt texnologiyalari bozoriga bo‘lgan ishonchni susaytirib, global texnologiya aksiyalarining qulashiga olib keldi. 

    Xususan, texnologiya sohasidagi Nasdaq Composite indeksi 3,1 foizga pasayib, uning umumiy qiymatidan 1 trillion dollar yo‘qoldi. DeepSeek tomonidan ishlab chiqilgan yangi modelning oqibatlari investorlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. 

    Sun’iy intellekt modellarini yaratishda qo‘llaniladigan kompyuter chiplarining yetakchi ishlab chiqaruvchisi Nvidia aksiyalari qariyb 17% ga pasayib, 600 milliard dollar yo‘qotdi. Google kompaniyasi bo‘ysunuvchi Alphabet 100 milliard, Microsoft esa 7 milliard zarar ko‘rdi. 

    DeepSeek AQSH va Buyuk Britaniyada Apple ilovalar do‘konining eng yuqori o‘rniga ko‘tarilib, OpenAI’ning ChatGPT ilovasini ortda qoldirdi. 

    AQSH prezidenti Donald Tramp DeepSeek’ning muvaffaqiyatini AQSH texnologiya sanoati uchun ogohlantirish deb atadi. U Xitoy kompaniyasi “tezkor va arzonroq AI usulini” yaratgani haqida gapirib, buni “qimmatli ustunlik” sifatida baholadi. 

    DeepSeek AQSH sun’iy idrok bozorini ostin-ustun qilib yubordi
    Foto: Getty Images

    DeepSeekning asosiy yutug‘i sun’iy intellekt modellarini kam resurslar bilan yaratishga erishganidir. Kompaniya Nvidia’ning AQSH tomonidan Xitoy bozoriga kiritilgan cheklovlar sabab salohiyati kamaytirilgan H800 chiplaridan foydalanib, o‘z algoritmlarini ishlab chiqdi. Bu esa AQSh kompaniyalari ustida ishlayotgan ko‘p milliardlik sun’iy idrok loyihalarining samarasini shubha ostiga qo‘ydi. 

    DeepSeek: arzon va qulay  

    DeepSeek Xitoyning Xanchjou shahrida joylashgan tadqiqot kompaniyasi hisoblanadi. U tijorat mahsulotlarini ishlab chiqarmaydi. DeepSeek yordamchi dasturi va dasturiy ta’minoti bepul yuklab olish uchun ochiq. Kompaniyaning asoschisi Liang Venfeng bo‘lib, o‘z ishini 2021-yili Nvidia chiplarini sotib olishdan boshlagan. 

    DeepSeek asoschisi Liang Venfeng
    Foto: Businessday NG

    Liangning fikricha, sun’iy intellekt “barcha uchun qulay va arzon bo‘lishi kerak”. U AQSH va Xitoy o‘rtasidagi SI texnologiyalari farqi bir-ikki yilni tashkil etishini ta’kidlagan. 

    Tahlilchilar xavotiri va SI bozorining baholashlari

    Goldman Sachs investitsiya banki SI sohasidagi haddan tashqari sarf-xarajatlar haqida ogohlantirgan edi. DeepSeek’ning yutug‘i bu xavotirlarni kuchaytirib, AQSh texnologiya sektoridagi baholarni pasaytirishi mumkin. 

    DeepSeekning R1 modeli 5,6 million dollarga ishlab chiqilgani aytiladi, bu esa AQSH modellarining narxidan ancha past. Ekspertlarga ko‘ra, Xitoy startapi amerikalik raqiblaridan ancha arzon. Boisi AQSHda shu kabi modellarni tayyorlash uchun 100 million dollardan 1 milliardgacha sarflanadi.

    Sun’iy intellektning kelajagi haqida 

    DeepSeek’ning muvaffaqiyati kichik resurslar bilan innovatsiyalar yaratish mumkinligini isbotladi. Bu, shuningdek, sun’iy intellektni ommalashtirish va ilm-fan hamda xususiy sektor uchun yangi imkoniyatlar yaratish yo‘lida muhim qadamdir.    

    O‘zining ochiq manbali yondashuvi bilan DeepSeek AI texnologiyalarining rivojlanishi va ommaviy foydalanish sohasiga katta ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

    28 yanvar, 11:10   Izoh (0)   42398
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #DeepSeek#ChatGPT#sun'iy idrok#sun'iy intelekt

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55

    Melaniya Tramp Baydenning o‘g‘lini sudga berishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.