UZTELECOM yangi UZTELECOM CLOUD xizmatini taqdim etdi. Endi bir necha marta “bosish” orqali virtual serverlar, xotira, platformalar va klasterlarni osonlik bilan olishingiz mumkin.
UZTELECOM qulay va ko‘p funksiyali bulut texnologiyalar platformasi – UZTELECOM CLOUD xizmatlarini taklif etadi.
Bulutli texnologiyalar xizmatlari masofadan ishlashni tashkil qilish va biznesingizdagi ko‘plab vazifalarni qulay hal qilishda yordam beradi. Bulutli texnologiyalar – bu Internet orqali resurslardan foydalanish imkonini beruvchi kuchli serverlar tarmog‘i. Uning yordamida katta ma’lumotlarni tahlil qilish, maxfiy ma’lumotlarni xavfsiz saqlash, virtual stansiyalarni tashkil qilish, jamoalar bilan birgalikda loyihalar ustida ishlash yoki hisob-kitoblarni tez amalga oshirish mumkin.
UZTELECOM CLOUD – bu katta loyihalar uchun ishonchli bulutli texnologiyalar platformasi bo‘lib, unda barcha kerakli yechimlar jamlangan:
- Oddiy va qulay interfeys, yagona monitoring tizimi va Pay as you GO usulidagi to‘lov;
Virtual serverlar – moslashuvchan sozlamalar, turli operatsion tizimlar tanlovi va xatolarga yuqori darajadagi chidamlilik; - S3 obyekt xotirasi – xavfsiz, hujjat almashish uchun oddiy va qo‘shimcha xarajatlarsiz;
Managed Kubernetes – konteynerli ilovalar va yuqori yuklamali loyihalar uchun CI/CD tizimi; - Ilovalar platformasi – Github, Gitlab, Docker bilan ishlash, qulay boshqaruv va moslashuvchan kengaytirish;
- Tez joylashtirish va doimiy yangilanishlarga ega keng xizmatlar marketpleysi.
Bulutli texnologiyalar yordamida foydalanuvchilar qo‘shimcha jihozlar sotib olmasdan xotirani osongina kengaytirishi, ma’lumotlarning ishonchli zaxira nusxasini ta’minlashi va nosozliklar yuzaga kelganda tez tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Foydalanuvchilar dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 kirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu masofaviy xodimlarning ishini osonlashtiradi va ishning tezkorligini oshiradi.
UZTELECOM CLOUD xizmati yordamida siz ilg‘or bulutli texnologiyalar bilan g‘oyalarni yaratish, sinovdan o‘tkazish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Virtual serverlarni ishga tushirish, ilovalarni joylashtirish va Kubernetes’ni boshqarishni oddiy, tez va xavfsiz qiladi.
Sinab ko‘rishga tayyormisiz? cloud.uztelecom.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting, bepul sinov muddatini faollashtiring va bugundan bulutli xizmatlardan foydalanishni boshlang!
Hoziroq ulaning va shaxsiy kabinetingizdagi sovg‘angizni oling!
Dam olish kunlarisiz qo‘llab-quvvatlash – jamoamiz har doim 1155 raqami orqali aloqada.
UZTELECOM – doimo Sizga yaqin bo‘lgan operator!
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)