• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12668.14
    • RUB161.15
    • EUR14640.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Road24 mi yoki Safe Road? Nega ishlab turgan ilovadan voz kechildi?

    Bugun ijtimoiy tarmoqlarda aynan shu mazmundagi savollar ko‘p va xo‘p yangradi. Har kim o‘zicha talqin qildi. Kimdir “u” desa, boshqa birov “bu sabab” dedi. Xullas, talqin turlicha, biroq masʼullar buni “fuqarolarga yanada qulaylik yaratish”, deb nomladi.

    Gap nimada?

    Aslida hammasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti, Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshevning bayonotidan boshlandi.

    Foto: Zoyir Yo‘ldoshov

    U Telegram kanalida rasmiy xabar eʼlon qilar ekan, ayni kunga qadar binoyidek ishlab turgan ilovada maʼlumotlar ulashish to‘xtatilganini yozdi. “Shu bois qo‘l telefoningizdagi ‘Ap Store’ yoki ‘Play market’ orqali davlat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ‘Safe Road YHXX’ ilovasini yuklab, ro‘yxatdan o‘tib olishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz”, dedi.

    Zoyir Yo‘ldoshev.
    Foto: Instagram

    Demak rasmiy chiqishdan maʼlum bo‘ladiki, davlat Yo‘l harakati xavfsizligi ayni kunga qadar haydovchilarga asosan jarimalar haqida maʼlumot beruvchi Road24’dan voz kechdi va o‘zimizniki deyilayotgan Safe Road’ni tavsiya qilmoqda.

    Buni jamoatchilik qanday kutib oldi?

    “Bu yangi hokim kelib hamma o‘rgangan bozorni buzishiga o‘xshaydi” — Otabek Bakirov

    Otabek Bakirov
    Foto: “Daryo”

    Iqtisodchi bloger Otabek Bakirov bu o‘zgarishni hududga kelgan yangi hokimning hamma o‘rgangan bozorni buzishiga o‘xshatdi.

    Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan Safe Road ilovasi tavsiya va targ‘ib qilinmoqda. Hamma o‘rgangan Road24 endi ishlamasmish. Road24 va YHXX o‘rtasidagi yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar to‘g‘risida maʼlumot almashinuvi batamom to‘xtalipti. Bu xuddi yangi va quling o‘rgulsin zamonda hokimlar tayinlanishi bilan tadbirkor-u, aholi o‘rgangan eski bozorni buzdirib, yangisini qurdirish va yoqadimi, yo‘qmi, ixtiyoran-majburan ko‘chirishga o‘xshaydi, deydi bloger.

    Jurnalist Muhrim Aʼzamxo‘jayev ushbu holatga eʼtibor qaratar ekan YHXXdagi davlat xizmatchilarini yo‘q joydan muammo yasaydiganlar deb atadi.

    Muhrim Aʼzamxo‘jayev
    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash uchun qilinishi kerak bo‘lgan minglarcha ish bor. Xususan, axborot yetkazish masalasida ham. Masalan, yo‘l-transport hodisalari haqidagi axborotni ochiq va muntazam beradigan mobil dastur qilsa bo‘lardi — uning maʼlumotlari asosida jamoatchilik YHXXning o‘ziga “YTH o‘choqlari”ni yo‘qotish bo‘yicha yordam berishi mumkin edi. Yoki, undan ham osonroq ish bor — qayerda qanday kamera, qanday radar turibdi, u qanday qoidabuzarliklarni qayd etadi — shuni muntazam, onlayn vaqt rejimida yangilanadigan reyestr qilib qo‘yish mumkin. Juda oson ish. YHXX shu ishni qilsa, antiradarga ham hojat qolmaydi: “Yandeks.Xarita”ga o‘xshash xizmatlar o‘sha reyestr asosida o‘z xaritalarini doimiy yangilab, YHXXning elektoratiga katta yordam qiladi. Lekin — yo‘q. YHXXdagi ayrim davlat xizmatchilari yo‘q joydan muammo yasaydi: binoyidek ishlab turgan, xalq o‘rgangan, qaysidir maʼnoda haydovchilarning og‘irini yengil qilayotgan mobil dastur (Road24) o‘rniga “o‘zining” (chalajon) mobil dasturi (SafeRoad)ni ishlab chiqadi”, deb yozadi jurnalist.

    Jurnalist va bloger Qobil Xidirov mazkur masalaga haqida yozar ekan “kadrlar almashdi, ilovalar almashmoqda. Maʼnosi nedur?”, deydi.

    Foto: Skrinshot

    Bloger Shuhrat Qurbonov mazkur o‘zgarish haqida yozar ekan “ChatGPT bizda chiqqanida: 15-apreldan ChatGPT ishlamaydi va tarmoqdan uziladi uning o‘rniga ChatGRT New Original ilovasini o‘rnating”, deya sarkazm qilgan.

    Foto: Skrinshot

    Masʼullar harakatini qanday izohladi?

    Xabar.uz jurnalisti Elbek Boymurodov Telegram’dagi guruhlarning birida “ishlab turgan ilova nega boshqasiga almashtiriladi? Biror arzirli sabab bormi?”, deya savol qoldirgach, Yo‘l harakati xavfsizligi axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev bundan ko‘zlangan maqsad “fuqarolarga yanada qulaylik yaratish” ekanini aytdi.

    Ilovaga kirgan odam YHXXning ko‘plab xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Faqat jarima to‘lash emas, davlat raqam belgilariga buyurtma berish, davlat raqam belgilarini saqlash, maʼmuriy jarimadan shikoyat bildirish, jarimani bo‘lib to‘lash singari ko‘plab qulayliklarni o‘z ichiga olgan. Kelgusida aynan ushbu ilova orqali yanada ko‘proq xizmatlarni ko‘rsatish nazarda tutilgan, dedi u.

    Ilovalar kimga tegishli?

    Qiziquvchan Telegram kanallaridan biri eski va yangi ilovalar kimga tegishli ekanini surishtirgan.

    Road24 ilovasining ommaviy oferta bo‘limida uning ishlab chiqaruvchisi Kash App MCHJ ekani ko‘rsatilgan. Korxona 2016-yil 17-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ustav fondi — 165,4 mln so‘m. Rahbar sifatida Fatkulina Liniza Xalilovna ko‘rsatilgan. Firmaning 90 foiz ulushiga Hasanova Naima Muhammadjonovna, qolgan 10 foiz ulushiga esa Fatkulina Liniza Xalilovna egalik qiladi. Safe Road ilovasining ommaviy oferta bo‘limi ishlamayapti. Shunday bo‘lsa-da, App Store’da AUTODOC MCHJ nomidan ilova taqdim etilgan. Ushbu korxona 2022-yil 27-iyun kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Ustav fondi — 500 ming so‘m. Rahbar sifatida Sodiqov Sayyodbek Siddiqjon o‘g‘li ko‘rsatilgan. Firmaning 100 foiz ulushi Karimov Bilol Bahodir o‘g‘liga tegishli. Shuningdek, u ORIENT IT MCHJga ham 100 foiz ulush bilan taʼsischisidir, deyiladi bu haqdagi maʼlumotda.

    Kanal admini ORIENT IT MCHJ 2022-yil noyabrda Ichki ishlar vazirligi Markaziy gospitali o‘tkazgan 1,1 mlrd so‘mlik tender g‘olib bo‘lganini ochiqlagan.

    Voz kechilayotgan ilova tashabbuskorlari Road24 uzluksiz ishlayotganini aytmoqda

    Road24 ilovasi masʼullari “Daryo” jurnalisti bilan muloqot qilar ekan ilova uzluksiz ishlayotganini, ular haqidagi xabarlar asossiz ekanini maʼlum qildi.

    Bu gaplar yolg‘on va feyk xabarlar hisoblanadi. Iltimos, bu turdagi xabarlarga ishonmang. O‘ylashimizcha barcha xabarlar yangi ilovaga odamlarni jalb qilish uchun bo‘lsa kerak, deydi Road24 ilovasi tashabbuskorlari.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    14 aprel, 19:11   Izoh (0)   12021
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #ilova#jarima#YPX#Road24

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisasini YPX inspektorisiz rasmiylashtirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda

    06.10.2020, 23:59

    Surxondaryoda “To‘xtash taqiqlanadi” belgisi ostida qoldirilgan IIBga qarashli Lacetti hamda Captiva’ga jarima belgilandi (video)

    26.11.2020, 10:29

    Rossiyada fuqaro Zelenskiy haqidagi tushini aytib bergani uchun armiyani “obro‘sizlantirish” moddasi bilan jarimaga tortildi

    12.12.2022, 14:51

    “Soliq hamkor” orqali noqonuniy sigaretalar savdosi bo‘yicha xabar berish mumkinmi?

    03.04.2023, 15:00

    “Elektr energiyasi bozori tashkil etilib, savdolar onlayn amalga oshiriladi” — Sherzod Xo‘jayev

    10.07.2024, 22:35

    “Daryo” dayjesti: 17-iyulning eng muhim xabarlari

    17.07.2024, 23:30

    Telegram qaysi davlatlarda va nima sababdan taqiqlangan? 

    29.08.2024, 17:21

    Yevrokomissiya Temu onlayn do‘konini jarimaga tortishi mumkin  

    31.10.2024, 23:02

    O‘zbekistonda aksariyat kishilar sovg‘a berishni korrupsiya emas, minnatdorlik deb biladi — tadqiqot

    12.12.2024, 12:35

    Partiya rahbarining “kosa oqarmasligi” haqidagi fikrlarini yoqlab yozilgan post muhokamalarni kuchaytirdi

    31 yanvar, 19:42

    InfinBANKdan moliyaviy kalit

    17 fevral, 19:30

    Klip olish vaqtida “Gelik” tagida qolib, nogiron bo‘lgan aktrisa: qonunchilik bu borada nima deydi?

    15 mart, 21:01

    Turli sabablarga ko‘ra muxlislariga yolg‘on gapirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    4 aprel, 18:45

    Yo‘l harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholashga oid qaror loyihasi eʼlon qilindi. Asosiy tafsilotlar 

    21 mart, 14:25

    “AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat beraman” — elchi

    3 aprel, 14:13

    O‘zbekiston to‘lov tizimlaridagi pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi  

    4 aprel, 09:20

    AQSH vizasini olmoqchi bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi

    4 aprel, 10:39

    Sammitda nutq so‘zlagan prezident, avtohalokatda ikkiga bo‘linib ketgan Damas, pul o‘tkazmalari ustidan kuchaytiriladigan nazorat: 4-aprelning eng muhim xabarlari

    4 aprel, 23:26

    Zelenskiy “terrorchi davlat” qurishda ayblanmoqda 

    7 aprel, 23:15

    AQSHda 14 yoshli bola yurak xastaliklarini bir necha soniya ichida aniqlaydigan ilovani ishlab chiqdi

    8 aprel, 18:45

    Foto: “Chorsu” bozoridagi do‘konlardan birida chiqqan yong‘in oqibati

    8 aprel, 13:54

    Bandlik vazirligining Andijon shahar bo‘limi mas’uli ishxonasida psixotrop modda iste’mol qilgani aytilmoqda (foto)

    9 aprel, 14:28

    O‘zbekistonda piyodalar yo‘laklaridan harakatlangan haydovchilar javobgarlikka tortiladi 

    11 aprel, 11:10

    Samsung quvvat olmasdan 200 kungacha ishlay oladigan displey taqdim etdi

    12 aprel, 11:15

    Tramp 1 million migrantni deportatsiya qilishni rejalashtirdi

    14 aprel, 14:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi

     

    Tavsiya etamiz

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kim qon donori bo‘lishi mumkin? Donorlik va uning foydasi haqida to‘liq qo‘llanma

    Layfstayl | 18 iyun, 20:55

    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi

    Reklama | 18 iyun, 19:30

    ABC: AQSH harbiy-dengiz kuchlarining kamida ikkita esminetsi Isroilni himoya qilishda ishtirok etmoqda

    Dunyo | 18 iyun, 20:50

    Andijonda yigit Instagramʼdagi izohi uchun 6 sutkaga qamaldi (video)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 20:40

    “Isroil Trampni mojaroga tortmoqchi” — Avstriyaning sobiq tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 18 iyun, 20:30

    BTS guruhi xonandalarining harbiy xizmatdan qaytishi Janubiy Koreya iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltirishi mumkin

    Musiqa | 18 iyun, 20:20

    Prezident Kumushkondagi mehmon uylarini ko‘zdan kechirdi (foto)

    O‘zbekiston | 18 iyun, 20:10

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    Dunyo | 18 iyun, 20:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.