Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bo‘lib o‘tgan malaka sinovlari jarayonlarida fuqarolardan biri ekranda test yechayotgani, ammo u test jarayonlaridan tashqariga chiqqani haqida videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati izoh berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu borada “hech qanday sir-sanoatli narsa yo‘q”.
“Bu oddiy bir texnik hodisa edi. Tarmoqlardagi videoda ham eʼtibor berilsa, barcha qotib turibdi. Yaʼni, texnik nosozlik bo‘lib, nomzod o‘tirganda qotib qolgan va u nomzod chiqqanida ham qotib turgan bo‘lgan”, deydi vazirlik masʼul xodimi.
Vazirlik tomonidan ulashilgan videoda savollarga sabab bo‘lgan nomzodning test topshirish jarayoni ko‘rsatib berilgan.
Natijalarga ko‘ra, ushbu nomzod 52 ball bo‘lib, testdan o‘tmagan.
“Bu yerda hech qanday o‘yinlar bo‘lmagan. Tarmoqlardagi xabarlar asosiz”, deya qo‘shimcha qilgan vazirlik masʼuli.
Izoh (0)