O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oguljahon Gurbanguliyevna bilan birga Samarqandning diqqatga sazovor joylari — Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi va afsonaviy Registon maydonini ziyorat qildi.

Taʼkidlanishicha, qadimiy hunarmandchilik an‘analari asrab-avaylab kelinayotgan Konigil turizm qishlog‘i chuqur taassurot qoldirgan.

“Samarqand nafaqat O‘zbekistonning durdonasi, balki butun mintaqaning muhim madaniy markazi bo‘lib, bu yerda Markaziy Osiyo xalqlarining tarixi, san‘ati va ma‘naviy merosi o‘zaro uyg‘undir.

Aziz mehmonimiz bilan bu bebaho boylikni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish nihoyatda muhim ekanini ta‘kidladik”, deb yozadi O‘zbekiston prezidenti yordamchisi.




Izoh (0)