Daryo

O‘zbekistonlik hamshiralar AQSHga ishlash uchun yuboriladi

2030-yilgacha AQSHda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud

1 daqiqa o‘qish6 675 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik hamshiralar AQSHga ishlash uchun yuboriladi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligi.

Foto: Migratsiya agentligi

Bu haqda Migratsiya agentligi direktor o‘rinbosari Azimjon Husanov va “New Future Succyess Academy” xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev o‘rtasidagi uchrashuvda ma’lum qilingan.

Unda, Amerika standartlari bo‘yicha hamshiralarni test sinovlariga tayyorlash markazini mamlakat hududida ochish va imtihon markazini tashkil qilish, (MDH va qo‘shni davlatlarda yagona markaz bo‘ladi) muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni AQSHda bandligini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

2030-yilgacha AQSHda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud. Oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi. Uchrashuv yakunida, “New Future Succyess Academy” kompaniyasi va Migratsiya agentligi o‘rtasida tibbiyot sohasida nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi.

Xorijdan ishga takliflar:

Bundan avval Litva korxonalari bilan 200 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishilgandi. Shuningdek, o‘zbekistonliklar Yaponiyaga logistika, aeroport xizmati va yuk tashish yo‘nalishlarida ishga yuborilishi aytilgandi. 

O‘zbekistonda 2018—2023-yillarda aholi daromadining 16 foizi migrantlar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Chet ellarda ishlayotgan yurtdoshlar har yili O‘zbekistonga o‘n ikki-o‘n besh milliard dollar jo‘natadi. 

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar