“B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega o‘zbekistonliklar Slovakiya avtomobil zavodlarida kara haydovchilikka (pogruzchik) ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligining Telegram’dagi “Xorijda ish” e’lonlar kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18—45 yoshdagi erkaklar uchun 100 ta ish o‘rinlari taklif qilinmoqda. Oylik 950 yevro (14 mln so‘m atrofida) bo‘lib, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.
Ish haftasiga 5 kun, 3 smenada olib boriladi. Xodimga ijtimoiy himoya, tibbiy sug‘urta taqdim etiladi. Ishchi viza, ketishdan oldingi o‘quv kurslari hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.
Nomzodlar rus tilini yozma va og‘zaki bilishi, avtokarada ishlash bo‘yicha kamida 6 oylik tajribasi bo‘lishi, ikki bosqichli (nazariy va amaliy) imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishi hamda O‘zbekiston yoki Shengen hududida sudlanmagan bo‘lishi talab etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish 17-aprel soat 17:00 gacha davom etadi. Dastlabki saralashdan o‘tgan fuqarolar yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test hamda karada amaliy mashqlarni bajaradi. Ushbu yo‘nalishlardan o‘tgan taqdirda ish beruvchi tomonidan tanlab olinadi.
Batafsil ma’lumot uchun quyidagi raqamlar orqali Migatsiya agentligi bilan bog‘lanish mumkin: 1282, 71 202−33−55.
Xorijga ishga takliflar:
Aprel oyida Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya sohasida uch tomonlama memorandum imzolandi. Hamshiralar uchun AQSHda ish o‘rinlari bor. 2030-yilgacha AQSHda 1 milliondan ortiq hamshiralarga talab mavjud bo‘lib, oliy malakali hamshiralarga yiliga 44 mingta qonuniy ishchi viza ajratiladi. Tatariston “Alabuga” korxonasi O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini ishga jalb etmoqchi.
Izoh (0)