Xiaomi korporatsiyasi smartfonlar va ular bilan bog‘langan aqlli qurilmalar asosidagi Internet buyumlari platformasiga tayanadigan iste’mol elektronikasi va aqlli qurilmalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya tomonidan Redmi A5 modeli taqdim etildi.
U keng imkoniyatlarga ega zamonaviy funksiyalarni o‘z ichiga olgan holda, ularni keng omma uchun yanada qulay va foydali qiladi. Yangi dizayn, kuchliroq kamera va katta displey bilan jihozlangan Redmi A5 – odatdagi qurilmasidan ham amaliylik, ham estetikani talab qiladiganlar uchun ishlab chiqilgan nozik smartfondir.
Redmi A5 o‘zining yangi zamonaviy dizayni bilan diqqatni tortadi. U mukammal tekis ramka va kamera uchun yangilangan metall bezakka ega. Smartfon bir necha nafis rang variantlarida taqdim etiladi, har biri o‘zgacha uslubni namoyon etadi: Tun yog‘dusi¹ (Midnight Black) va Qumtosh tilla¹ (Sand Gold) – dog‘ tushmaydigan mato yuzasi bilan sevimli klassik ko‘rinishda, yashil¹ va ko‘k¹ ranglar tabiatdan ilhomlanib, suv yuzasidagi mavjlar kabi bezaklarga ega. Faqat 8,26 mm² qalinlikdagi yon tomoni bilan Redmi A5 ham vizual jozibadorlik, ham qulay ushlash imkonini birlashtiradi.
Ramkasi ingichka va nozik bo‘lishiga qaramasdan, Redmi A5 6,88 dyuymli katta displey bilan ta’minlangan bo‘lib, 120 Gts³gacha yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi – bu esa videotomosha, ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirish va kitob o‘qishni yanada jozibador qiladi. Hatto qo‘llar nam bo‘lgan holatda ham wet touch texnologiyasi tufayli ekran sezgirligi saqlanadi. Ko‘zni himoya qiluvchi TÜV Rheinland sertifikatiga ega ekanligi va DC dimming yorug‘likni soflashtirish funksiyasi tufayli uzoq vaqt ekrandan foydalanish osonlashadi.
Bundan tashqari, Redmi A5 sun’iy intellekt yordamidagi 32 MPli ikkita kamera moduli bilan tasvir sifatida sezilarli yaxshilanishni amalga oshirdi. Yangi, kattaroq sensor orqali u oldingi avlodga nisbatan 18% ko‘proq yorug‘lik qabul qiladi⁴ – bu esa tungi suratlarda aniqlik va ravshanlikni yanada oshiradi. Hatto yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham, kamera suratlarni ravshan va jonli tarzda qayd etadi. Old panelda 8 MP selfie kamerasi tabiiy va detallarga boy portretlar suratga oladi. Shuningdek, displey orqali yaratiladigan yorug‘lik halqasi tufayli, hatto kam yorug‘likda ham yorqin selfi suratga olish mumkin. Bu imkoniyatlar tufayli Redmi A5 har qanday vaziyatda xotiralarga boy suratlar olishni yengillashtiradi.
Kameradagi yutuqlardan tashqari, Redmi A5 har kuni faol hayot tarzi olib boruvchilar uchun ishlab chiqilgan. UNISOC T7250 sakkiz yadroli protsessori va 8 GB gacha kengaytiriluvchi OZU⁵ tufayli u bir vaqtning o‘zida bir necha vazifani bemalol bajaradi. Barqaror ishlash bilan birga, u batareya samaradorligini ham yo‘qotmaydi: 5200 mA/soat⁶ akkumulator bilan bir zaryadda 20 soatdan ortiq video tomosha qilish⁷ va 9 soatdan ziyod o‘yin o‘ynash⁷ imkonini beradi.
Qulaylikni yanada oshirish maqsadida Redmi A5 yuqori xavfsizlikni ta’minlovchi yon tomonga joylashtirilgan barmoq izi skaneri va yuzni tanib olish orqali qurilmani qulfdan chiqarishni ham taklif qiladi. Shuningdek, 3,5 mm quloqchin ulagichi orqali sifatli ovozdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Narxlar va sotuvlar
Redmi A5 qora¹, oltin¹, yashil¹ va ko‘k¹ ranglarda, bir necha operativ xotira va saqlash konfiguratsiyasida taqdim etiladi:
- Redmi A5 3 GB + 64 GB – 36 990 tengedan boshlab.
- Redmi A5 4 GB + 128 GB – 44 990 tengedan boshlab.
Smartfonni rasmiy savdo kanallari: mi.com rasmiy sayti, Xiaomi Store, va kaspi.kz'dagi Authorized Xiaomi Store orqali xarid qilish mumkin.
Izohlar
¹ Ranglar hududga qarab farq qilishi mumkin.
² Haqiqiy o‘lchamlar mahsulotga bog‘liq holda farq qilishi mumkin.
³ Yangilanish chastotasi faqatgina muvofiq ilovalarda 120 Gtsgacha qo‘llab-quvvatlanadi.
⁴ Ma’lumotlar Xiaomi'ning ichki laboratoriyalarida olingan, Redmi A3 bilan solishtirilgan.
⁵ 8 GB operativ xotira 4 GB OZU bazasida kengaytirilgan. Buning uchun qurilmada yetarlicha ROM bo‘lishi talab qilinadi. Funksiyani qo‘lda yoqish kerak.
⁶ Batareya sig‘imi tipik qiymat bo‘lib, haqiqiy natijalar farq qilishi mumkin.
⁷ Video va o‘yindagi avtonomlik ma’lumotlari Xiaomi'ning ichki sinovlariga asoslangan.
_______________________________________
Xiaomi haqida
Xiaomi 2010-yil aprelida tashkil topgan va 2018-yil 9-iyulda Gonkong fond birjasining asosiy segmentida ro‘yxatdan o‘tgan (1810.HK). Kompaniya smartfonlar va ular bilan bog‘langan aqlli qurilmalarga asoslangan iste’mol elektronikasi va IoT platformasiga ixtisoslashgan.
«Foydalanuvchilar bilan do‘st tutinish va ularning qalbidagi eng zo‘r kompaniyaga aylanish» shiori bilan Xiaomi doimo innovatsiya, yuqori sifatli foydalanuvchi tajribasi va samaradorlikka intiladi. Kompaniya barcha uchun yangi texnologiyalar asosida munosib narxlarda ajoyib mahsulotlar yaratishga intiladi.
2024-yil dekabr holatiga ko‘ra, Xiaomi smartfon va planshetlari bilan jahon bo‘ylab oylik faol foydalanuvchilar soni 702,3 millionni tashkil etdi. AIoT platformasiga 904,6 milliondan ortiq aqlli qurilma (smartfon, noutbuk va planshetlardan tashqari) ulangan. 2023-yil oktyabrda Xiaomi o‘z strategiyasini “Inson × Avtomobil × Uy” aqlli ekotizimiga aylantirdi. Kompaniya inson markazidagi yondashuvni asos qilib, barcha sohalarda kompleks va mukammal tajriba yaratishga intiladi. Xiaomi mahsulotlari 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalarda taqdim etilgan. 2024-yil avgustda kompaniya oltinchi bor Fortune Global 500 ro‘yxatiga kiritildi.
Xiaomi – Hang Seng, Hang Seng China Enterprises, Hang Seng TECH va Hang Seng China 50 indekslarining a’zosi hisoblanadi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)