• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ta’lim inspeksiyasi malaka testida qatnashgan rus tili o‘qituvchilari e’tiroziga munosabat bildirdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarning rus tili fani o‘qituvchilari attestatsiyasi malaka (test) sinovlari yuzasidan norozilik bildirib, bir necha murojaat yo‘llagani tarqaldi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi mazkur holatga munosabat bildirdi.

    Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

    Foto: Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

    Ma’lum qilinishicha, ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida C1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega rus tili fani o‘qituvchilariga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘qituvchilarga attestatsiyasining malaka test sinovlariga jalb qilmasdan eng yuqori ball berish tartibi joriy qilingan. Bundan tashqari, rossiyalik malakali mutaxassislar tashrif buyurib, rus tili o‘qituvchilari malakasini oshirishga ko‘maklashgan.

    Xususan, ta’lim tili rus tili bo‘lmagan umumta’lim muassasalar (sinflar)da faoliyat yuritayotgan kamida C1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega 3,6 ming nafar rus tili fani o‘qituvchilariga 2022-yilning birinchi yarmida o‘tkazilayotgan malaka (test) sinovlariga jalb qilinmasdan eng yuqori ball berilgan. Sertifikatini attestatsiya hujjat topshirish yakunlanganidan keyin olgan pedagoglarda esa 2022-yilning ikkinchi yarmida attestatsiyada ishtirok etmasdan toifa olish imkoniyati mavjud.

    2022-yilda ta’lim tili rus tili bo‘lmagan maktab o‘qituvchilari uchun o‘tkazilayotgan malaka (test) sinovlarida ushbu sertifikatni ola olmagan yoki hali olishga ulgurmagan 9 391 nafar o‘qituvchi jalb qilingan. Test sinovlari natijasiga ko‘ra respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 40 ballni (80 ballga nisbatan) tashkil etgan.

    C1 darajadagi xalqaro va milliy sertifikati bor pedagoglar bilan qo‘shib hisoblanganda jami 4 786 nafar (36,84 foiz) pedagoglar toifasini oshirgan, 1 187 nafar (9,14 foiz ) pedagog toifasini saqlagan va 7 018 nafar (54,02 foiz) pedagog salbiy natija qayd etgan. C1 darajadagi xalqaro va milliy sertifikatisiz o‘qituvchilar kesimida tahlil qilinganda 2 373 nafar (25 foiz) pedagog ijobiy natija qayd etgan. Salbiy natija qayd etgan pedagoglarning 70 foizi navbatdan tashqari o‘z ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etgan bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomning 7-bandiga asosan ularga nisbatan salbiy qaror chiqarilmaydi hamda ular amaldagi toifasi bo‘yicha maosh oladi.

    Ta’kidlanishicha, har yili malaka sinovlari oldidan aprobatsiya sinovlari tashkil etiladi. Ushbu jarayonlar haqiqiy imtihon jarayonlariga yaqinlashtirilgan bo‘lib, 40 ta test topshirig‘i bir soat vaqt beriladi. Natijasi esa o‘qituvchilarni yangi mazmundagi test formati bilan tanishtirish, vaqt me’yorlarini sinovdan o‘tqazish hisoblanadi. Misol uchun, aprobatsiya jarayonida jami 40 test uchun o‘rtacha 55 daqiqa sarflashgan bo‘lsa, bu haqiqiy imtihonda 56 daqiqani tashkil etadi.

    “Ko‘pchilik pedagoglarimiz eskicha testlarga o‘rganib qolishgani attestatsiya jarayonida sezilib qoldi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan, moslashtirishni, mantiqiy qiyoslashni talab etuvchi, yangi shakldagi testlarni og‘riqli qabul qilishdi. Barcha test savollari amaldagi ta’lim dasturiga muvofiq va Davlat ta’lim standartlari talablariga mos ravishda tuzilgan. Ushbu fandan appelyatsiya jarayonida ishtirok etgan murojaatchilarga fan mutaxassisi tomonidan qayerda xato qilganini tushuntirib berildi”, — deyiladi munosabatda.

    Barcha fanlardan shu jumladan, rus tili (milliy maktablarda) fani test tuzish uchun avvalgi yillarda o‘tkazilgan malaka (test) sinovlari doirasida yuqori natija qayd etgan malaka o‘qituvchilar jalb etilgan. Ushbu ekspertlarni saralab olish, 3 bosqichli jarayon bo‘lib, birinchisi o‘z mutaxassisligini bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Keyingi bosqichda, testologiya sohasida bilim va ko‘nikmalari o‘rganiladi. Ikkala bosqichdan ijobiy o‘tgan ekspertlar suhbatdan o‘tadi. Ta’lim inspeksiyasida test tuzuvchi hamda unga taqriz yozuvchi ekspertlar alohida shakllantirilgan bo‘lib, har bir test savollariga taqriz hamda tarqatmaslik borasida kafolat xati yoziladi.

    Qayd etilishicha, hukumat qaroriga asosan 2022-yil 1-sentabrdan boshlab chet tili fani o‘qituvchilar, shu jumladan, rus tili fani o‘qituvchilari attestatsiyasi jarayonida o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini baholashni nazarda tutuvchi kasbiy sinov shaklida amalga oshiriladi. Sinovlarni yangicha tartibda o‘tkazish uchun ayni paytda ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilmoqda.

    Bunda C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega chet tili fani o‘qituvchilariga o‘quv fani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal ball berish tartibi saqlab qolinadi.

    “Ayni kunlarda attestatsiyadan o‘ta olmagan ayrim pedagoglar Telegram ijtimoiy tarmog‘ida guruh tashkil qilgan holda hamkasblari o‘rtasida yuqori turuvchi tashkilotlarga ko‘proq ariza berilsa, deputatlarga, jurnalist va blogerlar murojaat qilinsa, ijtimoiy tarmoqlarda ko‘proq e’tirozlar bildirilsa, natijalar bekor bo‘lib ball qo‘shib berilishi yoki qayta imtihon o‘tkazilishi mumkin, deya xato targ‘ibotlar olib borishmoqda. Hattoki blogerlar orqali e’tirozlarni e’lon qilish uchun pul yig‘ish takliflari ilgari surilmoqda.

    Hurmatli pedagoglar, ushbu targ‘ibotlarga ishonib, qimmatli vaqtingizni bekorga sarflamay, Ta’lim inspeksiyasiga o‘rnatilgan tartibda murojaat qilishingizni so‘rab qolamiz. Hududlarda bo‘lgan o‘qituvchilarga Zoom dasturi orqali muloqot tashkil qilish imkoniyati bor. Biz e’tirozlar bo‘yicha ustozlarni tinglashga, muloqot qilishga va testlarda yo‘l qo‘yilgan xatolarni ko‘rsatib berishga tayyor ekanligimizni ma’lum qilamiz”, — deya ta’kidlanadi munosabatda.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2021-yil maydagi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borish nazarda tutilgan.

    Bundan avval O‘zbekistonda to‘liq chet tillarida efirga uzatiladigan yangi telekanallar ishga tushirilishi, O‘zbekistonda 2022-yildan davlat idoralariga ishga qabul qilishda xorijiy tilni bilish majburiy talab qilinishi hamda Prezident matbuot kotibi O‘zbekistonda xorijiy tillar “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim – korxona” zanjiri asosida o‘rganilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgandi.

    05.04.2022, 09:06   Izoh (0)   19827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda bog‘cha tarbiyalanuvchisining kaltaklangani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

    05.04.2022, 08:47

    Sankt-Peterburgda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ona-bola vatanga qaytarildi

    05.04.2022, 07:51

    Iroda Qo‘chqorova Namangan viloyati hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi

    05.04.2022, 07:24

    O‘zbekistonga oziq-ovqat importida eng yuqori ulushga ega davlat ma’lum qilindi

    05.04.2022, 07:11

    Buchadagi ayol faryodi, hayvonlar huquqi uchun miting, kanalga tushib ketgan Lacetti. 4-aprel suratlari

    05.04.2022, 00:37

    O‘zbekiston yo‘llarida: Qamchiqda yuk avtomobili ag‘darildi, Andijonda “ZIL” va Damas to‘qnashdi

    05.04.2022, 00:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiyada 8-qavatdan tushib ketgan sayyoh o‘lib, so‘ngra tirildi

    Dunyo | 22 iyun, 23:50

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Yuventus” Marokash klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (video)

    Sport | 22 iyun, 23:24

    Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi (video)

    Dunyo | 22 iyun, 23:05

    Suriyadagi cherkovda xudkush terrorchi o‘zini portlatdi (video, foto)

    Dunyo | 22 iyun, 22:39

    Superliga. “Paxtakor” “Qo‘qon-1912”ni, “Sho‘rtan” “Surxon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 22 iyun, 22:33

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.