Niderlandiya parlamenti raisi va o‘ta o‘ng Ozodlik partiyasi (PVV) a’zosi Martin Bosma Fransiya elchisi Fransua Alabryunga Belgiyani mamlakatlar o‘rtasida taqsimlashni taklif etgan. Bu haqda jurnalist Petra de Koning NRC gazetasidagi maqolasida yozmoqda.

Uning aytishicha, taklif Niderlandiya parlamentining boshqa a’zolari ishtirokidagi kechki ovqat paytida bildirilgan. Koning yig‘ilish davomida rais Niderlandiya Flandriyani qirollik tarkibida ko‘rishni xohlashini aytganini keltiradi.
“Bosmaning so‘zlariga ko‘ra, Valloniya Fransiyaga o‘tishi mumkin edi”, deya yozadi Koning.
Bnnvara telekanali ta’kidlashicha, aksariyat aholi niderland tilining flamand lahjasida so‘zlashadigan Niderlandiya va Flandriyaning birlashuvi “Buyuk Niderlandiya” g‘oyasining bir qismi hisoblanadi. Bnnvara izohiga ko‘ra, bu g‘oyani gollandiyalik o‘nglar va Belgiyaning “Flamand manfaati” partiyasining ayrim vakillari qo‘llab-quvvatlaydi, ushbu partiya uzoq yillardan beri hududning mustaqilligi uchun kurashib kelmoqda.
2021-yilda Belgiyaning Antverpen shahri meri Bart De Vever Flandriyani qirollikdan ajratib, uni Niderlandiyaga qo‘shib olish orzusi haqida so‘zlagan edi. Siyosatchi yangi kunni “yagona uyda — shimoliy va janubiy Niderlandiyada” kutib olish orzusidan hech qachon voz kechmaganini aytgan. Mer janubiy Niderlandiya deganda qirollik bilan chegaradosh bo‘lgan Flandriyani nazarda tutgan.
Hozirgacha Belgiya ushbu bayonotga hech qanday munosabat bildirmagan.
Izoh (0)