Angliyada sobiq politsiyachi mahbuslarni o‘pgani va ularga maxfiy ma’lumotlarni uzatgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Forest-Bank qamoqxonasidagi videokuzatuv kameralari Choni Kellining mahbus Josh Uilan bilan o‘pishganini qayd etganidan so‘ng, hamkasblarida shubha paydo bo‘lgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u nafaqat qamoqxonada uning oldiga tashrif buyurgan, balki Uilanning panjaralar ortida giyohvand moddalar savdosini yuritish uchun foydalangan 20 ta mobil telefon uchun ham to‘lovlarni amalga oshirgan.
Uilandan tashqari, Kelli tergov ostida bo‘lgan Rahim Mottli bilan ham munosabatda bo‘lgan. Xizmat ma’lumotlar bazalariga kirishdan foydalanib, u Mottli uchun politsiya operatsiyalari, jumladan, rejalashtirilayotgan reydlar haqida ma’lumot izlagan. Suhbatlarning birida u mahalliy aholidan kimlar politsiya bilan axborotchi sifatida hamkorlik qilayotganini aniqlashga va’da bergan.
Sudya Nil Flyuittning ta’kidlashicha, Kelli g‘arazgo‘ylik tufayli emas, balki “soddaligi va yetuk emasligi” sababli jinoyatchilarga o‘zini boshqarishga yo‘l qo‘ygan. Biroq uning xatti-harakatlari politsiyaga bo‘lgan ishonchga jiddiy zarar yetkazgan. Natijada endi britaniyalik ayol uch yil-u to‘qqiz oyni panjaralar ortida o‘tkazadi.
Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sud 14 quti tovuq tuxumini o‘g‘irlaganlikda ayblanayotgan 34 yoshli erkakka nisbatan hukm chiqargandi. Aprel oyi boshlarida Keniyada 5 ming chumolini yig‘gan belgiyalik o‘smirlar qamoqqa olingandi
Izoh (0)