• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev raisligida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-oktabr kuni mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan.

    Bugungi kunda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – dedi Prezident yig‘ilishda.

    Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta’kidlandi.

    “Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va o‘zgarishlar natijadorligi maktab ta’limiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi.

    Ma’lum qilinishicha, mamlakat ta’lim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qo‘yilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.

    Farmon loyihasida ta’limdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini ko‘rsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan.

    Jumladan, jamiyatda muallimning obro‘-e’tibori va maqomini ko‘tarish, o‘quv dasturlari va metodikasini to‘liq qayta ko‘rib chiqish, maktabni ta’limning keyingi bosqichlari bilan uzviy bog‘lash, o‘qituvchilarni ortiqcha qog‘ozbozlikdan xalos etib, o‘z ustida ko‘proq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni rag‘batlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi ma’naviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda mavjud binolar o‘rnida maktablar tashkil etish orqali o‘quvchilar o‘rnini ko‘paytirish taklif etilmoqda

    Joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va e’tiborini tubdan o‘zgartirish, ularning mas’uliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Videoselektor yig‘ilishida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, ta’lim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi.

    Davlat rahbari avvalo maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi.

    Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha dunyoda eng ilg‘orlardan biri hisoblanadi.

    “Maktabda o‘qitish metodikasi o‘zgarmasa, ta’lim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham o‘zgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Dunyodagi zamonaviy o‘quv dasturlari, o‘qitish metodikalarini o‘rganib, yurtimiz umumta’lim maktablarida joriy qilish muhimligi ta’kidlandi. Xalq ta’limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o‘quv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qo‘yildi.

    Mavzuga doir: Prezident e’tirof etgan Qorako‘ldagi xalqaro matematika maktabining navbatdagi filiali Qashqadaryoda ochilishi mumkin

    Yangi metodikani samarali yo‘lga qo‘yish uchun barcha maktab o‘qituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o‘qitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yo‘nalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari bo‘yicha chet ellardagi ilg‘or darsliklar chuqur o‘rganib chiqiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Maktablarni ta’mirlash, obodonlashtirish, isitish kabi xo‘jalik masalalariga hokimlar shaxsan mas’ul ekani eslatib o‘tildi.

    Qayd etilishicha, 2020-yildan boshlab 7-sinfdan o‘g‘il-qizlarning kasbga qiziqishlarini aniqlash va bosqichma-bosqich kasbga yo‘naltirish amaliyoti joriy qilinishi belgilandi. Hududdagi sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish korxonalari maktablarga biriktiriladi.

    Har bir maktab reytingini hamda shu asosda ta’lim sifati bo‘yicha tuman, shahar va viloyatlar reytingini ishlab chiqish zarurligi aytildi. Reyting natijalariga qarab, maktab direktorlari va o‘rinbosarlari, o‘qituvchilar, hokimlar va ularning ta’lim bo‘yicha maslahatchilari faoliyatiga baho beriladi.

    Reytingda birinchi beshlikka kirgan maktab direktorlariga mahalliy budjetdan ustama to‘lanadi. Xususan, maktab direktorlari va ularning o‘rinbosarlariga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravaridan 12 baravarigacha rag‘batlantiruvchi to‘lovlar beriladi. Shu bilan birga, xalq ta’limi bo‘limi rahbari va metodisti, maktab direktorlari, tuman reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan maktablarning 2 nafar ilg‘or o‘qituvchisiga kasaba uyushmalari hisobidan har yili sihatgohlarga ikki haftalik bepul yo‘llanma beriladi. Shuningdek, fidoyi pedagoglar boshqa yo‘llar bilan ham rag‘batlantiriladi.

    Yig‘ilishda pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Bugungi kunda pedagoglar har 5 yilda, rahbar kadrlar esa har 3 yilda malaka oshirmoqda. Lekin bu to‘la qamrov uchun yetarli emas. 2020-yilda Sirdaryo viloyatida 11 ming nafar maktab o‘qituvchilarining barchasi sinov tariqasida masofaviy malaka oshirish kurslari bilan qamrab olinmoqda.

    Kelgusi yili Buxoro, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahrida malaka oshirish bo‘yicha masofadan o‘qitish tashkil etiladi. Toshkent davlat pedagogika universiteti pedagog kadrlar malakasini oshirishda respublikada yetakchi oliygoh etib belgilanadi. Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti esa ta’lim muammolarini chuqur o‘rganadigan ilmiy-tadqiqot dargohi bo‘ladi.

    Mavzuga doir: O‘zSSV o‘qituvchilar uchun 1 mln qadoq gidroksixloroxin sotib oldi. JSST bu dorini samarasiz deb hisoblaydi, Fransiya hukumati esa undan keng foydalanishni taqiqlagan

    O‘qituvchilar toifasini belgilash tartibini ham tubdan qayta ko‘rib chiqish lozimligi ta’kidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qog‘ozbozlik hanuzgacha saqlanib qolgan.

    Shu bois mutasaddilarga toifa berish tartibini soddalashtirish, pedagoglar bilimini yil davomida baholash imkonini beruvchi 2 bosqichli tizimga o‘tish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Yana bir muammo – ta’lim sifati pastligi, moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lmagani sababli ayrim maktablar to‘liq quvvatda ishlamayapti. Masalan, Toshkent shahridagi 32 ta maktabda o‘quvchilarni qamrab olish darajasi past.

    Mamlakatda xususiy ta’lim muassasalariga keng sharoit yaratilayotgani bois kelgusi yildan eksperiment tariqasida kam quvvatda ishlayotgan maktablarni tanlov asosida salohiyatli talabgorlarga ishonchli boshqaruvga berish taklifi bildirildi.

    Maktablarda zamonaviy boshqaruvni joriy qilish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Endi maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi. Har bir nomzod maktabning ko‘rsatkichlarini kelgusi 3 yilda yuqori darajaga olib chiqish bo‘yicha o‘z dasturi bilan tanlovda ishtirok etadi va har yili kengashlar oldida hisobot beradi.

    Bundan asosiy maqsad – maktablarning samarali faoliyatini tashkil etish, direktorlar ishiga noqonuniy aralashuvlar va kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish.

    Maktablar bilim bilan birga tarbiya, ma’naviyat maskani ekani ta’kidlandi. Davlat rahbari bu ishlarga hududlarda yashab, ijod qilayotgan shoir va yozuvchilarni keng jalb qilish, maktablarning direktor jamg‘armasidan va mahalliy budjet mablag‘laridan ularga oylik maosh to‘lash lozimligini ta’kidladi.

    Oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish va qamrovni oshirish, har bir hududda kamida bittadan nodavlat oliy bilim yurti tashkil qilish muhimligi qayd etildi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

    “Bugun ko‘rib chiqilgan masalalar hammadan, maktab direktoridan boshlab Bosh vazirgacha bo‘lgan barcha bo‘g‘indagi rahbarlardan yuksak mas’uliyat va yuqori darajadagi javobgarlikni talab qiladi. Bu – yillar davomida ko‘rinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan o‘zgartirishga asos bo‘ladigan qudratli manba”, – dedi Prezident.

    Parlament vakillari, shuningdek, joylardagi mahalliy kengash deputatlaridan ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni xalqimizga yetkazib, daxldorlik hissini oshirish, farmon qabul qilingach, ijrosini nazoratga olish, o‘z tajribalari bilan amaliy yordam berish so‘raldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yig‘ilishida hokimlar, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, maktab direktorlari, pedagoglar ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga oid fikr-mulohazalarini bildirdi.

    30.10.2020, 18:34   Izoh (0)   46371
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sudda UzAuto Motors kompaniyasiga yutqazdi

    30.10.2020, 17:50

    O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihonlarida abituriyentlardan 80 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan

    30.10.2020, 17:36

    O‘zbekistonda chaqaloqlarning tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilishiga onalarning saharda ko‘cha supurib shamollashi ham sabab bo‘layotgani aytildi

    30.10.2020, 16:59

    Parkent hokimligi sisterna yorilishidan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishga va’da berdi

    30.10.2020, 16:35

    Qoraqalpog‘istonlik erkak 24 yoshli qizga uylanish uchun uni olib qochdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

    30.10.2020, 16:11

    Kattaqo‘rg‘on tumaniga vaqtinchalik hokim tayinlandi

    30.10.2020, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.