Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, malaka oshirish kursi 48 soatga mo‘ljallangan. 22-noyabrdan 9-dekabrga qadar Zoom platformasi orqali onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.
Unda tinglovchilarga test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida DTMga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (540 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)