"Uzbekinvest" EISK AJda iqtisodiyot, moliya va sug‘urta sohalariga oid masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlangan "2025-yildagi global iqtisodiy trendlar: ularning ta’siri, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun tahdidlar va yangi imkoniyatlar" mavzusida ilmiy-amaliy kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kengash tashkil etilishining asosiy maqsadi — yosh va istiqbolli mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, shu orqali mamlakatning iqtisodiyot, moliya va sug‘urta sohalaridagi tahliliy va ekspertlik salohiyatini rivojlantirishdir.
Yig‘ilish jarayonida "Uzbekinvest" EISK AJ bosh direktori Rustam Azimov so‘zga chiqib, o‘zining analitik ma’ruzasida jahon iqtisodiyotidagi muhim tendensiyalar va ularning O‘zbekistonga bo‘lgan ehtimoliy ta’sirlarini taqdim etdi.
Ma’ruzada asosiy e’tibor makroiqtisodiy va tarkibiy siyosatda, shu jumladan, yangi ustuvor fiskal, monetar, tashqi savdo va investitsion siyosati sohasidagi yetakchi global o‘yinchilarning — AQSH, Yevropa Ittifoqi va Xitoyning ustuvor trendlariga qaratilib, geoiqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvi tufayli kelib chiqadigan muammolar va ziddiyatlar, shuningdek, bu jarayonlarning O‘zbekiston iqtisodiyotining rivoji va istiqbollariga bo‘lgan ta’siriga alohida urg‘u berildi.
Kengash yig‘ilishi doirasida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Unda negativ tendensiyalarga qarshi turish va O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va ustuvor rivojlanishini ta’minlash uchun kerakli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat va moliya sohasida jadal modernizatsiyani rivojlantirish haqida fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida ilmiy-amaliy kengash yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazish, hamda ilmiy-tahliliy muhokamalarga yetakchi ekspert va mutaxassislarni jalb qilish taklifi bildirildi.
"Uzbekinvest" kompaniyasi faoliyati va sug‘urta sohasidagi muhim yangiliklar bilan xabardor bo‘lib borish uchun rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib borishingizni tavsiya etamiz.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)