Insonda pul va shon-sharaf bo‘lganda, ko‘pgina maishiy narsalar haqida o‘ylashning hojati yo‘qdek go‘yo. Quyida ana shunday har kuni oddiy odamlar duch keladigan narsalarni qilishni bilmaydigan yulduzlar haqida so‘z boradi.
Makoley Kalkin

Akter “Uyda yolg‘iz” filmi tufayli bolaligidayoq mashhur bo‘ldi. Makoley Kalkinning turmush o‘rtog‘i Brenda Songning aytishicha, mahoratli aktyorga to‘ydan keyin kir yuvishni o‘rgatishga to‘g‘ri kelgan.
“Men hayron qoldim. U mehmonxonalarda o‘sgan va kir yuvish nimaligini bilmasdi. Men esa 10 yoshimdan boshlab onamga uy ishlarida yordam berardim. Unga kir yuvishni o‘rgatishimga to‘g‘ri keldi! Bu kulgili edi”, deydi Brenda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Makoleydan uyda yordam so‘rashdan ko‘ra, mutaxassislarga pul to‘lash yaxshiroq.
Chenning Tatum
-tBfotb_Q.avif)
Bu yigit ham kir yuvishdan voz kechishni xohlardi. Bir vaqtlar u buni g‘ayrioddiy layfxak yordamida qilgan — Chenning Tatum kir yuvish o‘rniga har doim yangi narsalar sotib olishga qaror qilgan.
“Men kir yuvishdan so‘z bilan ifodalab bo‘lmas darajada nafratlanaman. Hatto “Yangi futbolka yili” degan odatim ham bor edi va o‘shanda men umuman kir yuvmaganman deb o‘ylayman. Men faqat yangi sotib olgan oq futbolkalarni kiyganman”, dedi aktyor.
Timoti Shalame
-qWwAf2g1.avif)
Timoti Shalame esa mustaqil ravishda kir yuvish mashinasi va boshqa maishiy texnikalarni ham sotib ololmagan. O‘shanda aktyor Nyu Yorkda yangi kvartiraga ko‘chib o‘tgan va polda matrasda uxlar edi.
“Atmosfera juda o‘smircha edi. Biroz tartib kerak edi. Biz bir nechta zaruriy narsalar likopcha va piyolalar, pichoqlar va sanchqilar, tozalash uchun narsalar sotib olishimizga to‘g‘ri keldi”, dedi uning hamkasbi Zendeya.
Aynan u Timotiga oyoqqa turish va barcha zarur narsalarni sotib olishga yordam berdi. Bunday do‘stlar bilan har kuni ko‘chib yurish mumkin.
Zendeya

Zendeyaning o‘zida ham maishiy muammolar bor — u ovqat pishirishni bilmaydi. 2022-yilda aktrisa hatto oshxonadagi muvaffaqiyatsiz tajribadan keyin uning qo‘liga bir nechta choklar tushgan.
“U ovqat pishirganda har safar barmog‘i yoki qo‘lini kesib olishdan bir necha millimetr uzoqda bo‘ladi”, dedi Tom Holland sevgilisi haqida.
Lekin Zendeya ham hech narsani yashirmaydi. Voqeadan keyin u o‘z obunachilariga endi hech qachon ovqat qilmasligini ochiqchasiga eʼlon qildi. Aktrisa bilan hammasi yaxshi ekanligiga qaraganda, u vaʼdasini bajargan.
Kendall Jenner

Ovqat pishirish masalasida Kendall Zendeyaning hamkasbi. Gap shundaki, model hatto bodringni to‘g‘ri kesishni bilmaydi. Bu haqda “Kardashyanlar oilasi” shousida maʼlum bo‘ldi. O‘shanda Jennerning ustidan nafaqat internetdagi barcha, balki uning singlisi Kayli ham kulib parodiya roligini joylagan.
Viktoriya Bekhem

Uy-joy bilan bog‘liq muammolar Viktoriya Bekhem haqida emas. Lekin uning muxlislari uchun ham bir hayrat bor. Model hatto oddiy soch turmaklarini qilishni bilmaydi, shuning uchun ko‘rgazmalardan tashqari har doim sochlarini tepaga to‘plab yig‘adi.
“99 foiz holatlarda men sochimni yuvib, quritib, yuqoriga to‘p qilib yig‘ib olaman. Har kuni ishda shunday yuraman, chunki soch turmagini qila olmayman!”, deb tan oladi u.
Billi Aylish
-xq-grggp.avif)
Xitlar yaratish oson. Minglab muxlislar oldida chiqish — oson. Ammo gap yozishmalar haqida ketganda Billi Aylish smartfon ortiga berkinib oladi, chunki u klaviaturadan foydalanishni bilmaydi. “Menga hech qachon yozishni o‘rgatishmagan, hozir bundan afsusdaman”, deb tan oldi u intervyuda.
Izoh (0)