• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Ekranga qaytgan Saif Ali Xon, qiziqarli syujet va debyutlar: Netflix tomonidan suratga olingan yangi hind filmlari

    Hindistondagi Next on Netflix 2025 marosimida media platforma tomonidan namoyish etiladigan yangi Bollivud filmlari bilan tanishuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Aryan Xon, Ibrohim Ali Xon va boshqa ko‘plab yosh va iste’dodli aktyorlar ishtirok etdi. Quyida joriy yilda premyerasi kutilayotgan hind filmlarining ro‘yxati va ularning qisqacha tavsifi bilan tanishtiramiz.

    “Javohirlar o‘g‘risi: hujum boshlandi” (“Jewel Thief: The Heist Begins”)

    Foto: Netflix

    Janr: Sarguzasht, Triller

    Rejissyor: Siddharth Anand

    Rollarda: Saif Ali Xon, Jaidip Ahlavot

    Syujet: Film yirik o‘g‘rilik voqeasi haqida bo‘lib, unda Saif Ali Xon va Jaydip Axlavot bosh rollarni ijro etadi. Unda qimmatbaho “alvon quyosh” nomli noyob tosh haqida so‘z boradi. Bosh qahramonlar tajribali o‘g‘rilar bo‘lib, murakkab reja asosida uni qo‘lga kiritishga harakat qiladi, ammo ularning yo‘lida kutilmagan to‘siqlar, xiyonatlar va xavfli burilishlar paydo bo‘ladi.

    “Xuddi sen kabi” (“Aap Jaisa Koi”)

    Foto: Netflix

    Janr: Romantik drama

    Rejissyor: Karan Soni

    Prodyuserlar: Karan Johar, Apoorva Mehta, Somen Mishra

    Rollarda: Fatima Sana Shaih, R. Madhavan

    Syujet: Ushbu romantik dramada ikki qarama-qarshi xarakterga ega insonlarning sevgi hikoyasi tasvirlanadi. Film bosh qahramonlari Shrirenu Tripathi (Fatima Sana Shaih) va Madhu Bose (R. Madhavan) – butunlay farq qiladigan turli dunyolardan bo‘lgan ikki inson. Ularning hayotiy qarashlari, orzulari va odatlari bir-biridan keskin ajralib turadi. Biroq taqdir ularni kutilmaganda uchrashtirib, o‘zaro yaqinlashtiradi. Film hayotiy vaziyatlar, kulgili sahnalar va samimiy tuyg‘ular orqali tomoshabinni o‘ziga tortadi.

    “Shovqin-suron” (“Dhoom Dhaam”)

    Foto: Netflix

    Janr: Romantik, jangari

    Rejissyor: Rishab Seth

    Rollarda: Yami Gautam, Pratik Gandi

    Syujet: Filmda bir-biriga o‘xshamas ikki yoshning sarguzashtli hikoyasi tasvirlanadi. Uyatchan va onasining so‘zidan chiqmaydigan yigit hamda jasur va qo‘rqmas qiz o‘zlarining to‘y kechasida kutilmaganda xavfli jinoyatchilar ta’qibi ostida qoladi. Ular butun tun davomida quvg‘in va hayajonli voqealar girdobida qolishadi. Jinoyatchilarning asosiy maqsadi sirli “Charli” ismli shaxsni topish, bu esa butun sarguzashtning kalitiga aylanadi. Qahramonlar bir-birlarini yaxshi tushunmagan holda, hayotlarini saqlab qolish va o‘zaro his-tuyg‘ularini anglab yetish uchun kurashadilar. Filmda jangari sahnalar, komedik lahzalar va romantik burilishlar uyg‘unlashgan bo‘lib, u tomoshabinlarga hayajonli va zavqli tajriba taqdim etadi.

    “Soddadil qalblar” (“Nadaaniyan”)

    Foto: Netflix

    Janr: Romantik komediya

    Rejissyor: Shona Gautam

    Rollarda: Ibrohim Ali Xon, Khushi Kapur

    Syujet: Film boy oiladan chiqqan Janubiy Dehlilik qiz va oddiy, o‘rtahol oiladan kelgan tirishqoq yigit o‘rtasidagi shirin va qiziqarli romantik voqeani tasvirlaydi. Qahramon qiz o‘zining do‘stlari oldida mukammal hayot kechirayotgani haqida taassurot qoldirish uchun yigitni “soxta qalliq” sifatida yollaydi. Biroq vaqt o‘tishi bilan o‘yinga haqiqiy his-tuyg‘ular aralasha boshlaydi.

    Film sevgining kutilmagan yo‘llar bilan kelishi, turli tabaqalar va hayot tarzi farqlari fonida insoniy munosabatlarning o‘zgarishini aks ettiradi.

    “Test”

    Foto: Netflix

    Janr: Drama, sport

    Rejissyor: S. Shashikant

    Rollarda: Siddhart, R. Madhavan, Nayantara

    Syujet: Film hayot va sport o‘rtasidagi bog‘liqlik va kurash haqida hikoya qiladi. Unda inson hayoti va uning tanlovlari kriket o‘yini bilan bog‘lanib ketgan dramatik voqealar tasvirlanadi. Qahramonlar sevgisi, orzulari va qarorlarini sinovdan o‘tkazadigan muhim daqiqalarga duch keladi.

    “Toster” (“Toaster”)

    Foto: Netflix

    Janr: Komediya, drama

    Rejissyor: Vivek Dashodxari

    Rollarda: Rajkummar Rao, Sanya Malhotra

    Syujet: Film oddiy oshxona jihozi — toster bilan bog‘liq qiziqarli, kulgili va kutilmagan burilishlarga boy film. Bu shunchaki non qizdiradigan moslama emas, balki bir nechta inson taqdirini bog‘lovchi sirli va obyektga aylanadi. Filmda turli xarakterdagi odamlarning hayoti kesishadi va bu oddiy maishiy jihoz ular uchun muhim sirlarni fosh qilish, kelajak taqdirini belgilash va yangi imkoniyatlar eshigini ochish vositasiga aylanadi. Har bir qahramonning o‘z hikoyasi va kelajakdagi rejalari bo‘ladi ammo hammasi bir nuqtada — toster bilan bog‘liq syujet chizig‘ida birlashadi.

    “Katta opa” (“Akka”)

    Foto: Netflix

    Janr: Triller, drama

    Rejissyor: Dharmaraj Shetti

    Rollarda: Kirthi Suresh, Radhika Apte, Tanvi Azmi

    Syujet: Film 1980-yillar janubiy Hindistonda joylashgan xayoliy Pernuru shahrida sodir bo‘ladigan voqealarni tasvirlaydi. Bu joyda matriarxat jamiyati hukm suradi, ya’ni ayollar jamiyatning asosiy boshqaruvchilari hisoblanadi.

    Asosiy e’tibor “Akka” — ya’ni “katta opa” degan unvonga ega bo‘lgan ayol rahbarlarga qaratiladi. Ular mafiya dunyosida o‘z qoidalariga ega bo‘ladi va butun shaharni nazorat qiladi. Biroq tashqaridan kelgan tahdid mamlakatdagi muvozanatni buzadi va kuchli ayollar o‘z hukmronligini saqlab qolish uchun shafqatsiz kurashga kirishadi. Film ayollar kuchi, hokimiyat uchun kurash va omon qolish haqida hikoya qiladi. Qahramonlar shaxsiy ambitsiyalar va jamoat manfaatlari o‘rtasida tanlov qilishga majbur bo‘ladi.

    27 mart, 12:52   Izoh (0)   6363
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#Hind#kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind kinosi qiroli Shohrux Xon bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 yanvar, 16:45

    Hind kinosi yulduzi Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlab ketildi 

    16 yanvar, 16:06

    O‘z uyida pichoqlangan Bollivud yulduzi Saif Ali Xon ahvoli haqida ma’lumot berildi

    17 yanvar, 11:54

    Hindistondagi eng mashhur oilada tug‘ilgan, bolaligida nevrologik kasallikdan aziyat chekkan va “Dunyo go‘zali”ga uylangan Abhishek Bachchan 49 yoshda (foto, video...

    7 fevral, 10:32

    Bir vaqtlar unashtirilgan, ammo munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan Bollivud yulduzlari 

    12 fevral, 13:50

    Xonlar sabab karyerasidan ayrilgan “Qasos o‘ti” yulduzi Sonu Valiya haqida nimalar ma’lum? 

    13 fevral, 11:35

    Hind kinosining bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan yulduzlari  

    21 fevral, 15:49

    Instagram: Valijon Shamshiyev 12-marta ota bo‘ldi, Manzura tug‘ilgan kunini nishonladi, Feruza Yusupovaga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilishdi 

    23 fevral, 13:44

    Kinotavsiya: Bollivud qiroli Shohruh Xon va Kajol ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    28 fevral, 13:15

    “O‘g‘irlanmagan kelin”, “PiKey” va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan boshqa hind filmlari

    8 mart, 11:45

    Hind kinosi yulduzlarining bolaligidagi ko‘rinishiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto)

    10 mart, 11:55

    Instagram: Yusufxon Nurmatov san’atni tashlab, AQSHda trak haydamoqchi, Zarina Yo‘ldoshevaga tahdid qilishdi, Jasur Umirov o‘g‘lini ko‘rsatdi

    11 mart, 10:15

    Bollivud yulduzlaridan badavlat merosxo‘rlargacha: Hindistonda o‘tkazilgan eng qimmatbaho va dabdabali to‘ylar top-10 taligi

    15 mart, 11:40

    Mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan, Bollivudning eng boy aktrisalaridan biri va Raj Kapurning nevara kelini Aliya Bhatt 32 yoshda

    18 mart, 14:40

    Bollivuddagi “tanish-bilish”: Hind kinosi yulduzlarining san’at yo‘lini tanlagan farzandlari

    25 mart, 16:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.