• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Imkoniyat yaratishmi yo ortiqchi dahmaza. O‘qituvchilar faoliyatini litsenziyalashdan nima naf?

    O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga (regulation.gov.uz) joriy yilning – 25-oktabridan 8-noyabriga qadar qo‘yilgan o‘qituvchilar faoliyatini litsenziyalashga oid Prezident qarori loyihasi qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Foto: “Xalq so‘zi Online”

    Aholi ayniqsa, ta’lim sohasi vakillari turlicha fikrlar bildirayotgan mazkur hujjatni ayrimlar litsenziya o‘qituvchilar zimmasiga og‘ir yuk ekani, ko‘p vaqt talab etadigan ortiqcha ish ekani va korrupsiyaga yo‘l ochadi deb hisoblamoqda. Ba’zilar ushbu harakat pedagoglarni himoyalab ular manfaatiga xizmat qilishini ta’kidlagan. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov bu kabi savollarga javob topish maqsadida Xalq ta’limi mas’ullari va jamoatchilik vakillarining bu boradagi fikrlari bilan qiziqdi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab maktab o‘qituvchilarini litsenziyalash boshlanadi

    Asosiy maqsad nima?
    Avvalo, umumta’lim maktablari, fikrlash doirasi keng bo‘lgan, doimiy ravishda o‘z ustida ishlaydigan mutaxassislar bilan ta’minlanadi. Litsenziyalash orqali o‘qituvchilar o‘zining bilim saviyasi, malakasi va kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish orqali oylik ish haqini ham oshirib borish imkoniga ega bo‘ladi. Rag‘bat o‘z ortidan ta’lim sifati oshishiga ham hissa qo‘shadi.

    Litsenziya imtihoni nafaqat o‘qituvchining bilimini baholaydi, balki uning psixologik holatini ham sinovdan o‘tkazadi. Litsenziya talablarini bajargan o‘qituvchilar maktablarda ta’lim sifatini ta’minlab bera oladi. Ota-onalar ham yaxshi o‘qituvchilar ishlaydigan maktab qidirish tashvishidan qutuladi.

    Shuningdek, litsenziya tartibi kiritilganidan so‘ng, litsenziyaga ega o‘qituvchilarga dars taqsimotida ko‘proq dars soati olish imkoniyati beriladi. Litsenziyasiz o‘qituvchilar esa minimal talablarga javob bermaganligi uchun kamroq dars soati oladi.

    Anvar Umarov, Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari

    Kasbiy litsenziya muddati 5 yil

    Xalq ta’limi vazirligi vakilining aytishicha, mazkur yangi tartib 2021-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshirilishi taklif etilmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari jadvalida litsenziyalash jarayoni bir necha bosqichda o‘tkaziladi. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvardan o‘qituvchi va maktab direktorlarining (qariyb 500 ming nafar) 5 foizi (25 ming nafar) majburiy tartibda litsenziya oladi.

    2025-yilga borib bu raqam 10 foizga yetkaziladi. 2030-yilgacha 20 foiz o‘qituvchilar va maktab direktorlari litsenziyaga ega bo‘ladi. Bunda o‘qituvchilar uchun kasbiy litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyalash bosqichma-bosqich 100 foizga yetkaziladi. Maktab direktorlariga menejerlik litsenziyasi har 3 yilda taqdim qilinadi. Direktorlar, asosan, pedagogik mahorati yuqori bo‘lgan, hurmatga sazovor mutaxassislar orasidan saralanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekistonda repetitorlarga litsenziya olish talab etilishi mumkin

    Litsenziyalash vakolatini Xalq ta’limi vazirligiga topshirish taklifi berilgan. Jarayonni tashkil etish, ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash maqsadida vazirlik qoshida ta’lim sifatini baholash va xodimlarni litsenziyalash bo‘yicha mustaqil milliy baholash markazini tuzish rejalashtirilgan. Markaz faoliyatini tashkil etish uchun litsenziyalash va bu bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha katta tajribaga ega xorij tashkilotlarini jalb etish ko‘zda tutilgan. Sohada ma’lum tajriba orttirilgandan keyin mustaqil faoliyat olib boriladi.

    “Litsenziya olgan o‘qituvchilarga alohida nishon ham beramiz”

    Tajriba shuni ko‘rsatyaptiki, oliy o‘quv yurti diplomiga ega mutaxassis har doim ham maktabda dars berishga tayyor bo‘lmaydi. Misol uchun, unda pedagogik va bolalar bilan ishlash ko‘nikmasi yo‘q. Bolalar psixologiyasini bilmaydi. Oqibatda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida turli nizolar kelib chiqadi.

    Yetakchi davlatlar tajribasiga nazar solsak, AQShning har bir shtatida o‘qituvchi bo‘lish uchun alohida imtihon topshirilishi talab etilishiga guvoh bo‘lamiz. Bunda maktab o‘z talablariga javob beradigan, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘qituvchiga dars o‘tish huquqini beruvchi sertifikat taqdim qiladi. Bundan tashqari, AQShda hamma shtatda dars berish huquqini beruvchi sertifikat ham berilishi mumkin. Xuddi shunday tizim Yaponiya, Janubiy Koreya, BAAda ham mavjud.

    Alisher Umarov, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari

    Litsenziyalashning dolzarblik masalasi

    Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi o‘qituvchilar faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha loyihaga munosabat bildirdi:

    “Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilnayotgan, pedagoglarga majburiy litsenziya berish masalasi o‘qituvchilar orasida turli tushunmovchilik va e’tirozlarni yuzaga keltirmoqda. Pedagoglar nazkur masala yuzasidan aniqlik kiritilishini so‘rab Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga murojaat qilmoqda.

    Maktablarda, ayniqsa, olis, chekka hududlardagi maktablarda oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanmayotgan bir vaqtda amaldagi tizimni o‘zgartirmasdan, ya’ni attestatsiya jarayonlarni yuqori saviyada tashkil qilish orqali ham ko‘plab maqsadlarga erishish mumkin. Pedagoglarni ortiqcha sinash va ulardan talab qilish orqali bilim va salohiyatlarini oshirib bo‘lmaydi. Dastlab pedagoglar o‘z ustida ishlashi uchun sharoit yaratish, sifatli malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda maktablarda o‘qituvchiga bo‘lgan mavjud ehtiyojni qoplash lozim.

    Yana bir muhim masala, xorijiy tajriba tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, pedagog xodimlarning kasbiy faoliyati uchun litsenziya berish umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining yuqori turuvchi organi tomonidan emas, xolislik va shaffoflik prinsipidan kelib chiqib, ta’lim muassasalari uchun neytral bo‘lgan vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi zarur. Ammo taklif etilayotgan loyihalarda ushbu jarayonning yuqori turuvchi vazirlik o‘z tizimida amalga oshirishi xolislik darajasini pastga tushirib yuboradi.

    O‘qituvchi obro‘si, nufuzi va malakasini oshirish asosiy maqsad bo‘lgan, bir paytda, ular uchun yana yangi tizim joriy etish ne chog‘li foydali bo‘ladi? Aslida o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashga va toifa olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun haq to‘lashda toifalar o‘rtasidagi tafovutni oshirish ustida o‘ylab ko‘rish muhim. Bu borada ta’lim tizimini isloh qilishga oid mavjud qarorlarni sifatli ijro etilishini ta’minlash hamda muammolarni joyida o‘rganib o‘qituvchilarga amaliy ko‘mak berishda barcha vazirlik va idoralar hamkorlikda ishlashi lozim”.

    Soha vakillari bu haqda nima deydi?

    O‘qituvchilarni litsenziyalash rivojlangan davlatlar tajribasidan olinyapti. Lekin o‘sha mamlakatlarda bir o‘qituvchi o‘ringa bir necha nomzod to‘g‘ri keladi. Bizning xalq ta’limi tizimida esa 3 ming nafardan ortiq o‘qituvchi yetishmaydi.

    Toifalar takomillashtirildi, yangi Nizom ishlab chiqilda, navbatdan tashqari toifani olish tatbiq qilindi. O‘sha toifalar mukammal tizimga solinsa, litsenziyaga ehtiyoj tug‘ilmaydi. Birgina dars talashayotgan o‘qituvchilar uchun litsenziyani joriy qilish shart emas. Buning ustida u navbatdagi pullik xizmatga aylantiriladi.

    Litsenziyaning o‘rniga taklifim bor – toidani birdaniga ixtiyoriy darajasiga topshirishga ruxsat berishsin. Hozirda mutaxassislar 100 ball bilan testdan o‘tsa ham 1-toifaga o‘tadi. O‘qituvchi o‘z bilim salohiyatiga qarab, qaysidir toifaga da’vogarlik qilsin va toifa testini topshirsin. O‘tolmadimi, qanchadir vaqtdan so‘ng yana qayta topshirish imkoni berilsin. Shu tariqa u o‘z ustida ishlaydi, izlanadi. Bilimi bor o‘qituvchi esa 3 – 5 yillab oliy toifa bo‘lishini ktmaydi. Ana o‘shandan so‘ng dars taqsimotida toifalari yuqori pedagogga ko‘proq e’tibor bersa ham bo‘ladi. Huddi hozir litsenziyasi bor o‘qituvchini dars taqsimotida qo‘llab-quvvatlash rejasini mavjud tizimda ham qo‘llasa bo‘ladi.

    Xullas, men litsenziya o‘qituvchilar uchun navbatdagi ortiqcha dahmaza, deb bilaman.

    Isroil Tillaboyev, o‘qituvchi-bloger

     
    Ko‘pchilik litsenziya olish uchun ortiqcha vaqt sarflab, o‘z fani bo‘yicha shug‘ullanish imkoniyatini susayishini gapiryapti. Bu gaplar ham qaysidir ma’noda to‘g‘ri. Chunki o‘qituvchi ham inson. Unda ham farzand, nabira bor. Oila bag‘ruda dam olishga haqli. O‘zi hozir ham ba’zan ovqatlanishga vaqt topolmay qolamiz.

    Tanganing ikkinchi tarafiga nazar solsak, Keyingi yildan OTMga hujjat topshirgan abiturientlar 3 ta majburiy. 2 ta mutaxassislik fandan test imtihoni topshirishi rejalashtirlayapti. Abiturientlarni shunchalik darajada sinovdan o‘tkazib, davlat uchun malakali kadrga aylantirish uchun islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda davlatning xizmatchisi bo‘lib ishlayotgan biz pedagoglar nega bu talablarni bajarmasligimiz kerak? Litsenziyalashni oddiy imtihon va o‘z ustimizda ko‘proq ishlash uchun berilgan imkoniyat, deb qabul qilish kerak, degan fikrdaman.

    Tohirjon A’zamov, o‘qituvchi

    O‘zbekistonda xalq ta’limi tizimida 466 462 nafar pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning 64 622 nafarini (14,6 foizi) o‘rta maxsus ma’lumotli, 3,1 foizi oliy malaka, 14,6 foizi birinchi malaka, 29,4 foizi ikkinchi malaka toifasiga ega. Qolgan 52,9 foiz o‘qituvchi toifaga ega emas. Padagog kadrlarga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyoj 1 stavka hisobidan, 3 396 nafarni tashkil etadi.

    22.12.2019, 12:53   Izoh (0)   40848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi 165-saylov uchastkasidan fotoreportaj

    22.12.2019, 12:31

    IIV: Farg‘onada noqonuniy tashviqot uyushtirilgani aniqlandi

    22.12.2019, 12:19

    Qamchiq dovoni avtotransport vositalari harakati uchun qayta ochildi

    22.12.2019, 12:03

    Uch soatda saylovchilarning 24,3 foizi ovoz berib bo‘ldi

    22.12.2019, 11:59

    Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament saylovida ovoz berdi

    22.12.2019, 11:41

    “Adolat” partiyasi yetakchisi Narimon Umarov Toshkentdagi 683-saylov okrugida ovoz berdi

    22.12.2019, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.