• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Prezident maktablariga kira olmagan 5-sinf o‘quvchilari yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

    AOKAda o‘tkazilgan brifingda Prezident ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova agentlik tizimida yangi ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishini ma’lum qildi.

    Qayd etilishicha, 14-aprel kuni prezidentning “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan. Unda:

    • 2022-yil 1-sentabrga qadar vazirlik, idora va tashkilotlar tasarrufida bo‘lgan ta’lim muassasalari negizida 19 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 141 ta ixtisoslashtirilgan maktabi;
    • 2023-yil 1-iyunga qadar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida bo‘lgan va faoliyati tugatilgan Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari negizida 5ta ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda 3 ta ixtisoslashtirilgan maktabi;
    • 2022—2024-yillarda Prezident ta’lim muassasalar agentligi tizimida 25 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari qurish hamda kelgusida yangi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablarni faqat Agentlik tizimida tashkil etish kabi vazifalar belgilab berilgan.
    Mavzuga doir: O‘zbekistonda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi
    Agar talabgor Prezident maktabiga 5-sinf kirish imtihonlari ikkinchi bosqichida ishtirok etib, o‘qishga kira olmasa, u Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz kirishi mumkin. O‘quvchi har bir viloyatda tashkil etilgan aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirgan taqdirda ariza topshiradi va kvota doirasida ballar ketma-ketligi asosida (24 nafari) imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

    Belgilangan qabul kvotasidan ortiq talabgorlar bitta ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qish istagini bildirsa, ustunlik yuqori ball to‘plagan talabgorga beriladi. Yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishda talabgorning hududiy mansubligi inobatga olinmaydi.

    Ushbu maktablarga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagog kadrlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • fan yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot va kamida ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘lishi;
    • o‘quv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qo‘llay olishi, dars o‘tish metodikasi va uni tashkil etish texnikasini bilishi;
    • davlat tilida ravon yozma va og‘zaki nutqi;
    • xorijiy tillardan birini boshlang‘ich darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ilg‘or xalqaro tajribadan xabardorligi;
    • yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bo‘lishi;
    • fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erishgani hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgani.
    Ro‘yxati agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan (1, 2, 3-o‘rin) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘zi ta’lim oladigan hududida joylashgan agentlik maktablariga umumiy qabul parametrlari doirasida kirish imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

    Yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablarning aniq fanlar yo‘nalishiga o‘quvchilar qabuli 2022/2023-o‘quv yilida 5—11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7—11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida tegishlicha 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi;

    Agentlik maktablariga o‘quvchilarni qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, xorijiy tillar hamda mantiqiy fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Kirish imtihonlari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro ilmiy-amaliy baholash markazi tomonidan xalqaro tashkilotlar hamda Davlat test markazi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanadi
    • Endi O‘zbekistonda ixtisoslashgan maktablar Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etiladi
    • Dilshod Kenjayev Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

    21.04.2022, 21:21   Izoh (0)   25022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tergovchilarimiz ongi va tafakkurini sog‘lomlashtirish kerak”. Bosh prokuror o‘rinbosari tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan xodimlarga jiddiy choralar ko‘rilganin...

    21.04.2022, 21:09

    Shavkat Mirziyoyev Kosondagi “Bunyodkor” paxta-to‘qimachilik klasteriga tashrif buyurdi

    21.04.2022, 20:42

    885 nafar mansabdor tadbirkorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilgani uchun javobgarlikka tortildi — Bosh prokuratura

    21.04.2022, 20:31

    Toshkentda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yordam so‘rab murojaat qildi (video)

    21.04.2022, 20:23

    O‘zbekiston pensiya tizimida yangi nafaqa va yangi xizmat turi ishga tushirildi

    21.04.2022, 20:11

    Marhum sportchi Kamoliddin Rasulovning qotiliga tayinlangan dastlabki jazo bekor qilinib, 19 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

    21.04.2022, 18:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Kuvaytda noqonuniy spirtli ichimlikdan zaharlanib 23 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 24 avgust, 14:23

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21

    Oddiy insonlar bilan turmush qurgan Gollivud yulduzlari

    Shou-biznes | 24 avgust, 12:31

    Germaniya Rossiya va Belarus fuqarolari uchun gumanitar vizalar berishni qayta tikladi

    Dunyo | 24 avgust, 12:10

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.