Erta ro‘yxatdan o‘tish dasturi – Early Bird – orqali abituriyentlar yillik kontrakt qiymatining 35 foizini tashkil etuvchi grant yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu taklif 2025-yil 31-maygacha hujjat topshirgan bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga kiruvchilar uchun amal qiladi.
AUT quyidagi yo‘nalishlarda Biznes va IT sohalarini qamrab oluvchi keng ko‘lamli ta’lim dasturlarini taklif etadi:
Bakalavriat:
- International Trade
- Software Engineering
- Applied Business and Technology Solutions
- Business Administration
- Computer Science
- Data Science
- Industrial Engineering
- Tourism Development and Management
Magistratura:
- Global Management
- Software Engineering
- Business Administration (MBA)
Nega aynan AUT?
AUT – Toshkent markazida joylashgan, xalqaro professorlar jamoasi bilan yuqori darajadagi amaliyotga yo‘naltirilgan AQSh ta’limini taklif etuvchi universitetdir.
Ta’lim dasturlari Arizona State University (ASU) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, zamonaviy talab va ehtiyojlarga mos tarzda ishlab chiqilgan. Bu esa talabalarni mahalliy va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlaydi.
ASU bilan ikki diplomli ta’lim
AUT talabalari ASU bilan hamkorlik tufayli quyidagi dasturlar asosida ikkita diplom olish imkoniyatiga ega:
- Bakalavriat: 3+1 va 4+1
- Magistratura: 1+1
Arizona State University ketma-ket o‘n yil davomida AQShning eng innovatsion universiteti deb tan olingan (MIT va Stanford universitetlaridan oldinda), bu U.S. News & World Report reytingiga ko‘ra (2016–2025).
Mazkur hamkorlik AUT talabalariga ilg‘or ta’lim standartlariga kirish imkonini berib, ularning kasbiy istiqbollarini sezilarli darajada kengaytiradi.
Xalqaro professorlar va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim
AUT’da turli sohalarda katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan xalqaro darajadagi professorlar dars beradi.
Universitet har bir talaba uchun individual yondashuvni ta’minlashga harakat qiladi, amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim esa zamonaviy ish bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
ASU-Cintana Education global ittifoqi
AUT dunyo bo‘ylab 30 ta universitetni birlashtirgan ASU-Cintana Education global ittifoqining bir qismidir.
Mazkur ittifoq orqali AUT talabalari xalqaro ta’lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlariga ega bo‘lishadi, shuningdek, almashinuv dasturi orqali 1 semester ta’limni sherik universitetlardan birida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
“Biz innovatsion va amaliyotga asoslangan dastur orqali talabalarimizga global imkoniyatlar eshigini ochamiz”, deydi American University of Technology prezidenti Dr. Rik Shangrou.
Amerika ta’limini qulay narxda olish imkoniyatini boy bermang!
2025-yil 31-maygacha rasmiy veb-sayt orqali hujjat topshiring va Early Bird dasturi doirasida 35% grantga ega bo‘ling!
Bog‘lanish uchun:
- Veb-sayt: aut-edu.uz
- Telefon: +998 55 520 00 20
- Email: study@aut-edu.uz
- Instagram: @aut_uz
- LinkedIn: linkedin.com/american-university-of-technology-in-tashkent
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)