• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maktabgacha taʼlim klasteri oldin yangilik edi. Bugungi kunga kelib ilk samaralarini ko‘rsatishga ham ulgurdi”. “Daryo” ushbu tizimni Namangan viloyati misolida o‘rgandi

    Namanganda mamlakatda birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan maktabgacha taʼlim klasteri muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar berdi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Mazkur klaster 2022-yil may oyida hukumatning tegishli qarori asosida Namangan pedagogika kolleji bazasida tashkil etildi. Bunga kollej binosi yonida 60-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti ham faoliyat boshlagani ayni muddao bo‘ldi.

    Foto: Jahongir Akramov

    “Oldinlari kollejimiz yonidagi hudud tashlandiq holatda edi. Vaholanki, atrofimizda 5 kilometr chamasi masofada davlat maktabgacha taʼlim muassasasi bo‘lmagan. Shuni inobatga olgan holda mutasaddi rahbarlarga berilgan taklifimiz jo‘yali deb topilib, 2021-yili zamonaviy 180 o‘rinli bog‘cha qad rostladi.

    Qolaversa, o‘zimizning kollej binosida, birinchi qavatda shu bog‘chaning 150 o‘rinli filiali ham tashkil etildi. O‘quv yurtimiz bazasida klaster tashkil etilishi uchun ushbu omillar turtki bo‘lgan bo‘lsa ajab emas”, — deydi Namangan pedagogika kolleji direktori Ilhomjon Nurmatov.

    Namangan pedagogika kolleji direktori Ilhomjon Nurmatov

    Foto: Jahongir Akramov

    Maktabgacha taʼlim klasteri uchun kollejda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 4 ta auditoriya va universitet maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi filiali uchun joy ajratildi. Ular mukammal taʼmirdan chiqarilib, kompyuterlar, noutbuklar, videoproyektor, elektron doska bilan jihozlandi va internet tarmog‘iga ulandi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Foto: Jahongir Akramov

    “Ushbu auditoriyalarda viloyatdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Oxirgi uch oyning o‘zida 97 nafar MTT direktori, 614 nafar tarbiyachi, jami 711 nafar rahbar va xodim bu yerda malaka oshirdi. Oldinlari buning uchun Toshkentga borishga to‘g‘ri kelardi. Malaka oshirish kurslari yakunida tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, olgan bilimlarini amalda ko‘rsatishlariga to‘g‘ri keladi.

    Biz uchun yaxshi tomoni, direktorlar shu bir haftalik o‘qish davomida kollej o‘quvchilari bilan muloqotda bo‘lib, o‘zlariga kerakli kadrlarni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Qolaversa, o‘quvchilarimiz amaliyot o‘tashlari uchun uzoqqa borib o‘tirishlariga hojat yo‘q”, — deydi Ilhomjon Nurmatov.

    Foto: Jahongir Akramov

    60-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Sanobar Usmanova

    Foto: Jahongir Akramov

     60-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Sanobar Usmanovaning qayd etishicha, klaster tashkil etilgani jamoa uchun ham qulaylik tug‘dirdi. Chunki kollej pedagoglari tarbiyachilar bilan doimiy muloqotda, bilim va malakalarini muntazam ravishda o‘rgatib borishadi. Jamoaning 50 foizdan ziyodi ham aynan shu kollej bitiruvchilari hisoblanadi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Iroda Mashrabboyeva shunday sobiq bitiruvchilardan biri. U o‘qish payti bu yerga musiqachi sifatida ishga kirgan bo‘lsa, hozirda musiqa rahbari sifatida faoliyat olib bormoqda.

    60-maktabgacha taʼlim tashkiloti musiqa rahbari Iroda Mashrabboyeva

    Foto: Jahongir Akramov

     “Klaster usulining foydasini o‘zimning misolimda yaqqol ko‘rib turibman. Kollejda o‘qib turib, yonimizdagi bog‘chada amaliyot o‘tadim, keyin ish boshladim, endi esa faoliyatim yana bir bosqichga ko‘tarildi. Malaka oshirishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa ham bu yerdan uzoqqa ketishga ehtiyoj yo‘q, o‘zimizning ustozlarga yana ro‘baro‘ bo‘lamiz”, — deydi Iroda.

    Foto: Jahongir Akramov

    Foto: Jahongir Akramov

    Xullas, Namangandagi maktabgacha taʼlim klasterida shunday gaplar. Mamlakatda tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan ushbu tuzilma oldinlari yangilik edi. Bugungi kunga kelib esa o‘zining ilk samaralarini ko‘rsatishga ham ulgurdi.

    Foto: Jahongir Akramov

    Foto: Jahongir Akramov

    18.08.2023, 19:50   Izoh (0)   6208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xitoy va Mo‘g‘ulistonda o‘lat aniqlandi. Bu borada O‘zbekistondagi vaziyat qanday?

    18.08.2023, 18:14

    Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevni AQSHga taklif qildi

    18.08.2023, 18:06

    O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘ladi?

    18.08.2023, 17:39

    O‘zbekistonda bir oylik harbiy xizmat to‘lovi qanchaligi aytildi 

    18.08.2023, 16:58

    O‘zbekistondagi benzin zapravkalari soni ma’lum qilindi

    18.08.2023, 16:34

    “Har biringiz qahramonsiz” — Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarga mukofotlarni topshirdi (foto)

    18.08.2023, 16:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.