• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    AQSHning eng boy aktyorlari top-10 taligi. Birinchi o‘rinda kim ekanini tasavvur ham qilolmaysiz

    Aytishlaricha, koreys aktyorlari ham boylik miqdori bo‘yicha amerikalik aktyorlarga tenglasha olmas ekan. Keling, buni tekshirib ko‘ramiz.

    10. Leonardo Di Kaprio

    Avvaliga o‘smirlarning sevimli yulduzidan rejissyorlarning erkatoyiga, endi esa shunchaki afsonaga aylandi. Di Kaprio doimo murakkab rollarni tanlaydi: “Aviator”, “Muqaddima”, “La’natlanganlar oroli”, “Omon qolgan”. Va nihoyat 2016-yilda “Oskar”. Uzoq kutilgan haykalchani unga shunchaki sabr-toqati uchun ham bersa bo‘lardi.

    Boyligi — taxminan 260 million dollar. Gonorarlar juda katta — o‘ziga orol, hashamatli uylar, kvartiralar sotib olgan, dabdabali hayot kechiradi. “Yuqoriga qarama” filmining o‘zi 30 million dollar daromad keltirgan.

    Kinodan tashqari, Di Kaprio ekofaollardan biri. Uning jamg‘armasi tabiatni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga millionlab mablag‘ yo‘naltiradi.

    9. Kianu Rivz

    Gollivudning hech qachon boshqalarning qoidalariga bo‘ysunmagan, kamtarona hayot kechiradigan millioneri.

    U “Forsaj” filmi bilanoq yulduzga aylandi, keyin “Matritsa”da inqilob qildi va “Jon Uik” orqali yana cho‘qqiga qaytdi. Unga hech narsani isbotlashning keragi yo‘q — u shunchaki kadrda ko‘rinishi bilanoq tomoshabin allaqachon uning tarafida bo‘ladi. Chunki Kianu — bu sof xarizma va uslub timsoli.

    Boyligi taxminan 380 million dollar. Ammo u metroda yurishni ma’qul ko‘radi, kaskadyorlarga sovg‘alar ulashadi, gonorarining katta qismini xayriyaga sarflaydi.

    8. Tom Henks

    Hayotlik chog‘idayoq afsonaga aylangan aktyor. Uni hamma sevadi, shunchaki o‘z ishini bajaradi va buni mukammal bajaradi: “Filadelfiya”, “Forrest Gamp”, “Odamlarda yiroqda”, “Terminal”, “Oddiy askar Rayanni qutqarish” — u turli xil insonlarni ijro etgan va har safar unga ishonging keladi.

    Aktyorning boyligi taxminan 400 million dollarni tashkil etadi. U qatnashgan filmlar butun dunyo bo‘ylab 9 milliarddan ortiq mablag‘ to‘plagan. Bundan tashqari, u taxminan 150 million dollarlik ulkan ko‘chmas mulkka ega.

    7. Mel Gibson

    Mel Gibson 80-yillarning qat’iyatli erkagi ramziga “Telba Maks” va “O‘lim quroli” filmlari tufayli aylandi. Keyinchalik rejissyor sifatida “Sheryurak” filmini yaratdi va “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

    Keyin hammasi barbod bo‘ldi. Janjallar, mushtlashuvlar, ichkilikbozlik — Gibson o‘zini 10 yilga Gollivuddan chetlashtirdi. Ammo 2016-yilda u Endryu Garfild bosh rolni ijro etgan “Vijdon amri bilan” filmini suratga oldi va kino olamidagi obro‘sini tiklab oldi.

    Hozirda uning boyligi taxminan 425 million dollar. U orol, uzumzorlar va hashamatli uylarga egalik qiladi.

    6. Robert De Niro

    Ba’zilar Robertni buyuk kinoning yuzi deb atashadi: “Taksi haydovchisi”, “Cho‘qintirgan ota II”, “Quturgan buqa”, “Ajoyib yigitlar”.

    De Nironing uslubi doimo bir xil — sokin, qat’iyatli, e’tiborli. U o‘ynamayotgandek, balki kadrda shunchaki mavjuddek tuyuladi.

    Hozir 80 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, u hamon kino suratga tushmoqda, hatto yettinchi marta ota bo‘ldi. 2023-yilda uning qizi tug‘ildi. 2025-yilda u yangi serialda AQShning sobiq prezidenti rolini ijro etdi.

    Uning boyligi taxminan 500 million dollar. U katta foyda keltiradigan Nobu restoran va mehmonxonalar tarmog‘ining egasi ham.

    5. Jorj Kluni

    U “Tez yordam”dagi sevimli shifokor sifatida ish boshlagan bo‘lsa-da, muxlislar armiyasi va “Oskar” mukofoti bilan superyulduzga aylandi. “Oushenning o‘n bir do‘sti”, “Siriana”, “Merosxo‘rlar” kabi filmlarda suratga tushdi.

    Biroq u haqiqiy yutuqqa kinoda emas, biznesda erishdi. 2013-yilda do‘stlari bilan Casamigos tekila brendini ishga tushirdi va 2017-yilda uni bir milliard dollarga sotdi. Shundan so‘ng Gollivudda unga hamma havas qila boshladi.

    Boyligi taxminan 500 million dollar. Italiya va AQShda hayot kechiradi. Rejissyorlik, prodyuserlik qiladi, qochqinlarga yordam beradi va umuman olganda, kino olish jarayonidan tashqarida ham o‘zini supergahramon kabi tutadi.

    4. Tom Kruz

    Tom Kruz daromadi bo‘yicha tarixdagi eng boy aktyorlardan biri hisoblanadi. Boyligi 600 million dollar. Boshqalarga nisbatan ko‘p bo‘lmasa-da, u filmlarning kassadan tushgan daromadidan ulush oladi. “Top Gan: Meverik” uchun u faqat prokat daromadidan 100 million dollardan ortiq mablag‘ oldi.

    Shaxsiy hayotida Nikol Kidman va Keti Xolmsni qo‘shganda uch marta uylangan.

    3. Dueyn Jonson

    Bir paytlar u kurash olamining qiroli edi. Keyin to‘satdan kinoga o‘tdi va sayyoramizning eng talabgir aktyorlaridan biriga aylandi. “Forsaj”, “Jumanji”, “San-Andreas yorig‘i”, “Qora Adam” kabi u qatnashgan filmlar muntazam ravishda yuz millionlab daromad keltirmoqda.

    Har bir loyiha uchun 20-30 million dollarlik gonorar oladi. Shuningdek, u qariyb bir milliard dollarga baholangan Teremana tekila brendini ham yo‘lga qo‘ydi. 2025-yilga kelib uning boyligi taxminan 800 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

    2. Jerri Saynfeld

    U NyuYork klublarida oddiy stendap-komik sifatida ish boshladi, keyin esa “Saynfeld” serialini yaratdi — 9 ta mavsum, yuzlab seriyalar, millionlab tomoshabinlar.

    Shou dastlab jonli tomoshabinlar oldida suratga olingan. Jerri tomoshabinlarni shu qadar o‘ziga jalb qila olardiki, uning kadrdagi har bir chiqishi tomoshabinlarni aqldan ozdirar edi.

    Uning boyligi — 1,1 milliard dollar. Serial hali ham pul keltiradi: takrorlar, striming, litsenziyalar. Bundan tashqari, yangi loyihalar, chiqishlar, komediya shoulari, Comedians in Cars Getting Coffee YouTube seriali shular jumlasidan.

    1. Tayler Perri

    U noldan boshlagan. Bolaligi qashshoqlik, zo‘ravonlik va tirikchilik bilan o‘tgan. Hayotidagi burilish nuqtasi pyesalar yozishni boshlaganda sodir bo‘lgan.

    Uning sahnasi qora komediya, kuchli his-tuyg‘ular va o‘zi parik hamda ko‘ylak kiyib o‘ynagan Medeya buvi obrazidan iborat edi. Medeya haqidagi filmlar yuz millionlab daromad keltirdi.

    Keyinchalik u Atlantada Tyler Perry Studios nomli shaxsiy kinostudiyasini ochdi. 2020-yilda esa rasman milliarderga aylandi.

    Hozirda uning boyligi 1,4 milliard dollar deb baholanmoqda. U asarlar yozadi, rejissyorlik qiladi, prodyuserlik bilan shug‘ullanadi va barcha kontentining mualliflik huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

    Xullas, ayrim aktyorlar mavjud qoidalarga yaxshi moslashgan bo‘lsa, Tayler esa bu qoidalarni o‘ziga moslab yaratadi. U kam ta’minlangan odamlarga yordam beradi.

    Umuman olganda, u haqda ko‘pchilik eshitmagan. Buning sababi shundaki, boshqalar birinchi bo‘lish musobaqasida ovora bo‘layotgan bir paytda, u o‘z ishini qilishni afzal ko‘radi.

    8 aprel, 10:48   Izoh (0)   3968
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#aktyorlar#shou-biznes#layfstayl

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivudning mashhur aktyorlari o‘rtasidagi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan munosabatlar

    02.11.2024, 13:55

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Filmdagi roli uchun jiddiy qurbonlik qilgan Gollivud aktyorlari

    13.11.2024, 09:40

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi? 

    12.11.2024, 20:55

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Kinodagi eng katta gonorarlar: Gollivud aktyorlarining eng ko‘p daromad keltirgan rollari

    28.11.2024, 17:41

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    O‘z ampluasidan chiqa olgan: Turli obrazlarni mahorat bilan gavdalantira olishini isbotlagan kino yulduzlari (foto)

    13.12.2024, 10:40

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    18 fevral, 15:02

    “O‘rgimchak odam” trilogiyasining aktyorlari 23 yildan so‘ng qanchalik o‘zgargan?

    1 mart, 12:55

    24 ta asosiy nominatsiya: “Oskar” kimga berilishini kim hal qiladi?

    3 mart, 15:35

    Mashhur rollaridan voz kechishga majbur bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    3 mart, 14:45

    2024-yilda eng ko‘p gonorar olgan Gollivud aktyorlari reytingi e’lon qilindi

    4 mart, 13:39

    Gollivudda suratga tushgan koreyalik aktyorlar

    4 mart, 17:35

    Filmda rol o‘ynashni xohlamagan, lekin majbur qilingan Gollivud aktyorlari

    18 mart, 09:46

    Turli sabablarga ko‘ra muxlislariga yolg‘on gapirgan Gollivud yulduzlari (foto)

    4 aprel, 18:45

    Betakror filmlarga beo‘xshov ijrosi bilan putur yetkazgan kinoyulduzlar

    23 mart, 10:25

    Dovyurak kinoyulduzlar: filmlardagi xavfli tryuklarni kaskadyorsiz bajargan Gollivud aktyorlari

    25 mart, 19:55

    Persona non grata: Gollivudning qora ro‘yxatiga tushgan aktyorlar

    27 mart, 18:45

    Birgina ismining o‘zi bilan pul topadigan Gollivud yulduzlari  

    5 aprel, 11:58

    Oliy ma’lumotli marketolog, havaskor haykaltarosh, ayollar huquqlari himoyachisi — aktyor Kerem Bursin haqida 9 ta qiziqarli fakt

    29 mart, 19:29

    Yoshligida popkorn sotgan, Gollivud taklifini rad etgan va “yulduzlik kasalligi”ga chalingan Nurgul Yeshilchay 49 yoshda

    27 mart, 16:55

    Gollivudning oltin avlodi: mashhurlikda ota-onasidan o‘zib ketgan aktyor va aktrisalar

    31 mart, 10:55

    Xitoylik ayollarning yosh ko‘rinish siri nimada?

    2 aprel, 18:45

    Warner Bros. va Paramount kompaniyalari YouTube’dagi feyk treylerlardan daromad olmoqda

    1 aprel, 19:45

    Gollivud yulduzi Megan Foks to‘rtinchi marta ona bo‘ldi

    1 aprel, 21:50

    Gollivud yulduzlarining sevimli taomlari 

    5 aprel, 14:57

    Mashhurlikda rafiqasidan o‘ta olmagan va mish-mishlar girdobida yashaydigan Bollivud yulduzi Ajay Devgan 56 yoshda

    3 aprel, 13:48

    Mashhurlarning go‘zal qizlari: Gollivud yulduzlarining farzandlari qanday ko‘rinishda?

    4 aprel, 07:46

    O‘rtoq Saaxovning shlyapasi, Jek Nikolsonning boltasi: auksionda rekord narxga sotilgan mashhur filmlar rekvizitlari

    7 aprel, 09:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soliq idoralari mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 24 may, 15:31

    Atir va dezodorantlarning kutilmagan zarari aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 15:30

    Samarqanddagi korxona 5,3 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangani aytildi

    O‘zbekiston | 24 may, 15:00

    Qiziqarli va foydali: bolalarning zerikishiga yo‘l qo‘ymaydigan 8 ta interaktiv o‘yinchoq

    Layfstayl | 24 may, 14:35

    O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilari orasida qizlar ko‘pmi yoki yigitlar?

    O‘zbekiston | 24 may, 14:15

    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES

    Reklama | 24 may, 13:30

    MrBeast YouTube tufayli eng yosh milliarderga aylandi

    Layfstayl | 24 may, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.