• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    So‘nggi yillarda hindistonlik aktyorlar, rejissyorlar va kino sohasidagi boshqa yulduzlar Gollivud e’tiborini ko‘proq jalb qilmoqda. Ular filmlarda rol o‘ynash bilan cheklanmay, xalqaro kino sanoatining muhim qismiga aylanib, madaniyatlar almashinuvini targ‘ib qilmoqda va uzoq yillar davomida qolib ketgan stereotiplarni buzmoqda. Quyida Gollivudda ham katta mavqega ega bo‘lgan eng mashhur hindistonliklar haqida so‘z boradi.

    Priyanka Chopra

    Foto: The Hollywood Reporter

    Gollivudda ham ulkan muvaffaqiyat qozongan eng mashhur hind aktrisalaridan biri bu Priyanka Chopradir. U 18 yoshida “Dunyo go‘zali-2000” tanlovida g‘olib bo‘lgach, karyerasiga birinchi qadamni qo‘ydi. G‘alabasidan uch yil o‘tib, Priyanka Bollivudda ish boshladi va bugungi kunda u Hindistondagi eng ko‘p maosh oluvchi aktrisalardan biri hisoblanadi. Chopra “Malibu qutqaruvchilari”, “Matritsa: Qayta tug‘ilish” va “Qo‘rg‘on” kabi Gollivud filmlarida suratga tushgan.

    Uning Gollivudda eng katta shuhrat olib kelgan roli bu “Kuantiko” (2015–2018) seriali bo‘lib, aktrisa unda Federal tergov byurosining agenti — Aleks Perrish rolini ijro etgan. So‘ng Chopra o‘zining xarizmasi va iste’dodi tufayli amerikalik tomoshabinlarning sevimli hind aktrisasiga aylandi.

    Chopra aktrisalikdan tashqari prodyuserlik bilan ham shug‘ullanadi va UNICEFning ezgu niyat elchisi hisoblanadi.

    Dev Patel

    Foto: Dzen

    Garchi Patel “Xarobadan chiqqan millioner” filmi chiqishidan oldin Britaniyaning “Go‘daklar” o‘smirlar serialida kichik rol o‘ynagan bo‘lsa-da, uning katta ekrandagi debyuti olamshumul mashhurlik keltirdi. Film sakkizta nominatsiya bo‘yicha Oskar mukofotini qo‘lga kiritdi. Loyiha muvaffaqiyatidan so‘ng Dev Patel Gollivudda ishini davom ettirdi.

    Keyinchalik yosh aktyor ko‘plab mashhur loyihalarga taklif qilindi, ularning orasida “Avatar: Aang afsonasi” multfilmi asosida suratga olingan “To‘rt unsur hukmdori” kartinasi ham bor.

    Patelning navbatdagi ajoyib roli Sara Brayerlining “Arslon” filmidagi Nikol Kidman va Runi Mara bilan birgalikdagi ishi bo‘ldi. Film olti nominatsiya bo‘yicha Oskar mukofotiga loyiq ko‘rildi. 2021-yilda esa u “Yashil ritsarning afsonasi” filmida rol o‘ynadi va uning aktyorlik doirasi ancha keng ekanligini isbotladi.

    Ayshvariya Ray Bachchan

    Foto: Dzen

    Ayshvariya Ray ham Priyanka Chopra singari o‘z faoliyatini go‘zallik tanlovida g‘oliblikdan boshladi va 1994-yilda “Dunyo go‘zali” bo‘ldi. So‘ng qisqa fursat ichida unga yirik reklama shartnomalari bo‘yicha takliflar tushdi. U hatto Vogue jurnali muqovasida paydo bo‘ldi.

    Ayshvariya o‘zining Gollivuddagi debyutini Jeyn Ostenning klassik romani asosida suratga olingan “Kelin va xurofot” (2004) filmidan boshladi. Shuningdek, u Gollivud filmlaridan “Pushti pantera-2”, “Ziravorlar malikasi” va yana  bir nechta filmlarda suratga tushgan. Aktrisaga Bred Pitt bilan “Troya” filmida rol ijro etish taklifi berilgan, ammo u taklifni rad etgan.

    Hozirda Ayshvariya Ray bir qator xalqaro brendlarning, jumladan L’Oréal brendining yuzi hisoblanadi va muntazam ravishda Kann kinofestivalida ishtirok etadi.

    Irfon Xon

    Foto: Dzen

    2020-yilda 53 yoshida vafot etgan Irfon Xon Gollivudda muvaffaqiyat qozongan eng hurmatli hind aktyorlaridan biri edi. Uning iste’dodi va ko‘p qirrali inson ekanligi nafaqat Hindistonda, balki xorijda ham qadrli insonga aylantirgan edi.

    U “Pi hayoti” (2012), “Yura davri dunyosi” (2015) va “Do‘zax” (2016) kabi filmlardagi rollari bilan yodda qoldi. 2008-yilda suratga olingan “Xarobadan chiqqan millioner” filmida Irfon Xon politsiyachi rolini o‘ynagan, bu rol unga xalqaro miqyosda mashhurlik keltirgan. Shuningdek, aktyor 2016-yilda suratga olingan “Da Vinchi kodi: Inferno davomi” filmida Garri Sims konsorsiumi rahbari obrazini yaratgan.

    Frida Pinto

    Foto: Dzen

    Freida Pinto aktyor Dev Patel singari “Xarobadan chiqqan millioner” tufayli butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Shundan so‘ng uning Gollivuddagi karyerasi boshlandi. Aktrisa Bollivuddan ko‘ra Britaniya va Amerika loyihalarida ishtirok etishni afzal ko‘radi. U “Maymunlar sayyorasi” (2011) va “Kubok ritsarlari” (2015) kabi filmlarda suratga tushgan.

    Pinto xayriya ishlarida ham faol. U kambag‘al mamlakatlarda yashaydigan ayollar va bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarda ishtirok etadi.

    Nayt Shyamalan

    Foto: Dzen

    Hindistonda tug‘ilib o‘sgan M. Nayt Shyamalan xalqaro miqyosda mashhur rejissyor va ssenariy muallifiga aylandi. Uning filmlarida ko‘pincha kutilmagan syujetli burilishlar va jiddiy mavzular ko‘tariladi. Shyamalanning “Oltinchi hissiyot” (1999) filmi haqiqiy klassikaga aylandi va oltita karra “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi.

    Shyamalanning boshqa muvaffaqiyatli loyihalari orasida “Metin odam” (2000), “Belgilar” (2002), “Qishloq” (2004) va “Split” (2016) bor.

    Mira Nair

    Foto: Variety

    Mira Nair Gollivuddagi eng mashhur hind rejissyorlaridan biri. Uning “Yomg‘irli mavsumdagi to‘y” (2001) filmi tanqidchilarning ko‘plab olqishiga va turli mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Keyinchalik u “Nyu York, seni sevaman” (2008) va “Katve malikasi” (2016) kabi loyihalar ustida ishladi.

    Uning filmlari milliy an’analar va muhojirlar duch kelgan qiyinchiliklarni yorqin aks ettirishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Nair rivojlanayotgan mamlakatlardagi yosh kino ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotga asos solgan.

    02.12.2024, 12:30   Izoh (0)   30471
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#hind kino

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Real hayotda malika bo‘lgan Bollivud kino yulduzlari (foto)

    24.07.2024, 20:05

    Kino darg‘alari: Bollivudning 100 yillik tarixidagi eng yaxshi 10 ta aktyor 

    25.07.2024, 09:40

    Shohrux Xon 8 marta operatsiya qilingan: Hind kinosi yulduzlari qanday kasalliklardan aziyat chekadi? (foto)  

    12.08.2024, 15:53

    Uy-muzey, shaxsiy samolyot, qimmatbaho avtomobillar: Bollivud qiroli Shohrux Xon qanday yashaydi? (foto) 

    14.08.2024, 17:40

    Juhi Chavla: bir paytlar “Hindiston go‘zali” bo‘lgan aktrisa nima uchun ekranlarda ko‘rinmay ketgan? (foto) 

    19.08.2024, 14:50

    2024-yilda taqdim etilgan qiziqarli hind filmlari (treyler)

    22.08.2024, 18:03

    Dubaydagi sirli o‘lim: hind kinosi afsonasi Shridevining bevaqt vafotiga nima sabab bo‘lgan edi? 

    29.08.2024, 14:40

    Instagram: Munisa Rizayeva oilasining bayrami, Toshkentda restoran ochayotgan Maryam Tillayeva, ona bo‘lgan Dipika Padukone

    09.09.2024, 10:59

    Hamisha namunali bo‘lishga intilgan va rassomga turmushga chiqqan “o‘zbek Kajoli” —  Lola Eltoyeva 52 yoshda (foto, video)

    09.09.2024, 14:54

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    Faqat Ambanilar emas: Hindistonda o‘tkazilgan eng hashamatli va qimmatbaho 10 ta to‘y marosimi (foto)

    27.09.2024, 12:45

    Instagram: Ulug‘bek Shodibekov do‘stlariga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qildi, Javlon Shodmonov xonadonida to‘y, Davron Kabulov qizining tug‘ilgan kunini nishonlamo...

    29.09.2024, 12:45

    2024-yilda premyerasi bo‘lib o‘tgan eng qiziqarli Bollivud filmlari (treyler)

    03.10.2024, 14:58

    Instagram: Timur Alixonov nikohlandi, Davron Ergashev nevarali bo‘ldi, Muhammadziyoni to‘yga chaqirish qanchaga tushadi?

    05.10.2024, 23:05

    Instagram: O‘tkir Shodmonov 52 ming dollarga avtomobil xarid qildi, Shahzoda Muhammedova inglizchani o‘rganmoqda, bir kunda eng ko‘p “birrov”ga boradigan rekordchi...

    06.10.2024, 22:48

    Instagram: Buenos-Ayresdan kvartira izlayotgan Munisa Rizayeva, yangi uyli bo‘lgan bloger, “Qizim” seriali aktrisasiga uyushtirilgan syurpriz

    08.10.2024, 10:46

    Instagram: Feruza Karimova Sherzod Ergashevni plagiatda aybladi, Mavluda Asalxo‘jayeva tug‘ilgan kunini nishonladi, Shohruxxon qiyofadoshi bilan uchrashdi 

    16.10.2024, 11:51

    Instagram: Mirjalol Ne’matov qimmatbaho avtomobil xarid qildi, Dilnoza Habibullayevaning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi, Feruza Normatova Shahzod Sultonovga turmushga c...

    20.10.2024, 20:30

    Hind filmlarida ona obrazini gavdalantiruvchi aktrisalar yoshligida qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto)

    20.10.2024, 23:10

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Qaynonasi bilan til topisha olmagan, ortiqcha vazni sabab tanqidlarga uchragan hind kinosi yulduzi Ayshvariya Ray 51 yoshda (foto)

    04.11.2024, 15:35

    Instagram: Dubayga kelin bo‘layotgan Sitora Farmonova, ilk bor ona bo‘lgan Xonzoda Do‘stova, qiz bazmi o‘tkazgan Dilnoza Habibullayeva

    03.11.2024, 13:28

    Afg‘on qizi Zinat Aman qanday qilib Bollivud kinosanoatida ozod ayol ramziga aylandi?

    07.11.2024, 12:15

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH armiyasi 250 yilligiga parad o‘tkaziladi

    Dunyo | 14 iyun, 17:55

    Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolakayning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 17:35

    Insonning o‘zi bo‘lgan haddan ziyod talabchanligi qanday muammolarni keltirib chiqaradi?

    Layfstayl | 14 iyun, 17:15

    “Sud tizimiga sunʼiy intellektni tezroq joriy etish zarur” — Vladimir Norov

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:55

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    Dunyo | 14 iyun, 16:36

    “Islom Karimov nomidan xat yozib, 700 ming dollar so‘ragan”. O‘qituvchi ayol Samarqand hokimini chuv tushirishga uringan

    O‘zbekiston | 14 iyun, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.