• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12762.53
    • RUB162.66
    • EUR14978.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes Karyera

    Gollivud kinosanoatida ishlaydiganlar qancha maosh oladi?

    Quyida Gollivud kinoindustriyasida ishlaydiganlarning o‘rtacha maoshi haqida ma’lumot beramiz. Ammo kimdir bundan bir necha barobar ko‘p, kimdir esa kamroq olishi mumkin. Bu nafaqat tajribaga, balki insonning qobiliyatlari va hamkorlik qilayotgan kompaniyasiga ham bog‘liq.

    Muharrir

    Muharrirsiz na kino, na teleserial yoki shoularni tasavvur qilib bo‘lmaydi. U yozilgan ssenariyni tahrir qilib, unga tuzatishlar kiritadi. Yodda tutingki, ssenariynavis va muharrir — bu bir xil kasb emas. Ammo ular bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Gollivudda muharrirlarning ko‘pchiligi haftasiga taxminan 4200 dollar maosh oladi. Lekin Disney kabi yirik kompaniyalarda muharrirlar haftasiga 20-25 ming dollar daromad olishadi.

    Kinopublitsist (publitsist)

    Aslida kino va seriallar olamida publitsistlar deb PR mutaxassislarini aytishadi. Ular nafaqat reklama va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha, balki jurnalistika bo‘yicha ham tegishli ta’lim olgan bo‘ladi. Ular yangi mahsulotlarni omma orasida targ‘ib qilish uchun mas’uldir. Ba’zilari o‘zlarining kichik firmalarini ochib, xizmatlar ko‘rsatadi va bu orqali yiliga taxminan 1 million dollar daromad oladi.

    Studiya direktori

    Dastlab studiya rahbari juda katta daromadga ega bo‘lmasligi mumkin, ammo bu ham qanday qarashga bog‘liq. Masalan, Paramount Pictures rahbariga yordamchi izlayotganda taklif qilinadigan ish haqi 50 ming dollardan boshlanadi. O‘sish uchun imkoniyatlar, albatta, mavjud. Studiya direktori o‘rtacha hisobda taxminan 120 ming dollar daromad oladi.

    Yurist

    Kino olamida haqiqiy huquqshunoslarsiz hech narsa qilib bo‘lmaydi, chunki biror aktyor yoki butun bir studiya ham sudga berilishi mumkin. Har bir bitim uchun yuristlar o‘zlariga 5 foiz komissiya olishadi, lekin mijozlardan soatlik haq olinmaydi. Ular yiliga 175 mingdan 250 ming dollargacha daromad olishadi. Yuqori maoshli mutaxassislar esa yiliga 5 milliondan 15 million dollargacha ishlab topadi.

    Rejissyor

    Ridli Skottdek taniqli rejissyorlar bitta to‘liq metrajli film uchun 20 million dollar ishlab topishi mumkin. Ammo boshlovchi rejissyorlar bunday katta daromadga ega bo‘lishi qiyin, ular yiliga atigi 1 million dollar, haftasiga esa 23 767 dollar miqdorida oylik maosh oladi.

    Kaskadyor

    Hayotini xavf ostiga qo‘yib, sog‘lig‘ini qurbon qilib, suratga olish maydonida ishlaydiganlarning maoshi kuniga 1200 dollar yoki haftasiga 4500 dollardan boshlanadi. Agar ularning mahorati yuqori bo‘lsa yoki maydonda duch keladigan xavf juda katta bo‘lsa, kaskadyorlarga ko‘proq pul to‘lanadi.

    Grimyor

    Professional vizajistlar odatda mashhur shaxsni ommaga taqdim qilish uchun 1000 dan 1250 dollargacha haq oladi. Bundan tashqari, ularning agentligini bron qilish uchun 20 foiz miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.

    Chiroq ustasi

    Chiroq ustalari operatorlar bilan ishlaydi va kerakli yorug‘likni ta’minlaydi. O‘z mehnati uchun mutaxassislar soatiga kamida 60,59 dollar oladi, ya’ni haftasiga 3647 dollar ishlab topadi.

    Yulduzning agenti

    Dastlabki bosqichda agentlik vakillari yiliga atigi 80 mingdan 100 ming dollargacha maosh olishadi. Malakalarini oshirganlar esa yiliga 600 ming dollar daromad topishi mumkin.

    Yaqinda Pay Up Hollywood harakati agentliklarda yordamchi xodimlarning maoshlarini biroz oshirishga yordam bergan bo‘lsa-da, ko‘pchilikning fikricha, hali ham juda past darajadagi haq to‘lanadi. Masalan, yirik agentliklardagi yordamchilar soatiga 25 dollar, fastfudda ishlovchilar esa 20 dollar maosh oladi.

    Aktyor

    Aktyorning maoshi, aniqroq aytganda — gonorari, uning qanchalik talabgir va mashhurligiga bog‘liq. Masalan, kichik Robert Dauni Marvel’ning yangi filmlarida Doktor Dum rolini ijro etishi uchun 80 million dollar olgan. Rayan Reynolds esa 30 million dollar oladi.

    Agar seriallarda suratga tushayotgan aktyorlar haqida gapiradigan bo‘lsak, ularning gonorari taxminan har bir qism uchun 1 million dollar atrofida bo‘ladi. Shuningdek, faqatgina 400 mingdan 600 ming dollargacha oladiganlar ham bor. Seriallardagi ikkinchi darajali aktyorlar esa eng kam haq oladi. O‘rtacha hisobda ular sakkiz soatlik ish kuni uchun 216 dollardan ko‘p ololmaydi.

    Prodyuser

    Prodyuser bo‘lish juda foydali: ular muvaffaqiyatli bitimlar uchun deyarli har doim yettita raqamli summalarni olishadi. Agar uzoq yillardan beri ishlayotgan mutaxassislar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular odatda 2 million dollar avans, ish tugagandan so‘ng qolgan summani olishadi. Televideniyega kelsak, ssenariy yozuvchi sifatida parallel ishlamaydigan va studiya bilan shartnoma imzolamagan prodyuserlar pilot seriya uchun gonorar olmaguncha bir tiyin ham topishmaydi. Bu gonorar odatda 15 mingdan 50 ming dollargacha bo‘ladi.

    Ssenariynavis

    Agar inson faqat ssenariynavis sifatida ishlasa va loyihasini kompaniyalarga sotsa, qoralamaning o‘rtacha narxi 350 mingdan 500 ming dollargacha bo‘ladi. Mashhur mualliflar qoralama ssenariy uchun 1 million dollardan ko‘proq daromad olishi mumkin. Yakuniy versiya uchun esa ssenariynavis bonus sifatida 150 mingdan 500 ming dollargacha oladi.

    Bosh direktor

    Turli studiyalarning bosh direktorlariga gildiyalarning ish tashlashlari ham ta’sir qilmagan. Masalan, Netflix kompaniyasining bosh direktori Ted Sarandos 2023-yilda 49,8 million dollar daromad olgan. Disney kompaniyasining bosh direktori Robert Ayger ishga qaytgan birinchi yilda 31,6 million dollar ishlab topgan. Hatto qiyin ahvolda bo‘lgan Warner Bros. Discovery kompaniyasining rahbari Devid Zaslav ham 2023-yilda 49,7 million dollar daromad qilgan.

    12.11.2024, 20:55   Izoh (0)   10727
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#kinosanoat#rejissyor#prodyuser#aktyor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xiyonatdan keyin oilasini saqlab qola olgan yulduzli juftliklar

    09.07.2020, 15:19

    Gollivud yulduzlarining faoliyati davomida olgan eng qimmat gonorarlari

    20.07.2020, 15:50

    “Muhtasham yuz yil”dagi Xadicha sulton va Gollivud aktyori Orlando Blum o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

    11.09.2020, 19:22

    “Bu jahannamning o‘zginasi”. Gollivud aktrisalari murakkab rollariga qanday tayyorgarlik ko‘radi? (foto)

    29.11.2020, 12:46

    Di Kaprio, Tom Kruz va Silvester Stallone: Jarohatlanganiga qaramay rol ijro qilishdan to‘xtamagan aktyorlar (foto)

    06.12.2020, 14:46

    Dipika Padukone, Priyanka Chopra: Bollivudning eng badavlat 10 aktrisasi (foto)

    20.12.2020, 12:27

    Bollivud yulduzlarining bor-budidan ayrilishiga sabab bo‘lgan filmlar

    04.01.2021, 09:15

    Klassikaga aylangan filmlardagi bosh rollarni qo‘ldan chiqargan Gollivud aktyorlari (foto)

    09.01.2021, 09:58

    Dunyodagi eng badavlat aktyor qanday ko‘rinishga ega va nega uni ko‘pchilik tanimaydi? (foto)

    05.07.2021, 19:55

    Mashhur filmlar aslida qanday suratga olingani haqida taassurot uyg‘otuvchi suratlar

    06.10.2021, 20:55

    Roli uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan aktyorlar (foto)

    07.01.2022, 11:53

    “Devdas”ni ko‘rayotganimda Ayshvariyadan ko‘z uza olmaganman — Bollivud aktyorlari bilan ishlashni orzu qiladigan Gollivud yulduzlari 

    20.09.2023, 14:48

    “Pul muammo emas”. Gollivud yulduzlarining qimmatbaho xaridlari

    05.11.2024, 11:20

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    06.11.2024, 23:00

    Jim Kerrining qizi qaysi sohani tanlagan? Aktyorning yagona farzandi hayotidan tafsilotlar (foto)

    06.11.2024, 15:57

    Ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan mashhur aktyor va aktrisalar

    07.11.2024, 11:25

    Gollivud aktyori Richard Gir Amerikani butunlay tark etishga qaror qildi

    07.11.2024, 13:25

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Gollivud aktrisasi Jennifer Enistonning Los-Anjelesdagi noodatiy dizaynga ega uyiga sayohat (foto)

    08.11.2024, 14:35

    Gollivud yulduzlarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    08.11.2024, 16:49

    Aqldan ozgan muxlis, akula hujumi, suratga olish paytidagi klinik o‘lim: hayotdan ko‘z yumishiga oz qolgan Gollivud yulduzlari 

    09.11.2024, 12:40

    “Aslida Rouz jon saqlagan narsa eshikmasdi”. Keyt Uinslet “Titanik”ning o‘sha mashhur sahnasi haqida

    11.11.2024, 17:57

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina avgust oyining oxirigacha Putin va Zelenskiy uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi” — Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi

    Dunyo | 24 iyul, 00:39

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.