Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 18-avgustda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 34,59 so‘mga tushib, 12 547,38 so‘m bo‘ldi;
- yevro 32,88 so‘mga pastlab, 14 665,38 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,73 so‘mga tushib, 157,02 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 581,97 so‘m bo‘lgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24-iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgan.
Dollar kursining pastlashiga turki beruvchi bir qancha omillar mavjud. Ulardan biri — bu eksport tushumlarining, xususan, oltin sotuvining keskin o‘sishi hisoblanadi.
Izoh (0)