• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Shou-biznes

    Hamkasblari fikriga ko‘ra birga ishlash maroqli bo‘lgan 5 nafar aktyor

    Filmni suratga olish guruhi turli vazifalarni bajaradigan yuzlab a’zolardan iborat bo‘ladi. Gollivud olamida ishchi guruh bilan turli nizolarga borgan aktyorlar va ularning tortishuvlari haqidagi xabarlar odatiy holdir.

    Ammo tanganing ikkinchi tomoni bo‘lgani kabi, katta kino sanoatida hamkasblari bilan doimo iliq munosabatda bo‘lgan va barchada yaxshi taassurot qoldirgan mashhurlar ham talaygina. Quyida yulduzlik kasaliga chalinmagan va mojaroli xabarlarda ismlari hech qachon tilga olinmagan aktyorlarni ko‘rib chiqamiz.

    Dueyn Jonson

    Foto: Dzen

    Dueyn Duglas Jonson, “Qoya” laqabi bilan ham tanilgan. U nafaqat Gollivudning eng yuqori maosh oladigan iste’dodli aktyori va biznesmen, balki muxlislari orasida yaxshi nom olgan insondir. Aktyor haqida kamdan kam yomon xabarlarni eshitish mumkin, uning hamkasblar Dueynni mehribonligi, samimiyligi va ijobiy energiya tarata olishi bilan maqtaydi.

    Jonsonning “Malibu qutqaruvchilari” filmidagi hamkasbi Zak Efron aktyor haqida ko‘p bor yaxshi fikrlarni bildirgan. U “Qoya”ning xarakterini yildan yilga ochilib boradigan gulga o‘xshatgan.

    Jorj Kluni

    Foto: Dzen

    Jorj Kluni Gollivuddagi eng yirik yulduzlardan biri bo‘lib, u “Oushenning o‘n ikki do‘sti”, “Betmen va Robin”, “Tundan tonggacha” va boshqa ko‘plab filmlari bilan mashhur. Aktyor butun dunyoga shunchalik tanilganki, Kluni aktyorlik faoliyatini to‘xtatsa ham, ko‘p yillar davomida taniqli yulduz bo‘lib qolishi shubhasiz.

    Katta gonorarlar, hashamatli uylar, mashhurlik va millionlab muxlislarga ega bo‘lish Jorj Klunining shaxsiyatiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Uning hamkasblari Jorjning xarakterini tez-tez maqtab turadi.

    “Yovvoyi g‘arb dunyosi” bosh aktrisalaridan biri Evan Reychel Vud “Mart kunlari” filmida birgalikda ishlashda juda ko‘p ijobiy tajribaga ega bo‘lganini aytdi. Suratga olish ishlarida Kluni o‘zini dono, xushchaqchaq va yulduzlik kasaliga chalinmagan shaxs sifatida namoyon qilgan. U ishchi guruhning har bir a’zosiga hurmat bilan murojaat qilgan.

    Hyu Jekman

    Foto: Dzen

    “Rosomaxa”ni ham hamkasblari doim yaxshi ta’riflar bilan eslaydi. Biz aktyorni qattiqqo‘l Logan obrazi orqali taniganmiz, hayotda esa u butunlay boshqacha bo‘lib, tabassum va ijobiy kayfiyat uning doimiy hamrohidir.

    Jekmanning hamkasbi — professor Ksavyer rolini o‘ynagan Patrik Styuart uni hazilkash, kulgili va shirinso‘z ekanini aytgan.

    Tom Henks

    Foto: Dzen

    Internet va shou-biznes olamidagi turli janjallarga to‘la davrda mukammal obro‘ga ega aktyorni topish mushkul. O‘tmishdagi biror voqea haqida birgina xabar aktyorning uzoq yillar yig‘gan hurmatini to‘kib yuborishi mumkin.

    Tom Henks esa ideal obro‘ga ega kamyob aktyorlardan biridir. Uning xarakteri “Forrest Gamp”da o‘ynagan o‘sha xushmuomala yigitnikiga o‘xshaydi. Tom haqiqatan ham tasodifiy odamlar bilan suratga tushishni yoki to‘satdan paydo bo‘lib, ko‘chadagi insonlar suratlarini “buzishni” yaxshi ko‘radi. Aktyorni kamdan kam g‘azablangan yoki asabiylashgan holatda ko‘rish mumkin. U bilan birga ishlagan barcha hamkasblari Henks haqida faqat yaxshi gaplarni aytishadi. Misol uchun, aktrisa Emma Uotson “Sfera” filmida ishlagandan keyin Tomni haqiqiy qahramon deb atagan.

    Kianu Rivz

    Foto: Dzen

    Albatta, ushbu ro‘yxatni internetda eng yoqimli aktyorlardan biri deb hisoblangan Kianu Rivzsiz tuzib bo‘lmas edi. Hayoti fojiali voqealarga to‘la bo‘lganiga qaramay, Kianu yulduzlik kasaliga chalinmadi. Aksincha, u orttirgan boyliklarini yanada ko‘proq ezgu amallar qilishga sarfladi.

    U “Matritsa” filmi uchun olgan yirik gonorarini uy, mashina va zargarlik buyumlariga emas, balki xayriya va hadyalarga sarfladi. Rivz barcha pullarni vizajist, kompyuter texniklari va kadr ortidagi boshqa mehnatkashlarga taqsimlab berdi. Shuningdek, har bir kaskadyor Kianudan sovg‘a tariqasida qimmatbaho velosipedlar oldi.

    Umuman olganda, Kianuning xayrli ishlari ro‘yxatini cheksiz davom ettirish mumkin. “Professional” filmini suratga olish jarayonida muxlislar uni bir necha soat davomida suratga olish maydonchasi yonida kutishgan. Hamma aktyorlar ularga e’tibor bermay, syomka binosidan chiqib ketgan bo‘lar edi, lekin Kianu barcha bilan suratga tushgan, dastxatlar bergan va hatto ular bilan suhbatlashgan.

    06.11.2024, 23:00   Izoh (0)   7661
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#Kianu Rivz#Jorj Kluni#Dueyn Jonson

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chorak asr avval. Gollivudning eng mashhur yulduzlari 25 yil ichida qanchalik o‘zgardi? (foto)

    16.11.2020, 14:41

    Gollivud yulduzi Sandra Bullok haqida 14 ta qiziqarli fakt (foto)

    19.08.2021, 09:56

    Filmlarda haqiqiy oshiqlardek ko‘rinsa-da, ammo real hayotda do‘st bo‘lib qolishga qaror qilgan Gollivud yulduzlari

    06.11.2022, 14:57

    Gollivud yulduzi Sandra Bullok vaqtinchalik tanaffusga chiqqanini e’lon qildi — 57 yoshli aktrisa 49 ta filmda ajoyib obrazlar yaratgan

    29.11.2022, 09:49

    Ulkan qalb egalari: mehribon va samimiyligi bilan muxlislar ko‘nglini zabt etgan Gollivud aktyorlari haqidagi hayotiy voqealar

    01.12.2023, 09:57

    Filmdagi roli uchun maxsus ko‘nikmalarni egallagan aktyorlar

    14.12.2023, 16:40

    Gollivud aktyori Kianu Rivz o‘zining birinchi romanini chiqarishni rejalashtirmoqda

    16.01.2024, 14:20

    Gollivud yulduzlari ijro etishni orzu qilgan mashhur obrazlar (foto)

    09.02.2024, 15:50

    Qimmatbaho avtomobil va kiyimlarga o‘ch emas: kamtarona yashaydigan badavlat mashhurlar (foto)

    16.04.2024, 14:51

    Bryus Li, Jeki Chan va Harrison Ford: filmlarda xavfli tryuk bajarib, hayotini xavf ostiga qo‘ygan aktyorlar

    01.06.2024, 16:30

    Ba’zida hatto mahoratli aktyor va aktrisalar ham filmni buzib qo‘yishlarining 4 sababi

    03.07.2024, 09:50

    Gollivud yulduzi Jonni Depp qaysi filmda 150 ta so‘z aytgani uchun 1,5 million dollar olgan? 

    08.08.2024, 18:40

    Muvaffaqiyatga erishish uchun diplom shart emas: maktabni tugatolmagan jahon yulduzlari (foto) 

    08.09.2024, 13:50

    Bitta filmda suratga tushib, 100 mln dollardan ko‘proq pul ishlagan Gollivud aktyorlari

    11.09.2024, 15:57

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    Aktyor Kianu Rivz professional avtopoygada debyut qildi, ammo mashinasi trassadan chiqib ketdi (video)

    09.10.2024, 10:50

    Smartfonlardan umuman foydalanmaydigan mashhurlar (foto)

    22.10.2024, 13:35

    Oilasini karyerasidan ustun qo‘ygan Gollivud yulduzlari (foto)

    24.10.2024, 10:40

    Farzandlarini ommaga ko‘rsatmaydigan jahon kinosi yulduzlari

    29.10.2024, 17:49

    Yaqin qarindosh ekanliklarini ko‘pchilik bilmaydigan mashhur aktyorlar (foto)

    25.10.2024, 13:40

    Keyt Uinslet ishtirokidagi “Buyuk ayol” filmini tomosha qilish uchun 5 sabab

    26.10.2024, 16:10

    Gollivud sohibjamolining qora tomoni: Enn Heteuey bilan bog‘liq mojarolar

    31.10.2024, 16:45

    “Menda buncha nafrat zaxirasi yo‘q”. Jonni Depp “hayotini jahannamga aylantirgan” sobiq rafiqasi Ember Hyordni kechirgani haqida

    29.10.2024, 18:57

    Jonni Depp kinoga qaytmoqda: aktyor yangi filmda Penelopa Krus bilan suratga tushadi

    31.10.2024, 12:55

    Gollivudning mashhur aktyorlari o‘rtasidagi ko‘pchilikning xayoliga ham kelmagan munosabatlar

    02.11.2024, 13:55

    Gollivud yulduzi Salma Hayek milliarderning rafiqasi bo‘lsa-da, ishlashda davom etayotganiga izoh berdi

    01.11.2024, 13:50

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    “Pul muammo emas”. Gollivud yulduzlarining qimmatbaho xaridlari

    05.11.2024, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qozog‘istonda EC-145 harbiy vertolyoti yo‘qolib qoldi

    Dunyo | 25 iyul, 18:35

    Yil boshidan buyon dunyo bo‘ylab 9 mln dan ortiq elektromobil sotildi

    Dunyo | 25 iyul, 18:25

    Surxondaryoda YPX xodimini haqorat qilgan ayol 4 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 18:10

    Xitoyda kabob tayyorlash bo‘yicha birinchi institut tashkil etiladi

    Dunyo | 25 iyul, 18:00

    O‘zbekiston oltin va gaz eksportini keskin oshirdi

    Iqtisodiyot | 25 iyul, 17:50

    2025-yilning eng yaxshi smartfonlari e’lon qilindi. Reyting yetakchisi — Samsung Galaxy S25 Ultra

    Gadjetlar | 25 iyul, 17:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.