• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Bolalarning so‘nggi tilagini amalga oshirgan, uysizlarga yordam bergan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan tanilgan Gollivud aktyorlari

    Gollivud yulduzlari sahna va ekranlarda o‘z mahoratini ko‘rsatibgina qolmay, real hayotda saxovat va mehr-oqibat namunasi bo‘la olishadi. Quyida og‘ir hayotiy sinovlarga duch kelgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zgan va boshqa insoniylik fazilatlari bilan yanada ko‘proq ehtirom qozongan aktyorlar hikoyalarini keltiramiz.

    Pol Uoker juftlikka olmos uzuk sovg‘a qilgan

    Foto: Dzen

    2004-yilda Kayl Apxem va uning o‘sha paytdagi qallig‘i, hozirgi rafiqasi Kristen bilan zargarlik do‘konlaridan birida brilliant ko‘zli uzuk qidirayotgan edi. Ulardan tashqari, do‘konda yana bir xaridor bor edi, lekin juftlik unga e’tibor qaratmadi.

    Erkak Kayl va Kristenga qimmatroq buyumlarni ko‘rishni maslahat berdi, ammo juftlik bunga puli yetmasligini tan oldi. Suhbatdan so‘ng ular nihoyat Pol Uokerni tanidi. Kayl aktyorga armiyada xizmat qilgani va yaqinda ikkinchi marta Iroqqa ketishi haqida aytib berdi. Safardan oldin Kayl bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga uzuk sovg‘a qilishni istagan edi.

    Kristenning eslashicha, Kaylning askarligini eshitgan Polning yuzi o‘zgardi. O‘sha kuni juftlik hech narsani tushunmay, do‘konni tark etdi. Yoshlar hech narsa sotib olmadi — olmos ko‘zli uzuklardan biri qizga yoqqan bo‘lsa-da, bunday taqinchoq juftlikka qimmatlik qildi.

    Foto: Dzen

    Ammo tez orada ular kutmagan ish bo‘ldi: do‘kon xodimi qo‘ng‘iroq qilib, ulardan 9 ming dollarlik uzukni olib ketishni so‘radi. Uzuk pulini noma’lum kishi to‘lagan edi. Yoshlar buni bilishga harakat qildi, ammo do‘kon xodimlari bu odam kim ekanligini oshkor etmadi.

    Haqiqat 2013-yilda yuzaga chiqdi. Brayan O’Konnor rolini o‘ynagan “Forsaj” filmlari yulduzi jangovar filmning yettinchi qismini suratga olish vaqtida avtohalokatda vafot etadi. Shundan keyingina do‘kon maslahatchilaridan biri ushbu voqeani jurnalistlarga aytib beradi va anonim odam aslida Uoker ekanligi tasdiqlanadi.

    Kianu Rivz xayriya tashkilotlarini anonim tarzda boshqaradi

    Foto: Dzen

    Kianu Rivz o‘zining saxiyligi va xayriya ishlari bilan tanilgan. U bolalar shifoxonalariga muntazam ravishda mablag‘ ajratib, hatto o‘z xayriya jamg‘armasini tashkil etgan. Biroq u bu faoliyatini anonim tarzda olib boradi, shuning uchun jamg‘armaning nomi va qaysi shifoxonalarga yordam berayotgani haqida ma’lumotlar ommaga oshkor qilinmagan.

    Tom Kruz mashina urib yuborgan qizni kasalxonaga olib borgan va davolanish xarajatlarini to‘lagan

    Foto: Dzen

    Filmlarda Tom Kruz ko‘pincha dovyurak va jasur qahramonlarni ijro etadi va bu jihatlar haqiqiy hayotdagi Tom uchun ham xosdir. 1996-yilda aktyor Santa Monikada 23 yashar qizni mashina urib ketganiga guvoh bo‘lgan. Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilgan Kruz tibbiyot xodimlari yetib kelgunicha qizning oldidan jilmagan. Jabrlanuvchining tibbiy sug‘urtasi yo‘qligini bilganidan keyin esa o‘z hisobidan 7000 dollar to‘lagan. Qiz bu vaqtda Tomni tanimagan va o‘ziga kelgachgina, Gollivud yulduzi unga yordam berganini bilgan.

    Bu hali hammasi emas. Oradan yillar o‘tib yana Tom Kruz yana bir necha marta jonbozlik ko‘rsatgan. Qo‘shni ayol mashinadan tushganida zo‘ravonlar uni o‘rab olib, 153 ming dollarlik taqinchoqlarini yulib, olib ketmoqchi bo‘lgan. Shu vaqt Tom qo‘riqchilari bilan birga paydo bo‘lgan va jinoyatchilarni haydab yuborgan.

    Xarrison Ford skaut bolani qutqargan

    Foto: Dzen

    “Yulduzlar jangi” filmida Xarrison Ford uchuvchi Xan Solo rolini o‘ynagan. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor real hayotda ham uchuvchilik mahoratiga ega. U tajribali vertolyot boshqaruvchisi bo‘lib, bo‘sh vaqtida bedarak yo‘qolganlarni izlab topish va ularni qutqarish bilan shug‘ullanadi. 2001-yilda Ford Yutadagi skaut bolalardan biri yo‘qolib qolganini eshitgach, yordamga keladi.

    Skaut bolalar — bu 11-18 yosh oralig‘idagi o‘smir yigitlardan iborat xalqaro yoshlar harakati a’zolari. Ular tabiat qo‘ynida yashash, o‘ziga va boshqalarga yordam bera olish, jamoada ishlash, yetakchilik kabi ko‘nikmalarni o‘rganishadi.

    Foto: Dzen

    13 yoshli bola o‘z guruhidan ajralib qolib, butun yomg‘irli tunni Yelloustoun milliy bog‘i yaqinida o‘tkazgan. Xarrison hech ikkilanmasdan o‘z vertolyotida havoga ko‘tarilgan va bir necha soatdan so‘ng bolani lageridan 16 kilometr uzoqlikdan topgan.

    2000-yilda Xarrison Ford Idaxo tog‘larida yo‘qolgan sayyoh Sara Jorjni o‘zining vertolyoti bilan qidirib topib, qutqarib qolgan. Shuningdek, 2017-yilda Kaliforniyada avtohalokatga uchragan yosh ayolga yordam berib, uni xavfsiz joyga olib chiqishda yordam bergan.

    Alan Rikman restorandagi to‘lovlarini doim o‘zi to‘lagan va begona bolalarga “Garri Potter” filmini suratga olish ishlarini ko‘rsatgan

    Foto: Dzen

    Severus Sneyp rolini o‘ynagan Alan Rikman shunday odam edik, do‘stlari va yaqin insonlar uchun restoran to‘lovlarini doim o‘zi amalga oshirar edi. Agar boshqa birov to‘lash uchun o‘rnidan tursa ham, Alan mo‘jizaviy epchillik bilan birinchi bo‘lib ofitsiantga kartasini uzatar edi.

    Boshqa aktyorlarning so‘zlariga ko‘ra, Alan “Garri Potter” asarini sevib o‘qigan ko‘plab notanish bolalarni olib kelib, ularni sahna ortida bo‘layotgan ishlarni ko‘rsatgan. O‘sha bolalardan biri Jey 15 yoshda edi. U umrining so‘nggi haftalarini “Garri Potter”da o‘ynashni orzu qilib o‘tkazayotgan edi. Prodyuser Paula Dyupre Jeyning istagini eshitgach, unga hech qanday yordam bera olmasligini aytgan, lekin Rikman aralashib, bolaning qo‘lidan ushlab, uni Remus Lyupin olib borayotgan dars sahnasidagi bolalar orasiga qo‘shib qo‘ygan. Ammo marhum Jey filmdagi bu kadrdan joy olmagan.

    Robin Uilyams uysizlarga yordam bergan

    Foto: Dzen

    Biror film suratga olishdan avval shartnoma tuzilganda aktyorlar nafaqat gonorar miqdoriga, balki suratga olish maydon sharoitlari, yashash tarzi, parvoz chiqimlari va shaxsiy ehtiyojlariga ham alohida e’tibor berishadi. Ammo aktyor Robin Uilyams rejissyorlarga ajoyib shart qo‘yar edi: agar studiya u bilan ishlashni istasa, har bir filmni suratga olish paytida suratga olish joyi yoki ko‘chadagi uysiz odamlarni yollashga majbur bo‘lishgan.

    Uysizlar oddiy vazifalarni bajarishar: asbob-uskunalarni ushlab turar yoki kichik epizodlarda chiqishlari kerak bo‘lgan. Eng asosiysi, ularga vaqtincha boshpana va kundalik maosh berib turilgan va uysizlar o‘zini tiklab olishlari uchun imkoniyat berilgan. Karyerasining oxiriga kelib Robin 1500 dan ortiq boshpanasizlarga shu tariqa yordam bergan.

    Jon Sina o‘lim yoqasidagi bolalarning 600 dan ortiq orzu va tilaklarini bajargan

    Foto: Dzen

    1980-yilda Arizona shtatining Feniks shahrida yashashga oz vaqtlari qolgan bolalar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etildi. Amerikalik aktyor Jon Sina “Make A Wish” jamg‘armasi orqali 650 dan ortiq bolalarning orzu va tilaklarini amalga oshirib, yangi rekord o‘rnatgan. Mazkur jamg‘arma og‘ir kasallikka chalingan 2,5 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning tilaklarini bajarishga yordam beradi.

    U 2002-yilda ilk bor ushbu jamg‘arma bilan hamkorlikni boshlagan va o‘shandan beri ko‘plab yosh bolalarning orzularini ro‘yobga chiqargan. Jon Sina ushbu faoliyati davomida bolalar va ularning oilalariga quvonch ulashib, ko‘plab yosh qalblarga umid baxsh etgan.

    Kolin Farrell bir odamning hayotini o‘zgartirib yuborgan

    Foto: Dzen

    Toronto ko‘chalarida kezib yurgan Kolin Farrell tasodifan o‘zi tanimagan uysiz odam bilan suhbat qurib, bir necha daqiqadan so‘ng uni kiyim-kechak do‘koniga borishga taklif qilgan. U yerda erkak xohlagan narsasini olishni buyurgan. Umumiyi hisob ikki ming dollardan oshib ketgan. So‘ng Kolinning yangi tanishi vaqtincha biror joyda xonani ijaraga yashab turishi uchun yana 830 dollar bergan. Aktyor keyingi yillarda ham u bilan aloqada bo‘lishda davom ettirdi. Bir paytlar boshpanasiz qolgan yigit Farrel tufayli yangi hayot boshladi.

    18 fevral, 15:02   Izoh (0)   4964
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bolaligidayoq mashhurlikka erishgan, ammo uni saqlab qololmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12 yanvar, 18:30

    Gollivud yulduzi Anjelina Joli 2007-yildan beri filmlarda suratga tushishga qiynalayotgani haqida so‘zlab berdi

    8 yanvar, 18:01

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    “Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson to‘yini Karib orollarida o‘tkazdi

    9 yanvar, 16:50

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    Bayden yong‘inlar tufayli so‘nggi xorijiy safarini bekor qildi 

    9 yanvar, 18:40

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Peris Hilton, Mel Gibson va boshqa ko'plab yulduzlar Kaliforniyadagi kuchli yong‘inlar tufayli uylaridan ayrildi

    11 yanvar, 18:05

    Los Anjelesdagi yong‘in boy-u kambag‘alni birlashtirdi: Sheron Stoun yuk mashinalarida oziq-ovqat tarqatdi, Jeymi Li Kertis 1 million dollar xayriya qildi (foto)

    13 yanvar, 15:40

    Fransiyalik ayol soxta Bred Pitt uchun eri bilan ajrashdi va 850 ming dollar pulini yo‘qotdi

    15 yanvar, 12:48

    Los Anjelesdagi yong‘in qurbonlariga Leonardo Di Kaprio 1 million dollar xayriya qildi, Jennifer Lopes esa kiyim-kechaklar tarqatdi

    17 yanvar, 15:45

    Aktyor Timoti Shalame film taqdimotiga velosipedda kelgani uchun jarimaga tortildi

    20 yanvar, 19:11

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48

    Gollivudning afsonaviy aktrisalari hayotini boshqa rakursdan ko‘rsatib beradigan qiziqarli faktlar 

    23 yanvar, 16:46

    “Kalmar o‘yini”ning ikkinchi mavsumida koreyalik xonandalar, reperlar, hatto K-pop aydollari ham rol o‘ynaganini bilarmidingiz?

    24 yanvar, 09:39

    Klassik Ferrari’dan yangi Mercedes’gacha. Boks afsonasi Mayk Tayson kolleksiyasida qanday avtomobillar bor?

    25 yanvar, 11:06

    64 yoshli aktyor Jan-Klod Van Damm o‘zining mashhur raqsini takrorladi (video)

    25 yanvar, 14:40

    “Gollivud Bred Pitt tomonda”: Anjelina Joli “Oskar”ga nomzodi qo‘yilmaganidan xafa bo‘ldi

    27 yanvar, 09:30

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    “Terminator”dan “Moana”gacha: Gollivud kinosanoatidagi eng shov-shuvli plagiatlar

    29 yanvar, 16:45

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    Okean sohillarida joylashgan 10 ta jannatmonand plyaj (foto)

    13 fevral, 12:42

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.