Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi 2021-yil avgust oyida Germaniya O‘zbekiston orqali fuqarolarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilganini yodga olib, bu jarayon uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirdi.

“Bu jarayon O‘zbekiston hamkorligisiz amalga oshmagan bo‘lardi: Germaniya Toshkent aeroporti orqali o‘z fuqarolarini xavfsiz hududga olib chiqib, Germaniyaga yetkazdi. Ushbu imkoniyatni tez va samarali ta’minlagan O‘zbekiston hukumati hamda barcha tegishli idoralarga minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi elchixona xabarida.


2021-yil 16-avgust kuni Germaniya Bundesverfi (harbiy havo kuchlari) Kobulda evakuatsiya dasturiga start bergandi.
Operatsiya davomida 16–26-avgust oralig‘ida:
- 530 nafar nemis fuqarosi,
- taxminan 4 400 nafar afg‘on (masalan, sobiq hamkorlar, yo‘qotishlarda xavf ostida bo‘lganlar),
- yana 360 dan ortiq Yevropa va boshqa davlatlar fuqarolari evakuatsiya qilindi.
Kobuldan harbiy samolyotlar evakuatsiyani amalga oshirgan bo‘lsa, Toshkentdan fuqarolar Lufthansa va Uzbekistan Airways orqali olib ketilgan.
O‘shanda Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Twitter’dagi o‘z sahifasida evakuatsiya paytida ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgandi. “Men juda keskin vaziyatda ishonchli sherik bo‘lgan O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildiraman. Biz buni unutmaymiz”, deb yozgandi vazir.
Izoh (0)