Har bir yovuz qahramon ortida kuchli aktyorlik mahorati yotadi. Zero, ijobiy rollarni ijro etib, tomoshabinlar e’tiboriga tushish oson, yovuz qahramonlarni tasvirlash esa barcha aktyorlarning qo‘lidan kelavermaydi. Bugungi qahramonlarimiz esa salbiy obrazga kirishda katta tajribaga ega.
Uillem Defo

Foto: Europa Plus
Uning birgina yovuz tabassumi tomoshabinda qo‘rquv hissini paydo qiladi. Aktyor antagonist rollarini shunchalik ko‘p o‘ynaganki, uni mehribon obraz sifatida hatto tasavvur qilish qiyin.

Foto: Europa Plus
“Bolaligimda yovuz qahramonlarni eng zo‘r obrazlar sifatida ko‘rar edim. Ular men uchun filmning eng yorqin ijodkorlari edi. Men ham aynan salbiy rollarda o‘z obro‘yimga ega bo‘ldim. Katta kinostudiyalar men ishtirok etgan loyihalar muvaffaqiyatini takrorlash uchun yangidan-yangi takliflar bera boshlashi meni quvontirar edi”, deya eslaydi Defo.
Helena Bonem Karter

Foto: Europa Plus
Aktrisa Helena Karter ekranlarda asosan yovuz ayol obrazida chiqadi. U har qanday janrdagi filmlarda mahorat bilan rol ijro etishiga qaramay, uning aynan salbiy qahramonlari chinakam san’at asari darajasida baholanadi. Karter “Alisa mo‘jizalar mamlakatida”gi Qizil malika va Garri Potter franshizasidagi Belatriks Lestreyj kabi rollari bilan juda faxrlanadi.

Foto: Europa Plus
“Ko‘chada meni ko‘rib, tanib qolgan yosh bolalar mendan qo‘rqishadi, lekin yonimdan ketmay, menga qiziqish bilan boqishadi. Demak, obrazim shunchalik yorqin bo‘lganki, bolalar xotirasida muhrlanib qolgan”, aktrisa.
Xoakin Feniks

Foto: Europa Plus
Iste’dodli aktyor nafaqat Joker obrazi bilan, balki boshqa ko‘plab rollari bilan mashhur. Uning “Gladitor” filmidagi Rim imperatori Kommod obrazi katta katta kinoga kirib kelishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Europa Plus
Xoakin Feniks yovuz obrazlarni gavdalantirishda o‘ziga xos uslubi bilan ajralib turadi. U xarakterga chuqur kirish uchun noan’anaviy yo‘llardan ham foydalanadi. Hamkasblarining so‘zlariga ko‘ra, Xoakin suratga olish paytida rolga sho‘ng‘ib ketish uchun uni so‘kish va haqorat qilishlarini so‘ragan.
Devid Tennant

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus
Shotlandiyalik aktyor o‘zining yovuz va qo‘rqinchli rollari bilan ajralib turadi. Devid Tennant “Doktor kim” serialida o‘ninchi shifokor roli bilan tanilgan. Aktyor “Garri Potter va alanga kubogi” filmida Voldemort izdoshi Barti Krauch,“Kazanova” serialida Jako Kazanova rollari bilan mashhur.
Donald Sazerlend

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus
Aktyor “Hayot-mamot o‘yinlari” filmining eng yorqin yovuz qahramoni bo‘lgan. Aktyor filmdagi vahshiy ovozli xarakterdan o‘zi ham qo‘rqishini tan oladi.
Mads Mikkelsen

Foto: Europa Plus

Foto: Europa Plus
Mads Mikkelsen ezgu obrazlardan ko‘ra ko‘proq dahshatli qahramonlar va antagonistlarni ijro etishni afzal ko‘rganini ikkilanmasdan tan oladi. Uning fikricha, yaxshilik sari eltadigan obrazlar tomoshabin uchun ko‘pincha qiziqarli bo‘lmaydi.
Entoni Xopkins

Foto: Europa Plus
Aktyor o‘zining uzoq yillik faoliyati davomida 140 dan ortiq loyihalarda rol o‘ynagan. U ikki marta “Oskar” va to‘rtta BAFTA mukofotiga sazovor bo‘lgan. 87 yoshli aktyor Entonining xarizmasi tomoshabinda katta taassurot uyg‘otadi.

Foto: Europa Plus
Aktyorning shaxsan o‘zi faxrlanadigan antagonist obrazi haqida shunday deydi:
“Kinoda men tasvirlagan eng katta yovuz odam bu Adolf Gitlerdir. Hayron qolishingiz mumkin, lekin ‘Qo‘zilar sukunati’ mening sevimli filmlarimdan biri emas. Mazkur loyihani men hatto oxirigacha ko‘rmaganman”, deya tan oladi aktyor.
Izoh (0)