Angliya Premyer Ligasining 34-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Liverpul” “Tottenhem”ni 5:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi va mazkur natija evaziga muddatidan avval chempionlikni naqd qildi.

O‘tgan yilning yozida “Liverpul” bosh murabbiyligiga tayinlangan Arne Slot ilk mavsumdayoq oltin medallarni o‘ziniki qilishni uddaladi. Mersisaydliklarning oldingi ustozi Yurgen Klopp jamoani to‘qqiz yil davomida boshqargan hamda faqat bir marta — 2019/20-yilgi mavsumda Angliya chempioni bo‘lgandi.
Joriy mavsumda “Liverpul” 34 uchrashuv o‘tkazib, 82 ochko to‘plashni uddaladi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Arsenal” xuddi shuncha o‘yin o‘tkazib, 67 ochkoga ega chiqqan.
Izoh (0)