“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim Liga kubogi chorak finalida Londonning “Tottenhem”iga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng “qizil iblislar”ning kelajakdagi asosiy maqsadini aytdi.
“Men allaqachon ertangi kun haqida o‘ylayapman va hozir hech narsa his qilmayapman. Ertaga ko‘p narsalarni aytishim mumkin bo‘ladi. Bu kechani fikrlash va xulosalar qilish uchun foydalanishimiz kerak. Kubokni yutish hammasi yaxshi ekanini anglatmaydi. Bu — uzoq yo‘l. Bizning maqsadimiz – Premyer Ligada g‘alaba qozonish. Bu uchun qancha vaqt kerak bo‘lishini bilmayman”, deya Sky Sports Amorimning so‘zlarini keltirdi.
Ma’lumot uchun, kecha 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” “Tottenhem”ga 4:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Navbatdagi uchrashuvda “Manchester Yunayted” APL doirasida “Bornmut”ga qarshi maydonga tushadi.
Shunday qilib kubok yarim finali yo‘llanmasini “Arsenal”, “Liverpul” va “Nyukasl” va “Totenhem” klublari qo‘lga kiritdi.
Angliya Liga Kubogi
1/4 final
19-dekabr, payshanba
“Tottenhem” — “Manchester Yunayted” 4:3
Gollar: 1:0 — Solanke (15), 2:0 — Kulusevski (47), 3:0 — Solanke (54), 3:1 — Zirkze (63), 3:2 —Diallo (75), 4:2 — Son (88), 4:3 — Evans (90+5).
“Tottenhem”: Forster, Spens (Regilon, 90+1), Dregushin, Porro, Grey, Bissuma, Sarr, Meddison (Bergvall, 79), Kulusevski, Son, Solanke (Jonson, 90).
“Manchester Yunayted”: Bayindir, Martines, Lindelyof (Evans, 45), Yoro, Fernandesh, Antoni (Diallo, 55), Dalot, Mazraui, Ugarte (Garnacho, 70), Eriksen (Maynu, 56), Hoylund (Zirkze, 56).
Ogohlantirishlar: Sarr (23), Mazraui (25), Meddison (78), Bayindir (88), Fernandesh (90+1), Bergvall (90+8).
Izoh (0)