So‘nggi oylarda Vinisius Juniorning kelajagi borasida turli mish-mishlar tarqaldi. Saudiya Arabistonining yirik moliyaviy taklifi braziliyalik yulduzni “Real Madrid”dan olib ketishi mumkin edi. Biroq Defensa Central nashri xabariga ko‘ra, Vinisius “qaymoqranglilar” bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi.

Natijada, “An-Nassr” klubi bu yozgi transferlar oynasida boshqa futbolchiga — “Liverpul” a’zosi Luis Diasga e’tibor qaratadigan bo‘ldi. 28 yoshli kolumbiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.
“An-Nassr” Vinisiusga futbol tarixdagi eng katta shartnomalardan birini taklif etmoqchi edi. Biroq futbolchi: “Real”da tarix yaratmoqchiman. Bu yerda ko‘p yillar o‘ynashni xohlayman, deya javob berdi.
Endi riyodliklar bor e’tiborini Luis Diasga qaratgan. Yozgi transfer mavsumi oldidan kolumbiyalik futbolchining tanlovi futbol jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Pul uning qaroriga ta’sir qiladimi yoki yo‘q, buni vaqt ko‘rsatadi.
Izoh (0)