Taniqli nemis mutaxassisi Yurgen Klopp murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin. UOL nashrining yozishicha, sobiq “Liverpul” ustozi xizmatlariga Braziliya terma jamoasi hamda Madridning “Real” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
-1x-FtRoQ.avif)
56 yoshli mutaxassis yana futbolga qaytishi mumkin. Kloppning tajribasi hozirda ishlari yaxshi ketmayotgan “Real” klubi hamda Braziliya terma jamoasi uchun qiziq variant sifatida qaralmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Klopp ayni paytda Red Bull kompaniyasida futbol tizimining global rahbari sifatida ishlamoqda. Ammo bu lavozim uni jismonan va ruhan charchatayotgani aytilmoqda. Shu sababli, u murabbiy sifatida faoliyatini qayta boshlash borasida takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Avvalroq, “Real” Chempionlar Ligasida chorak final bosqichida “Arsenal”ga imkoniyatni boy bersa, Karlo Anchelotti lavozimidan ozod qilinishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, Braziliya terma jamoasi ham yomon natijalar fonida Dorial Juniorni iste’foga chiqargan edi.
Klopp 2015-yildan 2024-yilgacha “Liverpul”ni boshqargan va bu davrda jamoa bilan Angliya Premyer Ligasi, UEFA Chempionlar Ligasi kabi yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgan edi. 2025-yil 1-yanvardan boshlab u Red Bull kompaniyasi tizimida faoliyat boshlagan.
Izoh (0)