Toshkent shahridagi Kichik halqa avtomobil yo‘lining Taxtapul darvoza ko‘chasi kesishmasidan Iftixor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi avtomashinalar harakati uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bunga Shayxontohur va Yunusobod tumanlarida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab bo‘ladi.
Shu bois ko‘chaning bir qismi 28-aprel soat 22:00 dan 29-aprel soat 22:00 gacha transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi.
Belgilangan muddat davomida harakatlanish uchun muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.
Poytaxtda avtomashinalar harakati cheklangan ko‘chalar
O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri ko‘chasi bilan kesishmasidan Yahyo G‘ulomov ko‘chasiga qadar qismi 30-aprelgacha avtomashinalar harakati uchun yopilishi yopilgan. Yunusobod tumanining Asomov ko‘chasi (KHAY)dagi yo‘lning bir yo‘lagi 10-apreldan 6-maygacha yopilgan. CAEX ko‘rgazma majmuasidan Yangi O‘zbekiston bog‘i kirishigacha bo‘lgan yo‘l 13-apreldan 1-sentyabrgacha transport vositalari harakati uchun cheklangan. Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan kesishgan joydan Nurafshon ko‘chasi bilan kesishgan joygacha qismi sentyabrgacha yopilgan. Shuningdek, Toshkentda gullar festivali sabab ayrim ko‘chalar 5 kunga yopiladi.
Izoh (0)